So’nggi yangiliklar

18:10"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 11 ёшли Абдуллоҳ Абдураимов  0 18:00Париж-2024. Ўзбекистон - Доминикан Республикаси (матнли трансляция)  15 17:4438 ёшли Хонда Бутан клуби билан 1 та ўйинга шартнома имзолади  1 17:20Суперлигада трансфер ойнасининг сўнгги кунида вазият қандай?  22 17:07Стив Брюс Ямайка терма жамоасида иш бошлаши мумкин  1 16:50Париж-2024. Ўзбекистон - Доминикан Республикаси: Асосий таркибимиз маълум  38 16:17Ҳусниддин Алиқулов ва Остон Ўрунов бугунги ўйинни ўтказиб юборади  26 15:54Фабрицио Романо: "Атлетико" Конор Галлахер трансферига яқин  2 15:23"Челси" Лукакуни Осимхенга алишмоқчи  2 14:58"Арсенал" Саненинг атрофидаги вазиятни кузатмоқда  1 14:09Эшитдик-да! "Бунёдкор" бугун "Олимпик" ўйинчиси билан шартнома тузади  2 13:39"Пахтакор" стадионига таъмир керак. У Суперлигани қабул қила олмайди  31 13:10Энцо Фернандес АҚШда "Челси" сафига бориб қўшилди  1 12:52Ўзбекистонлик спортчиларнинг Париж Олимпиадасидаги иштирокидан ОНЛАЙН  3 12:31ЦСКА ҳужумчиси Греция клуби билан шартнома имзолайди   2

"Qizilqum" o'z uyida "Qo'qon-1912" ustidan irodali g'alabaga erishdi Yangiliklar

"Qizilqum" o'z uyida "Qo'qon-1912" ustidan irodali g'alabaga erishdi

Oliy liganing 8-turidan o'rin olgan "Qiziqlum" - "Qo'qon-1912" bahsi natijasi bilan quyida onlayn tarzda tanishib borishingiz mumkin bo'ladi.

Qizilqum (Navoiy) – Qo'qon-1912 (Qo'qon) 3:1
9 may 2015. Navoiy.  "Yoshlar" stadioni. 18:30
Hakamlar:
R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), N. Qosimov (Qarshi)
Nazoratchi: D.  Roman (Toshkent).
Gollar: Nosir Otaqo'ziev, 13. Bahriddin Vahobov, 50. 62. Vyacheslav SHevchenko, 60.

Ogohlantirishlar: Ilya Ilin, 22. Mirjalol Qurbonov, 33. Asqar Muhiddinov, 45.

CHetlatish: Jalil Kimsanov, 15.

"Qizilqum": 1.Erkin Jabborov, 7.Jamshid SHoxnazarov (20.G'ayrat Jumaev, 46), 8.Akmal Rustamov (S), 9.Vyacheslav SHevchenko, 11.Alisher Sanoev, 21.Mirjalol Qurbonov (14.Fayzulla Qambarov, 72), 23.SHerali Jo'raev, 24.Asqarjon Muhiddinov, 26.Alisher Xoliqov (10.Bahriddin Vahobov, 46), 33.Andrey Derkach, 92.Azizbek Usmonov.

Zaxira: 22.Artyom Makosin, 6.Farruh Haydarov, 19.Ruslan Sanoev, 50.Georgiy Kvesieshvili.

“Qo'qon-1912”: 16.Andrey Baklanov, 3.Hasanboy Ergashev, 5.Jalil Kimsanov, 8.Nodir Qo'ziboev, 9.Nosir Otaqo'ziev, 10.Quvondiq Ro'ziev (23.Furqat Hasanboev, 90), 18.Sardor Eminov, 22.Orif Mamajonov, 24.Ilya Ilin ( 20.Xurshid Muxtorov, 64), 28.Aleksey Nikolaev, 29.Igor Golban.

Zaxira: 12.Aziz Ashurov, 15.Maruf Zokirjonov, 17.Aziz To'xtaboev, 19.Vladimir Argun, 27.SHoxruh Xolmatov.

 
                                        MATNLI TRANSLYACIYA

                                                  YANGILASH


Etiboringiz uchun tashakkur! Salomat bo'ling!

Uchrashuv yakuniga etdi. SHu tariqa "Qizilqum" g'alaba qozondi.

90+4. Azizbek Usmono maydonga yotib oldi. Hakam esa uni o'rnidan turishini so'ramoqda.


90+2. Jarima zarbasi. Nikolaev to'pni havolatib Otaqo'zievga uzatdi. Nosirning bosh bilan yo'llagan zarbasidan so'ng to'pni darvozabon ushlab oldi.

90+1. O'zgarish! Quvondiq Ro'ziev o'rniga Furqat Hasanboev tushdi.


