So’nggi yangiliklar

12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  0 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  1 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  4 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  10 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3

Qo'qon-1912: Bolalar futboliga etibor jiddiy Yangiliklar

Qo'qon-1912: Bolalar futboliga etibor jiddiy

Teglar :  Qo'qon-1912
Qo'qon-1912 jamoasi rahbariyati bolalar futboliga jiddiy etibor qaratmoqda. Hozirgi kunda jamoa qoshida bir necha futbol maktablari faoliyat yuritmoqda.

Qo'qon shahar atrofidagi tumanlarda ham 4ta futbol maktablari tashkil qilingan bo'lib bu maktablarda futbolsevar eshlar o'zlari sevgan sport turi bilan shug'ullanishmoqda. SHunday maktablardan biri Ucho'prik tumanidagi Katta-qashqar qishlog'ida tashkil qilingan. Kuni kecha shu qishloqda futbol bo'yicha Respublika ochiq turniri tashkil qilindi. Bu musobaqa Keksalarni ezozlash yili va Mustaqilligimizning 24 yilligiga bag'ishlandi. Musobaqada Respublikamizning turli viloyat va shaharlaridan 2002, 2003 yilda tug'ilgan bolalardan iborat jami 10ta jamoa qatnashmoqda. Turnirni tashkil qilishda Uchko'priklik futbol fidoiylari E. Oripov va B Zievuddinovlarning ham hissalari katta bo'ldi. Turnirda Marg'ilon, Bag'dod, Olimpik (Toshkent), Uchko'prik, Angren, Qo'qon-1912, Navbahor(Namangan), BO'SM-2(Toshkent), GFSSHM(Toshkent) hamda Katta-qashqar jamoalari ishtirok etishmoqda.


Katta-qashqar qishlog'i o'yingohida bo'lib o'taetgan turnirning ochilish marosimida Qo'qon-1912 futbol klubi vice-prezidenti, bosh direktori Baxtiyor Tolipov  ishtirok etdi. Tolipov Respublikamizda bolalar sportiga xususan futbolga muhtaram yurtboshimiz tomonidan yuksak etibor qaratilaetgani va Qo'qon-1912jamoasi kelajakda asosan mahalliy eshlarga ishonishi haqida gapirib o'tdi. Bunday imkoniyatlardan esa bolajonlarimiz unumli foydalanishlari kerakligini uqtirdilar va turnirni ochiq deb elon qildi. SHundan so'ng jamoalar qura asosida 2 guruhga bo'lingan holda o'yinlarga kirishib ketishdi. Dastlabki kunlardagi o'yinlarda quyidagi natijalar qayd etildi:

Marg'ilon-Bag'dod  1:1,  Qo'qon-1912-Navbahor  5:1 ,
Katta-qashqar- BO'SM-2  6:2  Bag'dod - Olimpik  0:3
Marg'ilon- Angren  2:1  Uchko'prik - Marg'ilon 2:2
Olimpik- Angren  2:0  Qo'qon-1912- BO'SM-2 7:0
Navbahor- Katta-qashqar 2:3  BO'SM-2- GFSSHM 5:1


Kecha esa ishtirokchi bolajonlarni tabriklash uchun Katta-qashqar qishloq o'yingohiga  Qo'qon-1912 jamoasining asosiy tarkib futbolchilari va rahbarlari kelishdi. Futbolchilar yosh ukalariga master-klass o'tkazib berishdi. So'ngra jamoa azolari ikkiga bo'lingan holda  futbol o'ynashdi. Bu mahorat darslari kichik futbolchilarda olam –olam taasurot qoldirdi. Bolajonlar o'zlari sevgan futbolchilar bilan enma-en bo'lganlaridan xursand bo'ldilar.  Tajribali futbolchilar Nosir Otaqo'ziev, Igor Golban, Aleksey Nikolaev, Aziz To'xtaboev, Maruf Zokirjonov va darvozabon Aziz Ashurovning ajoyib zarba va seyvlarini  bolajonlar qarsaklar bilan olqishlab turishdi. Bu uchrashuv bolajonlarga olam-olam quvonch baxsh etdi.

Turnir bugun va ertaga ham davom etadi. Biz kichik futbolchilarning barchalariga omad tilaymiz.  


Akramjon Mamadaliev

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика