So’nggi yangiliklar

18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  0 18:07Гави: "Тер Штеген – клуб афсонаси, уни ҳурмат қилиш керак"  0 17:38"Милан" Влаховични олиш учун ярим ҳимоячисидан воз кечадими?  0 17:10Гонконгга келган Златан Ибрагимович Брюс Ли билан "куч синашди", Гвардиол Хорватия махсус кучлари машғулотида қатнашди, Гвардиола мўйлов қўйди. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 16:50Винисиус Жуниор: "Мен кўп нарсага эришдим, лекин орзуларим ҳали тугамаган"  2 16:22"Наполи" "Ювентус" ярим ҳимоячисини сафига қўшиб олмоқчи  0 15:58Суперлига. 16-тур дисквалификациялари: "Нефтчи", "Пахтакор" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  1 15:26"Манчестер Юнайтед" ва "Ньюкасл" Шешко учун курашади  1 14:57"Бавария" дарвозабони Улрайх ўғли вафот этганини эълон қилди  0 14:29CAFA турнирида иштирок этадиган терма жамоага бош мураббий тайинланди  2 14:03Трамп Бразилия фуқароларининг ЖЧ-2026га келишига тўсқинлик қилиши мумкин  4 13:34ЦСКА футболчиси Гайич Файзуллаевга Туркиядаги фаолиятини муваффақиятли ўтказишни тилади  2 13:05Пул топишни "Пахтакор"дан ўрганиш керак  18 12:39​Ўзбекистон терма жамоаси тажрибали ҳимоячисига Озарбайжондан қизиқиш бор  2 12:08Ўзбекистон терма жамоаси собиқ аъзоси Гонконгга йўл олмоқда  8

"Qo'qon-1912": "Dinamo" bilan o'yinga tayyorgarlik qizg'in Yangiliklar

"Qo'qon-1912": "Dinamo" bilan o'yinga tayyorgarlik qizg'in

Kelayotgan shanba oqshomida "Qo'qon-1912" jamoasi uchun joriy mavsumdagi rasmiy o'yinlar boshlanadi.
"Qo'qon-1912" shu kuni Samarqandda "Dinamo" bilan kuch sinashadi. Ayni damda klub azolari bo'lajak bahsga Qo'qonda tayyorgarlik ko'rmoqda. Yangi mavsum boshlanishi arafasida yaxshi niyat ila, kecha Qo'qondagi "Markaziy" stadionda qo'y so'yib, bugun hatmi-quron tilovat qilindi. Bu urf-odat o'zbek futboliga begona emas. Ko'plab jamoa futbolchilari shu kabi tadbirlarda mavsumni jarohatlarsiz o'tkazishni niyat qiladi, yana kimdir o'z niyatlarini ijobat bo'lishini yaratgandan so'raydi.

Avval xabar berganimizdek, mavsumlar oralig'ida tarkibga yangi kelib qo'shilgan futbolchilarni taqdimot marosimi bugun o'tkazilishi lozim edi. Ammo malum sabablarga ko'ra, mazkur tadbir ertangi kunga qoldirildi. Bu haqda keyinroq saytimizda batafsil to'xtalamiz.

"Dinamo"ga qarshi bahs oldidan murabbiylarni tashvishga solayotgan jihati bu - Bahodir Akramov va Igor Golbanning jaroxatga yo'liqqani bo'lib turibdi. SHuningdek himoyachi SHoxruh Xolmatovda ham jaroxat mavjud. Mazkur futbolchilar katta extimol bilan Samarqanddagi bahsni o'tkazib yuboradi.

Qolgan o'yinchilarda hech qanday muammo yo'q va ularning barisi yuqori kayfiyatda bo'lajak bahsga qizg'in tayyorgarlik ko'rmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Dinamo" - "Qo'qon-1912" bahsi 14 mart, shanba kuni soat 16:00da boshlanadi. 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика