“Qo'qon-1912” 11 yillik tanaffusdan nihoyat oliy ligada! FOTOGALEREYA
19 okt 2014 11:31
Yangiliklar

“Qo'qon-1912” 11 yillik tanaffusdan nihoyat oliy ligada! FOTOGALEREYA
Kecha oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritgan ikkinchi jamoa nomi ham malum bo'ldi. Kutilganidek “SHo'rtan” ketidan “Qo'qon-1912” jamoasi elitani rasmiylashtirdi.
Qo'qonlik muxlislar orziqib kutgan damlar nihoyat keldi. 2003 yili moliyaviy muammolar girdobida qolib ketgan “Qo'qon-1912” yodingizda bo'lsa oliy ligadan chetlatilgandi. SHundan so'ng jamoa qaddini tiklay olmasdan bir necha mavsum qiyinchiliklarga duch kelgani sir emas. Hattoki “Bunyodkor-Qo'qon” nomi bilan farm klub sifatida ham birinchi ligada ishtirok etdi. 2012 yildan boshlab esa klub rahbariyatiga Baxtiyorjon Tolipov kelgach, klub o'z yo'nalishiga ega bo'ldi va 5 yillik reja tuzib chiqilib, shu aniq reja asosida ishlay boshladi. Ishbilarmon rahbarning sayi harakati evaziga “Qo'qon-1912” moddiy jihatdan o'zini o'zi qoplaydigan darajaga etdi. Bugungi kunda klub o'zi ishlab topayotgan pulga kun kechirmoqda.
"Qo'qon-1912" bosh murabbiyi Rustam Abdullaev shu kuni juda asabiylashdi
Aslida ham shunisi yaxshi. Kasbimiz yuzasidan ko'cha ko'yda futbol ishqibozlari va kishilari bilan suhbatlashib qolamiz. Ularning ko'pchiligi “Qo'qon-1912”ni kelasi mavsumga moliyaviy jihatdan tayyor emas qabilidagi gaplarni aytmoqda. SHunday fikrlarga borayotganlarga bitta gap: “Qo'qon-1912” kelasi mavsum uchun o'z rejasini tuzib bo'lgan va shunga monand mablag' ham jamg'arishni boshlab yubordi. Rahbariyat bilan o'tkazgan muloqotimizda bunga amin bo'ldik. SHu bois qo'qonlik muxlislar bu borada hotirjam bo'lsa arziydi.
Joriy mavsum hisobidan Qo'qonga bir necha marta bordik. Aytish lozimki, klubda tashkiliy ishlar yaxshi yo'lga qo'yilgan va bu tomondan yana izlanishlar bo'layotganini ko'rish mumkin. Faqat murabbiylar shtabi kurashchan jamoa tuzishsa bo'lgani. Kimga qanaqa bildmadigu, lekin “Qo'qon-1912”ni hozirgi tarkibi bilan kelasi yil oliyda ishtirok eta olmaydi deb o'ylaymiz. Rostini aytganda, birinchi ligada kelasi yil uchun poydevor qo'yilmagandek tuyulmoqda. Bu borada yana “Mashal”ni misol tariqasida ko'rasatamiz. Muborakliklar bir yil quyi ligada ishtirok etib, oliy ligaga jamoani har jihatdan tayyorladi va 3-4 nafar yangi o'yinchi hisobiga yanada kuchayishga erishdi. Natija esa ko'rib turganingizdek yomon emas, 5-o'rin!
SHu bois kelasi yil “Qo'qon1912” tarkibni deyarli yangitdan tuzishi kerak bo'ladi. Bugungi kunda o'zga jamoalarda o'ynayotgan asli qo'qonlik bo'lgan futbolchilarni ortga qaytarish ham ziyon keltirmaydi. Buni murabbiylar shtabi hal etadi.
Darvoqe, kecha Qo'qonda “Mashal-2” raqibidan birmuncha mazmunli o'yin ko'rsatib, g'alabani ilib ketdi. Stadionda joriy mavsum hisobidan so'nggi o'yin bo'lgani uchun tashkilotchilar yuqori suratda tayyorgarlik ko'rgandi. Yani karnay surnaylar va musiqalar bilan bayram uyushtirildi. “Qo'qon-1912” futbolchilariga “salom oliy liga” degan futbolkalar berilgan. Ammo o'yinchilar raqibni mensimadimi yoki boshqa sababmi kuchni to'g'ri taqsimlay olmadi. Yaxshihamki “SHo'rtan” Toshkentda “Obod” bilan 0:0 hisobida durang o'ynadi. Agarda g'uzorliklar ham imkoniyatni boy berganida, “Qo'qon-1912”ning oliy ligaga chiqishi kelasi turda aniq bo'lardi. Stadion suxandoni “Obod”ni durang o'ynagani haqida aytgach, qo'qonliklarning bundan sal bo'lsada kayfiyati ko'tarildi va elita yo'llanmasi rasmiylashtirilganini nishonlashga tushishdi. Tilla rangli futbolkalarni kiyib olgan futbolchilarga kastyum-shim va bir nechta qimmatbaho sovg'alar topshirildi.
Futbolchilar estalik uchun muxlislarga to'plar ulashdi. Lekin baribir bu klubning aksariyat xodimlariga unchalik tatimadi. Nima ham derdik, asosiysi orziqib kutilgan damlar keldi! OLIY LIGA MUBORAK BO'LSIN!!!
Stadionda elektron tablo ishga tushdi
Darvoqe, “Qo'qon-1912” oliy ligada eng so'nggi o'yinini 2003 yilgi mavsumning oxirgi turida Toshkentning “Paxtakor” jamoasiga qarshi o'tkazgan ekan. Kecha “Qo'qon-1912”ning oliy ligaga chiqqanini rasmiylashtirgan o'yinda hakamlik qilgan Doniyor Dosanov bundan roppa rosa 11 yil oldin “Paxtakor” safida aynan "Qo'qon" jamoasiga qarshi o'ynagan ekan!
Doniyor Dosanov 11 yil oldin "Qo'qon"ga qarshi o'ynagandi, kecha u hakamlik qildi
Yana bir etiborga molik jihati shundaki, “Qo'qon-1912”ning o'sha o'yindagi tarkibidan bugungi kunda birgina Ibrohim Rahimov futbolchilik faoliyatini davom ettirmoqda. Qolganlari murabbiylik va hakamlik sohasida ishga o'tishgan.
01.11.2003 yil. 30-tur.
“Qo'qon-1912” - “Paxtakor” - 3:2 (1:1).
Qo'qon. “Xusanxon Muxitdinov” stadioni. 6000 tomoshabin.
Hakam: G'ofur Nizomov – 8,7.
Gollar:
1:0 - Ashirmatov Uchqurjon, 8
1:1 - Kroxmal Aleksandr - s penalti, 33
2:1 - Yusupov SHuhrat, 49
3:1 - Jonaliev Adham, 57
3:2 - Umarov Bahrom, 87
“Qo'qon-1912”: Zaxareckiy Sergey, Ayzatulov Timur, Namozov Baxtiyor, Jonaliev Adham (Yuldashev Ali, 78), Nizometdinov Muhsin, Strelcov Andrey, Inog'omov Muhammad, Rahmonqulov SHuhrat, Yusupov SHuxrat, Ashirmatov Uchqurjon (Otajonov Alisher, 46), Mahmudov Xayrullo (Rahimov Ibrohim, 46).
“Paxtakor”: Belyakov Oleg, SHamsutdinov Timur, Risqullaev Ahrol, Nikitkov Yuriy, Umarov Bahrom, Ismoilov Anzur, Mahmudov Alisher, Erkinov SHahboz, Vahobov Bahriddin, Kroxmal Aleksandr, Dosanov Doniyor.
Ogohlantirishlar: Namozov Baxtiyor, 32. Kroxmal Aleksandr, 45.
Islombek Rustambekov.

Fikrlar