"Qo'qon-1912" futbolchilari paxta terimiga chiqishdi + FOTO
03 okt 2017 11:30
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/280950_original.jpg)
![](/upload/storage/280950_220.jpg)
"Qo'qon-1912" futbolchilari paxta terimiga chiqishdi + FOTO
Ayni kunlarda respublikamizda milliy boyligimiz bo'lgan paxta hosilini nes-nobud qilmay terib olish uchun barcha yurtdoshlarimiz o'z hissasini qo'shishga harakat qilmoqda.
“Qo'qon-1912” futbol klubi azolari ham bu jarayonga chetdan qarab turganlari yo'q. Taqvimda yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib jamoamiz vakillari ham paxta yig'im-terimida ishtirok etmoqdalar. Muhsin Nizomiddinov boshchiligidagi futbolchilarimiz Dang'ara tumanidagi fermer xo'jaliklariga borib, paxta terimida ishtirok etmoqdalar.
SHuningdek “Markaziy” stadion xodimlari hamda jamoamiz tasarrufidagi Qo'qon avtoshohbekati xodimlari ham paxta yig'im-terimida faol ishtirok etib, vatanimiz ravnaqiga o'z xissalarini qo'shmoqdalar. Zero, paxta milliy boyligimiz, uni yig'ib-terishda ishtirok etish esa har birimizning fuqarolik burchimizdir.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar