So’nggi yangiliklar

10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  6 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14

Qiziq statistika: “Bunyodkor” roppa-rosa bir yil o'tib, penalti tepdi Yangiliklar

Qiziq statistika: “Bunyodkor” roppa-rosa bir yil o'tib, penalti tepdi

Kecha oliy liga 23-turini boshlab bergan bahsda “Bunyodkor” Jizzaxning “So'g'diyona” klubini 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Uchrashuvning 37-daqiqasida “So'g'diyona” sardori Sobir Hamidov o'z jarima maydonchasi ichida Anvar G'ofurovga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Vaziyatga yaqin turgan bosh hakam Aziz Asimov hech ikkilanmasdan penalti belgiladi.

Ushbu penalti 2015 yilgi futbol mavsumida “Bunyodkor” foydasi uchun belgilangan ilk 11 metrlik jarima zarbasi bo'ldi. Bu yil hisobidan “qaldirg'ochlar” jizzaxliklarga qarshi bahsgacha jami 35ta (OCHLda 7ta, chempionatda 22ta, kubokda 6ta) uchrashuv o'tkazishgan va ularning hech birida penalti tepish huquqiga ega bo'lmagandilar. Aksincha, yuqoridagi raqamlarda ko'rsatilgan bahslarda “qaldirg'ochlar” darvozasi tomon jami 8ta (OCHLda 4ta, chempionatda 4ta) penalti belgilangandi.

“Bunyodkor”ning kechagi bahsda “So'g'diyona” darvozasiga kiritgan birinchi golini SHaker Zuagi penaltidan amalga oshirganini yuqorida aytib o'tdik. Bungacha “Bunyodkor” roppa-rosa bir yil ilgari, aniqrog'i 2014 yilning 25 sentyabr sanasida penalti tepgan edi. O'shanda “Jar” stadioni “Nasaf” darvozasi tomon belgilangan 11 metrlik zarbani Temur Ayupov golga aylantirgandi.

Ortda qolgan 22ta tur yakuniga ko'ra, birgina “Bunyodkor” jamoasi penalti tepmagan jamoa bo'lib turgan edi. Bu seriya 23-turga kelib yo'qqa chiqdi.


Oliy liga-2015da jamoalarning penalti tepish borasidagi ko'rsatkichlari

Jamoa

Belgilangan

penalti                  

Urilgan

penalti                

OLMALIQ

6

5

PAXTAKOR

5

4

LOKOMOTIV             

5

3

ANDIJON

5

5

NASAF

4

3

SO'G'DIYONA

4

2

NEFTCHI

3

2

METALLURG

3

3

QIZILQUM

3

3

MASH'AL

3

1

SHO'RTAN

2

2

NAVBAHOR

2

1

DINAMO

1

1

BUXORO

1

1

QO'QON-1912

1

1

BUNYODKOR

1

1


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика