"Qo'qon-1912" ayollar jamoasi uchun tarixiy kun
01 apr 2018 18:55
Yangiliklar
"Qo'qon-1912" ayollar jamoasi uchun tarixiy kun
Mirsaid Mirolimov boshqarayotgan ushbu jamoa bugun Navoiyda “Qizilqum” ayollar jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Bu qo'qonliklar O'zbekiston chempionatidagi debyut uchrashuvi sifatida tarixda qoldi.
Navoiyda bo'lib o'tgan bahs mehmonlar uchun muvaffaqiyatli boshlandi. Uchrashuvning 22-daqiqasida SHahnoza Karimova hisobni ochib, jamoasini oldinga olib chiqqandi. Ammo keyingi daqiqalarda mezbonlar uch marta qo'qonliklar darvozasini ishg'ol etishdi. SHu tariqa, "Qo'qon-1912"ning O'zbekiston chempionatidagi birinchi uchrashuvlari mag'lubiyat bilan yakun topdi.
Futbol bo'yicha ayollar o'rtasidagi
O'zbekiston chempionati
1-tur
“Qizilqum” – “Qo'qon-1912” – 3:1
Hakamlar: K.Rasulov (Qarshi), K.Sereda (Buxoro), Z.Eliboev (Qarshi), O.Jumaev (Navoiy).
Nazoratchi – X.Muxtorov (Samarqand).
Komissar – B.Namozov.
“Qo'qon-1912”: G. Uraeva, M. Otaqo'zieva, Z. Mahkamova, Z. Nishonova, SH. Karimova, SH. Ergasheva, SH. Omonova, D. Ahmedova, F. Jo'raboeva, A. Omonova, G. Yusupova.
Zaxira: D. Ulkanbaeva, F. Yusupova, N. Jo'raeva, SH. Qo'ldosheva, G. G'ulomqodirova, M. Nizomjonova, N. Mirzakamolova.
Fikrlar