“Qizilqum” yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi
13 jan 2021 22:15
Yangiliklar


“Qizilqum” yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi
Hamidjon Aktamov boshchiligidagi “Qizilqum” jamoasi yangi mavsum uchun tayyorgarlikni boshladi.
Jamoa azolari bugundan Navoiyda yig'ilishdi. Futbolchilar “Yoshlar” sport majmuasiga tegishli maydonda tiklanish mashqlarini o'tkazishdi.
Eslatib o'tish kerak, o'tgan mavsum "Qizilqum"da o'ynagan Vohid SHodiev va Ibrohim Tomiva klubni tark etgan. Ammo jamoa o'zagi saqlanib qolingan. Asosiy futbolchilar Ignatiy Nesterov, Oybek Qilichev, Vladislav Kosminin va Erkin Baydullaev mashg'ulotlarda qatnashishmoqda. Qolaversa yoshlar jamoasidan ham bir nechta nomlarni asosiy tarkibda ko'rish ham mumkin.
Yaqinda yoshlar terma jamoasi mashg'ulotlarida bo'lgan Ilhom Kenjaev shular jumlasidan. Tayyorgarlik mobaynida bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlari ham o'tkazilishi rejalashtirilgan.
O’xshash yangiliklar
13:31
Nikola Lazarevich KXDRga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi 3

Fikrlar