"Qo'qon-1912": Bronza medal sohiblari yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rishmoqda
09 jan 2018 12:23
Yangiliklar
"Qo'qon-1912": Bronza medal sohiblari yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rishmoqda
O'tgan mavsum Yoshlar ligasida bronza medali sohibi bo'lgan “Qo'qon-1912” o'rinbosarlari ham yangi mavsumga jiddiy hozirlik ko'rishmoqda.
Qo'qonda yig'in o'tkazayotgan Muhsin Nizomiddinov shogirdlari mashg'ulotlarga zo'r berishgan.
O'rinbosarlar shu haftada ikkita nazorat uchrashuvini o'tkazishadi. Yoshlar ertaga soat 14:00da tajribali mutaxassis Bahrom Hakimov boshqarayotgan Yaypanning “Turon” jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishadi. Mazkur bahs “Markaziy” stadionda o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, o'rinbosarlar 13 yanvar shanba kuni Farg'onada “Neftchi” klubiga qarshi maydonga tushishadi. Ushbu o'rtoqlik uchrashuvi Qirgulidagi “Neftchi SK” stadionida soat 13:00da bo'lib o'tadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar