Qiziqarli to'qnashuvlarni o'tkazib yubormang! A Seriya 13-tur prevyusi
25 noy 2023 18:35
Yangiliklar


Qiziqarli to'qnashuvlarni o'tkazib yubormang! A Seriya 13-tur prevyusi
Ulardan bazilari haqida so'z yuritamiz. Amaldagi chempion, yangi murabbiy bilan Bergamoga safar qiladi, muammolar girdobidagi "Milan" o'z uyida "Fiorentina"ni qabul qiladi, "Monca"ga qarshi bahsda Eldordan gol kutamiz va "Yuventus" - "Inter" to'qnashuvini ham unutmaslik lozim.
"Atalanta" - "Napoli"
Atalanta Ademola Lookman - 53' |
Serie A . 13-tur 25/11/2023, 22:00 2
:
1
Tugadi
|
SSC Napoli Khvicha Kvaratskhelia - 44', Eljif Elmas - 79' |
Stadion: Gewiss Stadium, 14743 tomoshabin
Bosh hakam: Maurizio Mariani
Vorlicki va Ture hamon jarohatlangan, De Ron esa diskvalificiya qilingan. SHunday ekan Gasperini maydon markazini kimlar bilan yopish mumkinligi ustida bosh qotirishi zarur. Katta ehtimol bilan Pashalich orqaroqqa tushadi. SHuningdek, De Kattelare va Palominoning ham bu bahsdagi ishtiroki so'roq ostida. Bu bahsda shuningdek Meret, Ruy va Lindstrem o'ynay olmasligi aniq. Zelinski yordam berishi aniq emas. Uzoq vaqt lazaretda bo'lgan Osimxen zaxiradan o'yinga qo'shilili mumkin, biroq uni asosiy tarkibda kutish noo'rin. Hujumda odatdagi uchlik Xvicha, Politano va Raspadorini ko'ramiz.
O'tgan safar "Napoli" 2-0 hisobida zafar quchgan, lekin hozirga kelib vaziyat birmuncha o'zgargan. Neapolliklar baribir favorit sifatida tilga olinmoqda, ammo jamoa Valter Maccari qo'l ostidagi birinchi bahsda qanday harakat qilishini taxmin qilish mushkul va "Atalanta" bundan foydalanib qolishga urinadi.
"Milan" - "Fiorentina"
AC Milan Theo Hernandez - 45' |
Serie A . 13-tur 26/11/2023, 00:45 0
:
1
Tugadi
|
Fiorentina |
Stadion: San Siro, 73074 tomoshabin
Bosh hakam: Marco Di Bello
Stefano Pioli tarkib bilan bog'liq jiddiy muammolarga duch kelgan. Sababi Okafor, Jiru va Leao bu turni o'tkazib yuboradi. SHu sababli hujumda bor umid Yovichdan, unga orqaroqdan Pulishich va CHukveze yordam beradi. Yaxshi yangiliklardan Loftus-CHikning safga qaytishini aytish mumkin. Vinchenco Italyanoda ham tarkib borasida muammolar mavjud. Raneri diskvalificaciya tufayli, Dodo va Kastrovilli esa jarohat tufayli jamoaga yordam bera olmaydi. Terma jamoadan muammolar bilan qaytgan Kvatra va Gonsalez ham bahsni chetdan tomosha qilishi mumkin.
Jamoalarning oxirgi to'qnashuvida "Fiorentina" Florenciyada 2-1 hisobida ustun kelgandi. Hozir favorit "Milan"dek, ammo Stefano Pioli jamoasi tarkibidagi muammolardan "fialkalar" foydalanib qolishga urinishi turgan gap.
"Kalyari" - "Monca"
Cagliari Alberto Dossena - 10' |
Serie A . 13-tur 26/11/2023, 16:30 1
:
1
Tugadi
|
Monza Mirko Maric - 61' |
Stadion: Unipol Domus, 16291 tomoshabin
Bosh hakam: Matteo Marchetti
Di Pardo, Kapradossi, Nandes va Rog hali ham tiklanish jarayonini boshdan o'tkazmoqda. Makumbo terma jamoalar o'yinidan ancha kech qaytgani tufayli maydonga tushmasligi mumkin. Hujumda Petanya va Luvomboga ishonch bildirilsa kerak. Bu ikkovlon terma jamoaga chaqirilmagan. Palladino uchun Mota va Kolpanining safga qaytishi ajoyib yangilik bo'lgani aniq. Icco, Kaprari va CHittadini hali ham lazaretda. Pablo Marining ham maydonga tushishi so'roq ostida qolmoqda. Himoya markazida D`Ambrozioni ko'rsak ajab emas.
Jamoalar o'tgan safar 2001 (!) yilda to'qnash kelgan. "Monca" o'shanda 1-0 hisobida g'olib bo'lgan. Qizig'i, bellashuv Sardiniyada bo'lsada, mehmonlar bu safar ham favorit sifatida ko'rilmoqda. Nazarimizda, "Kalyari" ham o'z maydonida ijobiy natijaga erishishi mumkin. Jamoa sekin-asta o'ziga kelayotgan va mexanizm ishlashni boshlagandek. Bunda O'zbekiston terma jamoasida yaxshi o'yin ko'rsatgan va samarali harakatlari bilan qayd etilgan Eldor SHomurodov ham o'zini ko'rsata oladi, deb umid qilamiz.
"Yuventus" - "Inter"
Juventus Dusan Vlahovic - 27' |
Serie A . 13-tur 27/11/2023, 00:45 1
:
1
Tugadi
|
Inter Lautaro Martinez - 33' |
Stadion: Allianz Stadium, 41507 tomoshabin
Bosh hakam: Marco Guida
Turinliklarga Vea, De SHilo va Danilo yordam bera olmasa, Aleks Sandro tuzalib safga qaytdi. Miretti va Makkenining holati oxirgi pallada hal bo'ladi. Hujumda Keza-Kin juftligiga ishonch bildiriladi. Bastoni va Pavar uchrashuvni o'tkazib yuborishi aniq, shuning uchun Darmian himoya markaziga qaytadi, CHalxanoglu esa asosiy tarkibga qaytsa kerak. Kolumbiyalik universal futbolchi Kuadrado sobiq jamoasiga qarshi o'yinni zaxira o'rindig'ida o'tkazib yubormasa kerak. Oldingi chiziqda Lautaro-Tyuram dueti mehmonlar g'alabasini taminlashga urinadi.
Jamoalarning avvalgi bahsida "Inter" minimal hisobda (1-0) zafar quchgan. Milanliklar bu safar ham favorit sifatida tilga olinmoqda. Biroq himoya markazidagi muammolar taxmin bildiruvchilarni biroz o'ylantirib qo'yayotgan bo'lsa ajab emas. "Yuventus" esa o'z futbolini topib olgan va raqibning zaif nuqtalariga zarba berishni biladigan jamoa. Katta ehtimol bilan bizni ajoyib bellashuv kutib turibdi.
Sergey Rumyancev
Nozima To'xtamirzaeva tarjimasi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar