"Qizilqum" tarkibida shimoliy makedoniyalik markaziy hujumchi paydo bo'ldi
16 iyu 2023 21:01
Yangiliklar
"Qizilqum" tarkibida shimoliy makedoniyalik markaziy hujumchi paydo bo'ldi
"Paxtakor"ga qarshi nazorat o'yinida ushbu o'yinchi maydonga tushdi.
"Qizilqum" ayni damda "Paxtakor"ga qarshi nazorat uchrashuvida harakat qilmoqda. Navoiyliklar tarkibida esa yangi hujumchi ko'rinish berdi. SHimoliy makedoniyalik markaziy hujumchi Marko Simonovskiy "Paxtakor"ga qarshi nazorat uchrashuvida maydonda o'ynamoqda.
Championat.asia malumotlariga ko'ra, ushbu futbolchi katta ehtimol bilan ikkinchi davrani "Qizilqum" safida boshlaydi.
Marko Simonovskiy markaziy hujumchi poziciyasida harakat qiladi. Futbolchi ayni damda 31 yoshda, bo'yi esa 185 santimetr. Futbolchining oxirgi klubi Kosovaning "Drita" jamoasi bo'lgan. Simonovskiy faoliyati davomida Qozog'istonning "Jetisu" va "SHaxtyor" klublarida, Rossiyaning "Amkar" jamoalarida faoliyat olib borgan.
Fikrlar