So’nggi yangiliklar

16:05Суперлига. 15-16-тур учрашувларининг бошланиш вақти маълум  1 15:41"Лейпциг" Хави Симонс қайтганини эълон қилди  1 15:30Гвардиола "Челси" бош мураббийини мақтади  1 15:03"Пахтакор"да ҳеч кимга асосий таркибдан жой кафолатланмаган" — Абдулла Абдуллаев  5 14:39"Бавария" ҳужумчисини ижарага бермоқчи  1 14:10Алонсо нуфузли нашр талқинида йилнинг энг яхши мураббийи бўлди  2 13:43Иброҳим Ибрагимов: "Мақсадим – "Пахтакор" билан яхши натижалар кўрсатиш"  2 13:30Футзал. ЖЧ-1996. Бразилия "требл" қайд этди  0 13:11"Милан" собиқ футболчиси Саудия Арабистони клубига ўтди  1 12:47Тимур Кападзе: "Олимпиада вақтида биз футбол эмас, бошқа ташвишлар ҳақида кўпроқ ўйлашга мажбур бўлдик"  34 12:17Бензема "ишдан бўшатган" мураббий Аргентинага йўл олди  2 11:55"Атлетико" Хави билан келишиб олди  2 11:29"Киммих кўп йиллар давомида "Бавария" учун муҳим ўйинчи бўлиб келган"  1 11:01Кьеза "Ювентус"дан кетаётгани тасдиқланди  1 10:22Аббосбек Файзуллаев Олимпиададаги шароитлардан кўнгли тўлмаганини айтди  26

“Qizilqum” Toshkentda “Andijon”ni mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

“Qizilqum” Toshkentda “Andijon”ni mag'lubiyatga uchratdi

Teglar :  AndijonQizilqum
Ayni paytda oliy liga jamoalari milliy chempionatimizda yuzaga kelgan kichik tanaffusdan unumli foydalanishga harakat qilishmoqda.

O'yin amaliyotini yo'qotmaslik uchun nazorat uchrashuvlariga alohida ahamiyat berilyapti. Boshqa jamoalar kabi “Qizilqum” futbolchilari ham bu imkoniyatni qo'ldan chiqarmadilar.

10 oktyabr kuni Hamidjon Aktamov shogirdlari Toshkentda nazorat o'yini o'tkazdi. “Jar” stadionida o'tkazilgan mazkur o'yinda “Qizilqum” jamoasi “Andijon” futbolchilari bilan kuch sinashdi.

Uchrashuvni poytaxtlik Viktor Serazitdinov boshqarib borgan bo'lsa, unga yon qanotlarda Nikita Afinogenov, Server Eremeev (barchasi - Toshkent)lar ko'maklashdi.

O'yin gollarga boy bo'ldi. Har ikki jamoa azolari ham ochiq futbol namoyish etdilar. Dastlab 25-daqiqada Navro'zbek Alimov chamasi yigirma ikki metrlar uzoqdan “Andijon” jamoasi darvozasini ishg'ol etib, hisobni ochdi - 1:0.

Uchrashuv birinchi bo'limi tugashiga sakkiz daqiqa qolganda andijonlik Iqbol Akramov o'rtadagi muvozanatni tikladi - 1:1.

Tanaffusdan so'ng, har ikki jamoa tarkibida ham bir qator o'zgarishlar amalga oshirildi. Bu esa o'yinning yanada shiddatli davom etishini taminlab berdi.  53-daqiqada Andrey Derkach navoiyliklarni hisobda oldinga olib chiqdi - 2:1.

77-daqiqada himoyachi Iqbol Boboxonov darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib borayotgan Viktor Klishinni jarima maydonchasi ichida qo'pollik bilan to'xtatib qoldi. Bosh hakam Serazitdinov himoyachi Iqbol Boboxonovga qio'il kartochka ko'rsatdi va maydondan chetlatdi. O'n metrli nuqtaga yaqinlashgan Bahriddin Vahobov esa “Andijon” posboni Gennadiy Moshnyagani dog'da qoldirib, hisobni 3:1 ko'rinishga keltirdi.

O'yinning oxirgi daqiqalarida andijonliklar raqib darvozasidan chamasi yigirma metrlar uzoqlikdan jarima to'pi tepish huquqiga ega bo'ldi. Darvoza yo'llangan kuchli zarbani Artyom Makosin qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Qaytgan to'pni boshqalardan ko'ra, ildamroq harakat qilgan Abdulatif Abduqodirov qiyinchiliksiz darvozaga yo'lladi - 3:2.

“Qizilqum” - “Andijon” uchrashuvida jamoalar murabbiylari quyidagi tarkiblarni sinovdan o'tkazdi:

“QIZILQUM”: Erkin Jabborov, Sarvarjon Xolmatov, Fayzulla Qambarov, Azizbek Usmonov, Andrey Derkach, SHerali Jo'raev, Navro'zbek Alimov, G'ayrat Jumaev, Akmal Rustamov, Bahriddin Vahobov, Alisher Xoliqov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Artyom Makosin, Boburjon Iskandarov, Ruslan Sanaev, Doston Abdurahmonov, Viktor Klishin, Bour Mamirov,  Mirjalol Qurbonov, Georgiy Kvesieshvili.

“ANDIJON”: Gennadiy Moshnyaga, Tursunboy Xusanov, Rahim Qodirov, Davron Tursunov, Iqbol Boboxonov, Asror Rahmonov, Asqar Jadigerov, Sanjar Asqaraliev, Iqbol Akramov, Farruh Mirzaev, Abdumalik Abdullaev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Eldor Isaboev, Javlon Guseynov, Abdulatif Abduqodirov, Umrillo Ramozonov, Farhod Bekmurodov, SHukur Jumaboev.

Quvonarlisi, aynan shu kuni “Qizilqum” jamoasi bosh menejeri Hamidjon Aktamovning tavallud kuni edi. Futbolchilar o'z rahbarlariga shu tarzda chiroyli g'alaba qozonib, o'ziga xos sovg'a hozirladilar. SHunday qilib, o'rtoqlik uchrashuvida g'alaba qozongan “Qizilqum” jamoasi 11 oktyabr kuni Navoiyga qaytishdi.

Eslatib o'tamiz, hozirda chempionat jadvalida 30 ochko bilan ettinchi pog'onani egallab turgan “Qizilqum” jamoasi 25-turni 16 oktbyar kuni o'tkazadi. Unda konchilar Navoiyda Muborakning “Mashal” futbolchilarini qabul qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика