So’nggi yangiliklar

01:50Винисиус Жуниор: "Дунёнинг энг катта клуби ва терма жамоасида ўйнаш барчанинг орзуси"  0 01:15"Реал"нинг илтимоси рад қилинди  0 00:52Расман: Осимхен - "Галатасарой"нинг тўлақонли аъзоси!  3 00:35Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Черно Море"ни қийинчиликсиз мағлуб қилди, Шомуродов захирадан майдонга тушди  24 00:17Майкл Оуэн: "Ливерпуль" ўтган мавсумда 20 очколик фарқ билан чемпион бўлиши керак эди"  2 23:50"Манчестер Юнайтед" "Лейпциг"га хабар жўнатди  0 23:29"Милан" ўртоқлик ўйинида Австралия чемпионати аутсайдерига 9та гол урди  3 23:12"Манчестер Сити" афсонавий Чики Бегиристайн билан ҳайрлашди, у Абдуқодир Ҳусановнинг трансферида муҳим ўрин тутган  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" "Петрокуб" тўсиғидан осон ўтди, Умарали Раҳмоналиев жавоб ўйинида ҳам майдонга тушмади  1 22:26Пьер-Эмерик Обамеянг собиқ жамоасига қайтди  0 21:35"Реал" футболчиси "Комо"га ўтди  0 21:08Лукас Пакета бўйича якуний қарор чиқарилди  1 20:51"Арсенал"нинг икки футболчиси жароҳат олди  3 20:44Расмус Хойлунд: "Юнайтед"да қолишни истайман"  5 20:16"Локомотив"га 6 футболчи келди, 5 футболчи кетди  1

Qodirqulov: "Tushlikdan so'ng "kiyimlaringni yig'ishtir" deyishdi" Yangiliklar

Qodirqulov: "Tushlikdan so'ng "kiyimlaringni yig'ishtir" deyishdi"

Teglar :  Sanjar Qodirqulov
O'zbekiston terma jamoasi va "Bunyodkor"ning yosh, iqtidorli futbolchisi Sanjar Qodirqulov uni MTJga qanday chaqirishganini aytib berdi.

- Sizning ko'zingiz bilan qaraganda bahs qanday o'tdi?

- Vazifamizni o'zimiz qiyinlashtirib oldik. Birinchi bo'lim oxirida xotirjamlikka berilib, gol o'tkazganimizdan so'ng, ikkinchi taym boshida biroz qiynaldik. Xudoga shukur, g'alaba qozondik.

- Vadim Abramov Lutfulla To'raevni terma jamoaga chaqirganda bazi muxlis va jurnalistlar bu qaror borasida tanqidiy fikrlar bildirishdi. Uning navbatdagi kutilmagan qarori sizni Yamanga qarshi uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushirish bo'ldi. Murabbiyning tavakkali tufayli qo'rquv yoki hayajon bo'ldimi?

- Qo'rquv bo'ldi deya olmayman, ammo hayajonlandim. Masuliyati katta bo'lgan bahsda Vadim Karlenovich menga ishonch bildirdi. Bu qaror meni hayron qoldirdi. Yamanga qarshi bahsda gol urganimdan so'ng hayajon ancha pasaydi va muxlislar qo'llab-quvvatlashi bilan o'zimga bo'lgan ishonch ortdi.

- O'yinlardan so'ng saytlarda "komment"larni o'qib turasizmi?

- Onda-sonda o'qib turaman. Bosh murabbiy Vadim Karlenovich izohlarni o'qimaslikni maslahat beradi. Uning aytishicha, bu "komment"lar futbolchiga salbiy tasir qilar ekan.

- O'zbekiston terma jamoasi va "Bunyodkor" uslubi o'xshashmi?

- Yo'q, o'xshash deya olmayman. Lekin futbolchilarga talab bir xil.

- Terma jamoa safida ikkita bahsda maydonga tushdingiz. O'z o'yiningizdan ko'nglingiz to'ldimi?

- Futbolchi hech qachon "eng zo'riman" yoki "yaxshi harakat qilyapman" deb to'xtab qolmasligi kerak. MTJ bahslarida xatolarga yo'l qo'ydim. Endi u xatolarni tahlil qilib, ular ustida ishlashim kerak.

- Terma jamoadan chaqiruv olganingizni kimdan bildingiz?

- OTJ safida O'zbekiston terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan edim. Ertasiga tushlikdan chiqqanimizdan so'ng menga O'FA (O'zbekiston futbol associaciyasi)dan qo'ng'iroq bo'ldi va meni MTJga taklif qilishib, "kiyimlaringni yig'ishtir" deyishdi.

Reyting: +84   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика