“Qizilqum” Toshkent yig'inini yakunladi
24 fev 2018 22:05
Yangiliklar
“Qizilqum” Toshkent yig'inini yakunladi
Salkam bir oyga yaqin davom etgan yig'in davomida futbolchilarning jismoniy va taktik tayyorgarligini oshirish va o'yin amaliyotiga katta etibor qaratildi. Jamoa Superligada ishtirok etayotgan “Navbahor” (2 marta- 1:2, 1:3), “So'g'diyona” (2:1), “Buxoro” (0:2), “Metallurg” (2:2), “Qo'qon-1912” (1:1), “Neftchi” (1:1), Pro liga vakillari “Andijon” (3:1), “Mashal” (2:0), “Oqtepa” (4:1), Tojikistonning “Istiqlol” (1:1) klublari bilan nazorat uchrashuvlarini o'tkazdi.
Bugun “Qizilqum” futbolchilari Toshkentdan Navoiyga qaytib kelishadi va mavsumning ilk uchrashuviga hozirlikni davom ettirishadi.
“Qizilqum” Super liganing 1-turini Navoiyda 1 mart kuni amaldagi mamlakat chempioni va kubogi sohibi Toshkentning “Lokomotiv” klubi bilan o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar