So’nggi yangiliklar

13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  0 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  2 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  9 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали рақамдан иборат жаримага тортилди  3 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  13 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0 10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  1 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  2 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 09:10Холанд Молдовага урилган голлар учун дарвозабондан узр сўраган  6 08:43"Ал Иттиҳод" 20 ёшли сербиялик футболчига 21 миллион евро тўлади  3 08:16Суперлига. Бугун Қашқадарё дербиси бўлиб ўтади  0 07:44Криштиану Роналду яна бир совринга эга чиқди  8 01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0

"Qizilqum": Yoshlarimiz bo'lajak chempionni dog'da qoldirdi Yangiliklar

"Qizilqum": Yoshlarimiz bo'lajak chempionni dog'da qoldirdi

Yoshlar ligasi yigirma oltinchi turi doirasida “Qizilqum” jamoasi o'z maydonida “Bunyodkor”futbolchilariga qarshi maydonga tushdi.

Birinchilik jadvalida peshqadamlik qilayotgan yosh bunyodkorchilar agar mazkur o'yinda zafar quchsa muddatidan ilgari chempionlikni qo'lga kiritishardi. Oxirgi turlarda bir muncha bo'sh o'yin namoyish qilgan navoiyliklar esa bu o'yinga puxta hozirlik ko'rishdi.

Uchrashuv kutilganidan-da shiddatli va murosasiz kechdi. Bahsda har ikki jamoa azolari ham ko'plab golli vaziyatlar sodir etdilar.

37-daqiqada mezbonlar yarim himoyachisi Farrux Jo'raevga nisbatan bunyodkorchilar o'z jarima maydonchasi yaqinida o'yin qoidasini buzdilar. Jarima to'pini darvozadan chamasi yigirma metrlar uzoqlikdan Ahliddin Fayziev chiroyli tarzda amalga oshirib, mehmonlar darvozasini ishg'ol qildi - 1:0.

Tanaffusdan so'ng, himoyadagi palapartishlikdan unumli foydalangan mehmonlar hujumchisi Nuruddin Hasanov hisobni tenglashtirdi.

“Qizilqum” jamoasi murabbiylar shtabi tarkibda bir qator o'zgarishlarni amalga oshirdi. Bu esa mezbonlar o'yinini sezilarli darajada kuchaytirdi. Zaxiradan maydonga tushgan Ravshan Aslonov 75-daqiqada mehmonlar posboni bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va qulay imkoniyatdan unumli foydalanib, o'z jamoasining g'alabasini taminladi - 2:1.

HAKAMLAR HUJJATIDAN KO'CHIRMA:

Yoshlar ligasi

26-tur, 21 oktyabr (juma)

“Qizilqum” (Navoiy) - “Bunyodkor” (Toshkent) - 2:1 (1:0).

Karmana. Bolalar va o'smirlar futbol maktabi stadioni. 77 tomoshabin.

Hakamlar:
Ravshan Abduvohidov (Qarshi) - 7,2, Akmal Davronov - 7,6, Azizjon Ergashev - 7,7, Amal Sultonov (barchasi - Navoiy) - 8.

“QIZILQUM”: 22. Artyom Makosin (12. Valijon Rahimov, 46), 4. Viktor Grigorev, 6. Mirjalol Qosimov (19. Dostonjon Jo'raev, 81), 28. Sardor Jahonov (3. Orzu Razzoqov, 64), 29. Saidjon Hayitov, 32. G'ayrat Davronov, 35. Ahliddin Fayziev, 47. SHerali Jo'raev (15. Ravshan Aslonov, 46), 61. Farrux Jo'raev (2. Bobur Jo'raqulov, 37), 71. G'ayrat Jumaev, 88. Nodirxon Kamolov.

 “BUNYODKOR”: 45. Akbar To'raev, 6. Sardor Madrahimov, 7. Nodir Mavlonov (48. Tursun Rahimberdiev, 14), 10. Farrux Ikromov (15. Abbos Jumaqulov, 63. 39. Javohir Musajonov, 90+3), 11. Mirjahon Mirahmedov, 16. Sardor Azimov (18. Dilshod Ahmadaliev, 46), 27. Georgiy Pogosov, 34. Otabek Bekboev, 40. Suhrob Izzatov, 44. Nuriddin Hasanov, 77. Elbek Ravshanov (17. Azamat Roziqov, 46).

Gollar: Ahliddin Fayziev (38), Nuriddin Hasanov(65), Ravshan Aslonov (75).

Ogohlantirishlar: S. Hayitov (15), V. Grigorev (34), S. Jahonov (60), N. Kamolov (73) – S. Izzatov (28), O. Bekboev (55), T. Rahimberdiev (75).

CHetlatish: Viktor Grigorev (ikkinchi sariq kartochka, 90+3).

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика