So’nggi yangiliklar

07:45Хуршид Мухторовнинг янги жамоаси маълум  0 02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  2 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  1 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  5 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  4 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  11 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2

"Qizilqum"dan etakchilar ketishda davom etadi: Navbat Baydullaev va Grigalashviliga Yangiliklar

"Qizilqum"dan etakchilar ketishda davom etadi: Navbat Baydullaev va Grigalashviliga

"Qizilqum" jamoasi sardori Erkin Baydullaev Olmaliqning AGMK klubiga o'tishga yaqin turibdi.

Bu haqda saytimiz xodimi SHahboz Beg'amov malum qilmoqda.

"Qizilqum"ga 2016 yilgi mavsumning yozgi qismida qo'shilgan Erkin Baydullaev jamoadan ketishga qaror qilgan. Baydullaev roppa-rosa 3 yillik faoliyati davomida "Qizilqum"ning sardori va etakchisiga aylangandi. 

Tayanch zonasi vakilining xizmatiga Olmaliqning AGMK jamoasi qiziqmoqda. Tomonlar muzokaralarga kirishishgan va og'zaki kelishuvga erishilgan. Bugun ertalab futbolchi Toshkentda AGMK uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi. Tez orada futbolchining transferi masalasi rasmiylashtirilishi kutilmoqda.

SHuningdek, "Qizilqum"ning gruziyalik legioneri va asosiy yulduzi Elguja Grigalashvili ham tez orada klubdan ketishi kutilmoqda. Futbolchi faoliyatini Navoiyda davom ettirmoqchi emas. Hozircha Elguja mavsumning ikkinchi qismini qaerda o'tkazishi malum emas. Lekin uning xizmatlariga Olmaliqning AGMK tomonidan qiziqish mavjud. Ayni damda tatilni o'z yurtida o'tkazayotgan futbolchi O'zbekistonga qaytganidan so'ng keyingi faoliyatini davom ettirishini hal qiladi.

Qayd etish kerakki, jamoadan ketayotgan "Qizilqum"ning tayanch yarim himoyachisi Erkin Baydullaev navoiyliklar safida 3 yil davomida umumiy hisobda 86 o'yin o'tkazgan va 2ta gol muallifiga aylangan.

Eslatib o'tamiz, bunga qadar jamoadan joriy transfer oynasi ochilishidan avval markaziy yarim himoyachi Eldor Boymatov ketgani hamda jamoaning yana bir legioneri Medina Smit ham tark etib, yaqin orada "Lokomotiv" tarkibiga qo'shilishi haqida xabar bergandik.

Eldor Boymatov “Qizilqum”ni tark etdi 

"Qizilkum" legioneri Medina Smit va "Navbahor" futbolchisi Oston O'runov deyarli "Lokomotiv"da! 

Reyting: -33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика