"Qo'qon-1912" bosh murabbiyi Rustam Abdullaev o'z vazifasidan ozod etildi
06 noy 2015 08:37
Yangiliklar


"Qo'qon-1912" bosh murabbiyi Rustam Abdullaev o'z vazifasidan ozod etildi
"Qo'qon-1912" klubi bosh murabbiyi Rustam Abdullaev o'zi egallab turgan lavozimdan bo'shatildi.
O'tgan yil birinchi ligadan oliy ligaga chiqqan klub chempionat tugashiga 1 tur qolganida 31 ochko bilan musobaqa jadvalining 12-pog'onasida bormoqda. "Qo'qon-1912" kecha o'z maydonida "So'g'diyona" klubini qabul qilib 1:3 hisobida yutqazib qo'ydi. Takidlash lozimki, qo'qonliklar ilk bor ushbu raqibga o'z maydonida yutqazib qo'yishdi.
30-turda "Qo'qon-1912" Toshkentda "Bunyodkor" mehmoni bo'ladi. Ushbu o'yinda jamoaga kim murabbiylik qilishi hozircha malum emas.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar