"Qizilqum" sobiq futbolchisi unga qizil kartochka ko'rsatgan hakamga Zidan uslubida zarba berdi
08 noy 2023 14:48
Yangiliklar
"Qizilqum" sobiq futbolchisi unga qizil kartochka ko'rsatgan hakamga Zidan uslubida zarba berdi
Ukraina Birinchi ligasining 15-turidan o'rin olgan "Gornyak-Sport" – "Dinaz" (2:0) uchrashuvida g'aroyib voqea sodir bo'ldi
Uchrashuvning antiqahramoni "Dinas" hujumchisi Vyacheslav SHevchenko bo'ldi. Futbolchi tanaffusdan so'ng maydonga tushdi, ammo atigi daqiqa maydonda harakat qildi. Forvard 64-daqiqada sportga xos bo'lmagan xatti-harakati uchun qizil kartochka oldi. Ushbu vaziyat aks etgan videoni TELEGRAM-kanalimizda tomosha qilishngiz mumkin.
38 yoshli SHevchenko unga qizil kartochka ko'rsatgan hakamga yaqinlashib, Zinedin Zidanning JCH-2006 finalidagi afsonaviy zarbasini takrorlashga harakat qilib ko'rdi, ammo urinish u qadar muvaffaqiyatli chiqmadi.
Endi futbolchining xatti-harakatlari o'rganilib, unga tegishli jazo tayinlanadi.
Eslatib o'tamiz, Vyacheslav SHevchenko faoliyati davomida O'zbekistonning "Lokomotiv" va "Qizilqum" klublari libosida to'p tepgan.
Fikrlar