So’nggi yangiliklar

16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  5 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  7 15:29Расман: "Навбаҳор" ёзда 7 футболчини ўз сафига қўшиб олди  15 14:57"Мен ҳамон МЮ билан АПЛ ва ЕЧЛни ютишни орзу қиламан"  4 14:32Англия терма жамоаси футболчиси тез орада "Атлетико"га ўтади  1 13:33Гвардиола: "Улар бизга муаммо туғдиришди"  2 13:04"Челси" яна бир дарвозабонга пул сарфлади, энди уларда 7 нафар посбон бор  4 12:27Суперлига. Андижондаги марказий ўйинни ким бошқаради? 14-турнинг дастлабки 3 ўйини ҳакамлари маълум  5 11:59ОЧЛ тугатилди, энди янги мусобақа кўрамиз  25 11:26Ўзбекистон делегациясига Футзал Жаҳон чемпионати-2024 кубогини топшириш маросими бўлиб ўтди  4 10:56"Локомотив" эртага янги ўйинчиларни таништиради  1 10:45«Барселона» узоқ вақт қизиққан футболчисининг трансферидан воз кечди  3 10:11«Фулҳэм» «Арсенал» футболчиси учун рекорд миқдорда пул тўлайди  4 09:43«Ал Садд» «Монако» футболчисини сотиб олди  2 09:15Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  15

"Qo'qon-1912" futbolchilari jismoniy tayyorgarlik bo'yicha normativ topshirdi (foto) Yangiliklar

"Qo'qon-1912" futbolchilari jismoniy tayyorgarlik bo'yicha normativ topshirdi (foto)

Teglar :  Qo'qon-1912
Bundan keyin superliga klublarida ishtirok etadigan futbolchilarning jismoniy holati O'zbekiston Futbol Federaciyasi tomonidan tasdiqlangan test-sinovlari orqali nazorat qilib boriladi.

Futbolchilar topshiradigan test-sinovlari O'zbekiston Futbol Federaciyasining Texnik rivojlantirish boshqarmasi ilmiy-metodik guruhi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan.

Bugun ilmiy guruh vakillari  YU.Siyanov hamda A.Qoraboevlar Qo'qonda bo'lib, jamoa futbolchilarini nazoratdan o'tkazishdi.

Jamoa futbolchilari quyidagi test-sinovlarini topshirishdi:
1. 30 metrga yugurish
2. Turgan joyidan uzunlikka sakrash
3. 7x50 metrga yugurish
4. “Yo-Yo” test

Ushbu testlarda jamoaning 21 nafar futbolchisi ishtirok etdi.

Muxlislarga shuni qo'shimcha qilmoqchimizki, o'tgan mavsumni jamoada boshlab so'ngra malum muddat Koreya chempionatida to'p surgan iqtidorli futbolchi Bahodir Pardaev ham jamoa mashg'ulotlariga qo'shilgan. Bugun Pardaev ham test sinovlarini topshirdi.

Mutaxasislar yaqin vaqtlar ichida test natijalarini jamoa murabbiylar shtabiga taqdim qilishadi.

Quyida bugungi test-sinovlaridan olingan suratlar bilan tanishing.







Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика