"Qo'qon-1912" 9-turdan so'ng ikki legioner bilan xayrlashdi
25 may 2019 10:25
Yangiliklar


"Qo'qon-1912" 9-turdan so'ng ikki legioner bilan xayrlashdi
Superliganing 2019 yilgi mavsumida u qadar muvaffaqiyatli odimlay olmayotgan “Qo'qon-1912” futbol klubi bosh murabbiy No'mon Hasanov bilan tuzilgan shartnomani bekor qildi.
Klub shuningdek, ikki nafar legioner futbolchilar – Boyan Knejevich hamda Milosh Nikolich bilan ham xayrlashishga qaror qildi. Natijada Qo'qon shahri jamoasi No'mon Hasanov, Boyan Knejevich hamda Milosh Nikolichni PFL ro'yxatidan chiqardi.
Takidlash joiz, No'mon Hasanov 2016 yilning 2-davrasidan boshlab “Qo'qon-1912”ni boshqarib kelayotgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar