So’nggi yangiliklar

16:40Тренд давом этади: "Реал" етакчиси YouTube'да канал очди  0 16:180:7га қандай изоҳ берилди? Сўз мураббийларга (ЖЧ саралаш ўйинларидан кейинги фикрлар)  0 16:03"Манчестер Юнайтед" собиқ ҳужумчиси Бразилия чемпионатига ўтиши мумкин  0 15:36"Ҳозир бизга ўхшаган ҳужумчиларни топиш қийин"  2 15:10Ўзбекистон футзал термасининг ЖЧ учун қайдномаси маълум!  3 14:38Ковачичга Саудия Арабистонида ҳафтасига 1 миллиондан кўпроқ маош тайёрлаб қўйишди  3 14:16"Удинезе" Санчесни янги мавсум учун рўйхатдан ўтказмади  1 13:56"Vamos, UZB!" баннерини кўтариб олган, вувузела чалишни тиндирмаган, ўйинни дурбинда кузатган мухлислар ГАЛЕРЕЯСИ  1 13:22"Челси" Конференциялар Лигаси учун таркибини эълон қилди: Коул Палмер рўйхатда йўқ  3 12:50ФИФА рейтингида етакчилик қилаётган Бразилия футзал терма жамоаси ҳақида нималар маълум?  1 12:23Барчанинг иштаҳасини очиб юборган 8.5 та ўрин, биз ёлғиз эмасмиз!  16 12:07Пике Ламин Ямалнинг майдондаги хатти-ҳаракатларини эътироф этди   3 11:40Хоселу: "Карвахаль "Олтин тўп"га лойиқ"  5 11:16Яқин ўтмиш юлдузи Хуан Мата "яшил қитъа"га йўл олди  2 10:55Футзал. Бугун дунёнинг энг кучли термасига қарши баҳс олиб борамиз  10

"Qizilqum"da porlashi kutilayotgan Sunnatullo Abdullajonov bilan suhbat Yangiliklar

"Qizilqum"da porlashi kutilayotgan Sunnatullo Abdullajonov bilan suhbat

Bu safargi suhbatdoshimiz Pro-liga chempioni, "Bunyodkor" akademiyasi tarbiyalanuvchisi, hozirda "Qizilqum" jamoasida harakat qilayotgan Sunnatullo Abdullajonov bo'ladi.

Albatta, yangi mavsum kashfiyotlaridan biri bo'lishi kutilayotgan futbolchi bilan uyushtirilgan intervyu ham sizni befarq qoldirmaydi degan umiddamiz.

- Sunnatullo, bugungi karantinli kunlarda nimalar bilan bandsiz?

- Hozirda karantin sabab uydaman. Uyda karantin qoidalariga amal qilib o'tiribman. Qolaversa jismoniy holatimni ushlab turish uchun murabbiylarimiz tomonidan berilayotgan mashg'ulotlarni uy sharoitida bajarib kelmoqdaman. Hozircha menda shu.

- Barchaga qiziq, Sunnatullo Abdullajonov futbolchilik faoliyatini qanday boshlagan?

- Mening ham bolaligim ko'chada to'p tepish bilan o'tgan. Keyinchalik otam meni Mirobod bolalar sport maktabiga berganlar va aynan u erda futbolning birinchi sir asrorlarini o'rganganman. Vaqt o'tib, 2008 yil "Bunyodkor" akademiyasiga keldim. U erda zamonaviy sharoitlarda mashg'ulotlarda qatnashdim. O'sha paytda murabbiyim Sergey Lushan bo'lgan. U kishidan ko'p narsalarni o'rgandim. 2016 yildan boshlab professional faoliyatim boshlandi. Birinchi «Olmaliq» jamoasida yoshlar tarkibida, biroz o'tgach «NBU-Osiyo» jamasida va oxirida «Andijon» jamoasi tarkibida to'p surdim. Xabaringiz bor, «Andijon» jamoasi bilan Pro-liga bahslarida chempionlikni ham qo'lga kiritdim. 2019 yil esa yana sevimli jamoam «Bunyodkor»ga qaytdim. Bu erda ikkinchi jamoada sardor sifatida jamoadoshlarimni Pro-liga bahslarida maydonga boshlab chiqdim. Mavsumning ikkinchi davrasi boshlanmasidan avval menga «Qizilqum» jamoasidan taklif bo'ldi va men ushbu jamoaga keldim. Bu erda ajoyib jamoa yig'ilgan. Hozirda bu jamoa judayam ko'p yangilanishlar ustida bosh qotirishmoqda.


- Jamoangiz mavsumni bunday mag'lubiyatlar bilan boshlashiga nima sabab bo'ldi deya olasiz?

- Bu mag'lubiyatlarga asosiy sabablardan biri mavsumga tayyorgarlikni kech boshlaganimiz bo'ldi deb o'ylayman. Yana bir sabab shundaki jamoamiz bilasiz, yangilanmoqda. Murabbiylar va futbolchilar hammasi yangi. Balki, shu narsa ham sabab bo'lgandir. Lekin, mavsum davomida bu mag'lubiyatlar tasodif ekanligini biz isbotlaymiz va bunga albatta ishonamiz.

- «Qizilqum» jamoasining oldiga yangi mavsumga rahbariyat tomonidan aniq vazifa qo'yilganmi?

- Ha qo'yilgan. Vazifa kuchli oltilikka kirish. Biz ishonamiz va maqsadimizga eta olamiz.

- Faoliyatingizdagi unutilmas o'yin qaysi?

- Albatta, shubhasiz bu o'tgan mavsumda sobiq jamoam «Bunyodkor» jamoasiga qarshi maydonga tushib darvozaga gol urgan vaziyat yodimdan chiqmaydi. Qolaversa, o'shanda stadionda meni otam ham kuzatganlar va gol urganimni guvohi bo'lgan. Ha yana bir narsa ishonasizmi, o'shanda zaxiradan maydonga tushayotganimda xayolimda bugun gol uraman degan fikr bor edi. Yani gol urishimini oldindan sezgandim.

- Siz avvaliga Pro ligada to'p tepdingiz. Hozirda Superligadasiz, ikkala chempionatning saviyasini qanday baholaysiz? Yana bir narsa sizni Superliga salobati bosmayaptimi?

- To'g'ri, ikkala chempionatning o'zining salohiyati bor. Superliga baribir kuchli hisoblanadi. Lekin, Pro ligada ham kuchli futbolchilar etarlicha topiladi. Ha keyin mening «Andijon» jamoasidagi chempionligim va to'purarlar qatorida bo'lishim, menga hozirda Superligada ortiqcha hayajonlarsiz harakat qilishga sabab bo'lmoqda. Yana bir jihat murabbiyimiz Hamidjon Aktamovning ishonchi ham menga judayam katta kuch bag'ishlamoqda.

- «Qizilqum» jamoasida hozirda asosiy bir lider futbolchi deb kimni ko'rsatgan bo'lardingiz?

- Jamoada aynan bir futbolchini ko'rsatmagan bo'lardim. Sababi bizda hammasi jamoaviy o'yinga bog'langan. Qolaversa ushbu jihat bo'yicha murabbiylarimiz juda ham ko'p ishlar olib bormoqda. Biz bir jamoamiz.

- O'zbek futbolida siz uchun eng yaxshi to'rt futbolchi deb kimni aytgan bo'lardingiz?

- Birinchisi Ignatiy Nesterov, keyin Vitaliy Denisov, Odil Ahmedov va Eldor SHomurodov. Bu nomlar men uchun futbolimizning tarixi va kelajagi.

- Hozirda Superligamizda eng kuchli legioner deb esa kimni ko'rsata olasiz?

- Albatta, hozirda «Paxtakor» jamoasidagi Dragan CHeranni ko'rsatgan bo'lardim. U ayni vaqtda chempionatdagi eng yaxshi o'yin ko'rsatayotgan legioner hisoblanadi.

- Sunnatullo Abdullajonov uchun futbolda pul birinchi o'rindami yoki...

- Men uchun doimo futbol birinchi o'rinda bo'lgan. Hozir yoshman menga menimcha pul asosiy bo'lishi kerak emas. Qolaversa pul birinchi bo'lgan futbolchida ishlari orqaga tortadi deb o'ylayman. SHu sababdan men hech qachon pulni birinchi o'ringa quymayman.

- Futbolda birinchi olgan maoshingiz qancha bo'lgan va uni nima uchun sarflagansiz?

- Mening birinchi maoshim «Bunyodkor» jamoasida bo'lgan. Buni yashirmayman o'shanda 114 ming so'm olganman va hammasini ota-onamga berganman. Keyinchalik hammasi yaxshi bo'lib ketgan.

- Oxirgi marta ota-onangizga qanday sovg'a olib berdingiz?

- Otajonim mening davlatim, onam esa mehribonim. Otamga oxirgi marta yaqinda telefon, onamga esa kir yuvish mashinasini sovg'a qildim.

- Sovg'alar hammasi buyursin va yaxshi kunlarda xizmat qilishini tilakdoshimiz. Keyingi savolimiz, siz uchun jahon futbolida eng yaxshi jamoa qaysi biri?

- Men doimo «Barselona» jamoasiga muxlislik qilaman. CHunki, u erda Leo bor. Men uning o'yinlarining muxlisiman va u mening kumirim hisoblanadi.


- Nimaga bizda «Barselona» jamoasiga o'xshagan kuchli jamoalar yo'q?

- Birinchidan biz Evropa emas Osiyo qitasida yashaymiz. Keyin o'zingiz bilasiz Evropa va Osiyo futbolida farq bor. Evropa mintaqasida futbol anchagina oldinda bormoqda.

- SHu o'rinda yana bir savol, sizga xorijdan taklif bo'lganmi?

- Hozircha bunday taklif bo'lganicha yo'q. Lekin, mening orzuim Evropada to'p tepish va buning uchun bor kuchimni ishga solaman.

- Sunnatullo yosh futbolchi bo'lishingizga qaramasdan ko'plab jamoalarda to'p tepdingiz. Mana shu jamoalar tarkibida siz uchun eng yaxshi tandem bo'la olgan futbolchi kim?

- Hozirda birga to'p surib kelayotgan Salim Mustafoevni alohida ko'rsatishim mumkin. Sababi u bilan futbol o'ynash menga juda ham yoqadi. Uning menga oshiradigan uzatmalari esa meni doimo hayratlantirgan. Xullas ushbu futbolchi bilan doimo kuchli tandem hosil qilganmiz.

- Sizdan oldingi suhbatdoshimiz Ilhom Yunusovdan siz uchun savol, professional faoliyatingizda birinchi golni qaysi jamoaga o'rgansiz?

- Juda ham o'ylantiruvchi savol bo'ldiku (o'yga tolib). Ha, esladim 2013 yil birinchi ligada «Lokomotiv» yoshlariga qarshi o'yinda urganman.

- Sunnatullo intervyularingizning birida orzuingiz «Bunyodkor» jamoasida harakat qilish ekanligini aytgansiz. Hozirda esa «Qizilqum» jamoasidasiz, orzular o'zgardimi? Yoki sizdan qachonlardir «buyuk qaytish»ni ko'ramizmi?

- «Bunyodkor» jamoasida to'p tepish menimcha ko'pchilik futbolchining orzusi bo'lsa kerak. Hozir esa mening bor etiborim «Qizilqum» jamoasida va ushbu jamoa bilan ko'plab g'alabalarga erishmoqchiman. Balki, «Bunyodkor» jamoasida o'ynash nasib etadi deb o'ylayman.

- Siz uchun qaysi bir jamoangizni qadrli deb ko'rsatgan bo'lardingiz?

- Ikkala jamoani ham men uchun o'rni katta bo'lgan. "Bunyodkor" da ko'p narsalarni o'rgandim. "Qizilqum"da esa ko'plab imkoniyatlar olyapman. SHuning uchun, bu jamoalarning ikkalasi ham men uchun buyuk jamoalar hisoblanadi.


SHoxrux Meylixolov suhbatlashdi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика