So’nggi yangiliklar

16:30"Реал" янги дарвозабон сотиб олмоқчи. Номзодлар маълум  0 15:58Куртуа "Реал" билан шартномасини узайтиришга яқин  1 15:31Бруну Фернандешнинг вакиллари Саудия Арабистони клуби билан музокараларни бошлади  0 15:05"Акрон" — "Ахмат". Таркиблар маълум  2 15:00"Пахтакор" футболчилари Эл Классикода қандай ҳисоб қайд этилишини тахмин қилди, Сергеевдан антиқа жавоб  8 14:47"Ньюкасл" — "Челси". Таркиблар маълум  3 14:41Носир Абдусаломов: "Қаршига қуруқ қўл билан қайтиб кетиш учун бормаган эдик"  1 14:25"Қўқон-1912" ва ОКМК ўртасида тўртта гол урилган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 13:57"Реал" "Милан" ва Франция терма жамоаси юлдузининг трансфери учун дастлабки қадамларни ташлади  2 13:21Авазбек Ўлмасалиев: "Автогол? Ўзимизга эмас фақат "Қўқон-1912"га урганимда ундан ҳам зўр бўларди"  0 13:01Анчелоттининг ўғли бош мураббий бўлиши мумкин  1 12:43Игорь Сергеев: "Бухороликларга тушкунликка тушмасликларини тилайман. Буни ҳаёт, буни футбол дейдилар"  2 12:26Владимир Назаров: "Голли узатма амалга ошириш ёқимли. Лекин бу кўрсатмаларнинг бир бўлаги эди"  0 12:09Муҳаммадали Ўринбоев: "Европага яна йўл олиш? Яхши янгиликлар бўлиб қолади"  2 11:48Иброҳим Ибрагимов: "Хорижлик мураббийнинг кўрсатмаларини тўлиқ англамагандирмиз"  6

“Qizlar nima deydi?” – Ayollar futboli bo'yicha O'zbekiston Superkubogi-2019 uchrashuvi oldidan o'zgacha tadbir o'tkazildi Yangiliklar

“Qizlar nima deydi?” – Ayollar futboli bo'yicha O'zbekiston Superkubogi-2019 uchrashuvi oldidan o'zgacha tadbir o'tkazildi

Bilasiz, 12 aprel kuni poytaxtimizdagi “Jar” stadionida ayollar futboli bo'yicha O'zbekiston Superkubogi-2019 uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Unda mamlakat chempioni “Bunyodkor-W” hamda O'zbekiston Kubogi sohibalari “Sevinch” jamoasi futbolchi qizlari o'zaro g'oliblik uchun bahs olib borishadi.

Bugun mazkur uchrashuv oldidan har ikki jamoa ustozlari va futbolchi qizlari ishtirokida o'yinoldi tadbir bo'lib o'tdi. Poytaxtimizdagi “Eski shahar” savdo markazida tashkillashtirilgan mazkur tadbirda keng futbol jamoatchiligi vakillari, OAV vakillari, muxlislar ishtirok etishdi.

Dastavval har ikki jamoa futbolchi qizlari savdo majmuasiga tashrif buyurib, tadbir boshida Superkubok oldida fotosuratga tushishdi. So'ngra o'yinoldi tadbir o'tkazildi. Uni o'zbek futboli faxriysi, milliy sport jurnalistikamiz darg'asi Axbor Imomxo'jaev ochib berdi.



Keyin esa har ikki jamoa futbolchi qizlari o'zlarining o'yinoldi taassurotlari bilan bo'lishishdi. Qizlarning aksariyati ertangi bahs juda qiziqarli va shiddatli tarzda kechishiga shubxa qilishmayotganini, mamlakat Superkubogiga ega chiqishni juda ham istashlarini takidlashdi. “Bunyodkor-W” jamoasi ustozi ham, “Sevinch” klubi bosh murabbiyi ham Superkubok uchrashuvi o'zgacha ahamiyatga egaligini takidlab, ertangi o'yinga shogirdlarini yaxshi tayyorlashga urinishganini qayd etib o'tishdi.

O'zaro suhbat tarzida o'tgan tadbir davomida qator OAV vakillari ham ishtirok etishdi. Lekin o'zaro savol javoblarda futbolchi qizlarga jurnalistlar ham, futbol muxlislari ham o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etishdi. Qizlar esa maroq bilan berilgan savollarga javob qaytarishdi.

Tadbir so'nggida esa futbol ishqibozlari ham Superkubok oldida fotosuratga tushish imkoniyatiga ega bo'lishdi.



Eng muhimi – barcha yig'ilganlar Professional futbol ligasi tomonidan ayollar futboliga ham yuqori etibor qaratilib, bunday tadbirlar tashkil etilayotganidan mamnunligini izhor etishdi.

Takidlab o'tamiz, Turkiyaning KOC Elektrik kompaniyasi bosh homiyligida o'tadigan Superkubok bahsi esa 12 aprel kuni soat 16:00da “Jar” stadionida boshlanadi.

O'yinda ham barchani kutib qolamiz!

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика