

- Afsuski, bugun ochiqchasiga omad bizdan yuz o'girdi, - deydi Vyacheslav Shevchenko. - Aniqrog'i, raqib darvozaboni va himoyachilari bexato harakat qilishdi. Golga tortadigan vaziyatlarni juda ko'plab yuzaga keltirdik. Biroq bizga zarur pallada sovuqqonlik yetishmadi. Natijada muhim uchrashuvda qimmatli ochkolarni boy berdik.
Mashg'ulotlarda yomon ishlamayapmiz. Ammo asosiy uchrashuvlarda imkoniyatlarimiz darajadasida o'ynay olmayotganimiz bor gap. Metallurg bilan o'yinda muxlislar jamoamizni chiroyli qo'llab-quvvatlashdi. Bunga javoban g'alaba qozonishimiz shart edi.
Qizilqum PFK Matbuot xizmati.



