“Qizilqum” Toshkent yig'inini yakunladi

24 fev 2018, 22:05
Yangi mavsumga tayyorgarlikning ikkinchi qismini Toshkentda davom ettirgan “Qizilqum” futbolchilari o'quv-mashg'ulot yig'inini yakunlab, bugun Navoiyga qaytishdi.

Salkam bir oyga yaqin davom etgan yig'in davomida futbolchilarning jismoniy va taktik tayyorgarligini oshirish va o'yin amaliyotiga katta e'tibor qaratildi. Jamoa Superligada ishtirok etayotgan “Navbahor” (2 marta- 1:2, 1:3), “So'g'diyona” (2:1), “Buxoro” (0:2), “Metallurg” (2:2), “Qo'qon-1912” (1:1), “Neftchi” (1:1), Pro liga vakillari “Andijon” (3:1), “Mashal” (2:0), “Oqtepa” (4:1), Tojikistonning “Istiqlol” (1:1) klublari bilan nazorat uchrashuvlarini o'tkazdi.

Bugun “Qizilqum” futbolchilari Toshkentdan Navoiyga qaytib kelishadi va mavsumning ilk uchrashuviga hozirlikni davom ettirishadi.

“Qizilqum” Super liganing 1-turini Navoiyda 1 mart kuni amaldagi mamlakat chempioni va kubogi sohibi Toshkentning “Lokomotiv” klubi bilan o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Қизилқум" матбуот хизмати.