"Qo'qon-1912" birinchi davrada safardagi barcha o'yinlarda mag'lub bo'ldi

Narzulla Saydullayev
1 iyul 2016, 15:19
Kecha oliy liganing 15-turidan o'rin olgan "Olmaliq" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda mezbonlar 3:2 hisobida zafar quchishdi. Shunday qilib, "Qo'qon-1912" dastlabki davrada safarda o'tkazgan 7ta o'yinning barchasida mag'lubiyatga uchradi.

Qo'qonliklar o'z maydonlarida 3ta g'alaba va 5ta mag'lubiyat qayd etishdi. So'nggi bor "Qo'qon-1912" o'tgan yilning 30 oktyabr sanasida safarda g'alaba qozongan. O'shanda Farg'onada "Neftchi" dog'da qoldirilgandi.

"Qo'qon-1912"ning safardagi o'yinlari uchrashuvlari:
"Paxtakor" - "Qo'qon-1912" 4:0
"Nasaf" - "Qo'qon-1912" 1:0
"Metallurg" - "Qo'qon-1912" 3:1
"Navbahor" - "Qo'qon-1912" 5:1
"Neftchi" - "Qo'qon-1912" 2:1
"Mashal" - "Qo'qon-1912" 2:0
"Olmaliq" - "Qo'qon-1912" 3:2


Bundan tashqari Namanganning "Navbahor" klubi ham birinchi davrada safardagi barcha o'yinlarda yutqazgan (6ta o'yin 6ta mag'lubiyat).

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia