So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

"Qizilqum": Yoshlarimizning mavsumdagi ikkinchi g'alabasi Yangiliklar

"Qizilqum": Yoshlarimizning mavsumdagi ikkinchi g'alabasi

Yoshlar ligasi ettinchi turi doirasida “Qizilqum” yoshlari “Buxoro” jamoasi bilan kuch sinashdi.

Mavsumning dastlabki turida Obid Xudoyorov shogirdlari “Mashal” vakillaridan ustun kelishgan. So'ngra qatorasiga beshta turda yosh navoiyliklar raqiblariga imkoniyatni boy berishgan edi. SHu  bois, ko'pchilik bu gal ham “Qizilqum” yoshlarining ishonchli o'yin namoyish etishiga shubha bilan qarashayotgandi.

Ammo, yosh konchilar bu gal uchrashuvni ko'tarinki ruhda bir muncha hujumkor boshladilar. Bu o'z samarasini bermay qolmadi. Garchi, birinchi bo'limda o'yinda hisob ochilmagan bo'lsa-da, tanaffusdan so'ng muxlislar bir biridan chiroyli gollarga guvoh bo'ldilar.

Avvaliga Elyorjon Akbarov uchrashuvning 48-daqiqasida mehmonlar posboni bilan yakkama yakka vaziyatga chiqib. CHiroyli tarzda darvozani ishg'ol etdi - 1:0.

Oradan uch daqiqa o'tar-o'tmasdan buxoroliklar jarimadan to'pni o'yinga kiritdi. Jarima maydonchasi ichiga havolatib uzatilgan to'pni Jamoliddin Ubaydullaev boshi bilan Makosin qo'riqlayotgan darvoza to'riga joyladi - 1:1.

Uchrashuvning 63-daqiqasida Ruslan Iskandarov mezbonlar tarkibida zaxiradan maydonga tushdi. Oradan ikki daqiqa o'tib, Ruslan jarima to'pini qoyilmaqom qilib darvozaga yo'lladi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi - 2:1.

Qolgan daqiqlarda o'yin bir muncha asabiy ruhda kechdi. Har ikki jamoa azolarida juda ko'plab vaziyatlarda qo'pol xatti-harakatlar sodir etildi. Natijada bir qator futbolchilar bosh hakam tomonidan sariq kartochkalar bilan “siylandi”.

Uchrashuvning so'nggi daqiqalarida mezbonlar bir qator golli vaziyatlar sodir etishdi. Jumladan, 90-daqiqada navoiyliklar vakili Saidjon Hayitov mehmonlar posbonini dog'da qoldirib, g'alabani mustahkamladi - 3:1.

HAKAMLAR HUJJATIDAN KO'CHIRMA:

Yoshlar ligasi


7-tur, 29 aprel (juma)

“Qizilqum” (Navoiy) - “Buxoro” (Buxoro) - 3:1 (0:0)

Navoiy shahri. “Kimyogar” stadioni

Hakamlar:
Jasur Muxtorov (Toshkent), Aziz Ergashev, Amal Sultonov, Leonid Zakutilin (barchasi - Navoiy).

Nazoratchi: Alisher Abdullaev (Toshkent).

“QIZILQUM”: 22. Artyom Makosin (88. Rustam Rajabov, 88), 29. Saidjon Hayitov, 4. Viktor Grigorev, 6. Mirjalol Qosimov (2. G'ayrat Davronov, 89), 13. Bobir Mamirov (61. Feruz Norov, 46),  15. Xurshid Hasanov (34. Husniddin Fazliddinov, 30), 28. Sardor Jahonov, 35. Ahliddin Fayziev, 47. Sobir Usmonxo'jaev (32. Eliyorjon Akbarov, 46, 3. Orzu Razzoqov, 82), 45. Nodirjon Kamolov, 71. G'ayrat Jumaev (19. Ruslan Iskandarov, 63).

“BUXORO”: 25. SHohjahon Nasimov, 2. Mirjalol Jumaev, 3. Sardor Rahmonov, 4. To'lqinjon Rahmonov, 6. Narimon Hasanov, 7. Islom Xoliqov, 8. SHoxruhbek Xolmatov (19. Jamshid Hasanov, 52), 9. Mirfayz Muhiddinov, 14. Nodirjon Davlatov (10. Nozim Umurov, 46), 17. Jamoliddin Ubaydullaev, 21. Sardor Sulaymonov (77. Azamat Soliev, 70).

Gollar: Elyorjon Akbarov (48), Jamoliddin Ubaydullaev (51), Ruslan Iskandarov (65), Saidjon Hayitov (90)

Ogohlantirishlar: Viktor Grigorev (57), Jamoliddin Ubaydullaev (74), Husniddin Fazliddinov (74), Ruslan Iskandarov (79), Elyorjon Akbarov (80), Ahliddin Fayziev (81), Nodirjon Kamolov (85), Jamshid Hasanov (89)

 CHetlatish: Narimon Hasanov (76).

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика