"Qo'qon-1912" bilan o'yin, jarohati va chempionlik kurashi haqida Aliboev qanday fikrda?
20 okt 2022 12:41
Yangiliklar
"Qo'qon-1912" bilan o'yin, jarohati va chempionlik kurashi haqida Aliboev qanday fikrda?
Uchrashuvda mezbonlar safida Ikrom Aliboev zaxiradan maydonga tushib, 20 daqiqa davomida harakat qildi. U jarohatidan keyin yana safga qaytdi. O'yindan keyin Aliboev fikrlariga quloq tutdik.
"Qo'qon-1912" bilan juda qiziqarli o'yin o'tkazdik. O'yinda ko'plar vaziyatlar yaratdik. Avvalgi bahslarda jamoamiz ko'plab vaziyatlarni yaratganiga qaramay, ulardan foydalana olmagandi. "Qo'qon-1912" bilan bahsda esa buning aksi bo'ldi va imkoniyatlardan foydalandik. Umuman olganda, bahs CHeranning benefsiga aylanib ketdi.
Jarohatdan keyin maydonga qaytdim. Bundan xursandman. Jarohatim umuman bezovta qilmadi. Umid qilamanki, bu oxirgi bor jarohat stoliga yotishim bo'ladi.
CHempionlik kurashida imkoniyatimiz saqlanib turibdi. Biz qolgan 4 ta o'yinimizni yutishimiz kerak. Agar bizga chempion bo'lish yozilgan bo'lsa, biz bunga albatta erishamiz", – deya so'zini yakunladi Aliboev.
"SHerlar" xavbeki joriy mavsum barcha musobaqalarda 16 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta golli pas uzatdi.
Fikrlar