90. Ikkinchi bo'lim to'xtalishlari uchun bosh hakam 3 daqiqa vaqt qo'shib berdi.

86. Vahobov chap qanotdan to'pni jarima maydoni ichiga oshirmoqchi bo'ldi. Ammo to'pni Zokirjonov maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

85. Mehmonlarning markaziy himoyachisi Golban raqiblarini aldashga kirishib ketdi. Ammo u to'pni chap qanotga oshirishda xatoga yo'l qo'ydi.


84. Zarbaaaaa! Yana o'sha SHeraliii! Jo'raevning bu safargi zarbasidan so'ng to'p ustunga tegib qaytdi.


83. SHerali Jo'raevning chamasi 25 metrlardan yo'llagan zarbasini Baklanov o'z o'rnida ushlab oldi.


80. Nodir Qo'ziboev navbatdagi jarima zarbasini amalga oshirdi. Kuchli va aniq yo'llangan zarbadan keyin to'p to'g'ri darvozabonning qo'liga borib tushdi.


80. O'zgarish! Sardor Eminov o'rniga Maruf Zokirjonov tushdi.


78. Sardor Eminov chap qanotdan jarima maydoni ichiga kirib bordi va to'pni paslatib, qarama-qarshi qanotga uzatmoqchi bo'ldi. Ammo to'pni himoyachilar qaytarib yubordi.


77. Alisher Sanoev jarima maydoni ichiga yorib kirayotganida Golban ustalik bilan undan to'pni olib qo'yib, jamoasining navbatdagi hujumini tashkil etdi.


76. Ogohlantirish! Bahriddin Vahobov raqibi Ro'zievga qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.

75. Hasanboy Ergashevning o'ng qanotdan havolatib uzatib bergan to'pini Otaqo'ziev darvozaga yo'lladi. Jabborov o'z o'rnida.

72. O'zgarish! "Qizilqum"! Mirjalol Qurbonov o'rniga Fayzulla Qambarov tushdi.


69. Darvoqe, uchrashuvning 64-daqiqasida Ilya Ilin o'rniga Xurshid Muxtorov tushdi.

68.Sardor Eminov jarima zarbasini amalga oshirdi. Uning kuchli zarbasidan so'ng to'p jonli devorga tegib qaytdi.


 67. Mehmonlar ruhiyatni tushmayapti va yana oldinga intilmoqda.


65. Ogohlantirish! Hasanboy Ergashev bilan Akmal Rustamovga sariq kartochka.

64. Ilya Ilin o'rniga Xurshid Muxtorov tushdi.


62. GOOOLLL!!! Bahriddin Vahobov uchrashuvda o'zining ikkinchi, jamoasining esa uchinchi golini kiritdi.


60. GOOLL! SHevchenko jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.


58. Eminov o'ng qanotdan oldinga ketayotganida ikki raqibi uni to'xtatib qoldi. Ammo hakam o'yinni davom ettirish kearkligini ko'rsatdi.


57. Jumaevning zarbasi xavfli ko'rinish olgan bo'lsada, to'p to'sin ustidan o'tib ketdi.


56. Mezbonlar asosiy etiborini hujumga qaratgan. Mehmonlar esa aksincha. Ular 10 kishi bo'lib juda qiynalqmoqda.


55. SHerali Jo'raev chap qanotdan ikki raqibini ustalik bilan aldab o'tib, darvoza tomon zarba yo'lladi. Yana Baklanov mahoratini namoyish etdi.


52. Zarbaaaa! CHap qanotdan havolatib uzatilgan to'pni jarima maydon ichida SHevchenko bosh bilan darvozaga yo'llamoqchi bo'ldi. Ammo Baklanov yana bir bor mahorat ko'rsatdi.


50. GOOOLL! Bahriddin Vahobov hisobni tenglashtirdi.


47. Zarbaaaa! Vyacheslav SHevchenkoning bosh bilan yo'llagan zarbasidan so'ng to'pni Baklanov ushlab olishga erishdi.


46. Mezbonlar tarkibida o'zgarishlar yuz berdi. Jamshid SHoxnazarov o'rniga G'ayrat Jumaev tushdi. Alisher Xoliqov o'rniga esa Bahriddin Vahobov o'yinni davom ettiradiyu


46. Diqqat! Ikkinchi taymga start berildi.


Ikkinchi bo'lim boshlanish arafasida. Futbolchilar maydonga qaytib chiqishmoqda.

45. Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!


45. Ogohlantirish! "Qizilqum"! Asqar Muhiddinov! Eminov markazdan oldinga o'tayotganida ortidan chalib yiqitgani uchun ogohlantirildi.


44. Akmal Rustamovning chap qanotdan havolatib uzatib bergan to'piga mezbonlardan tashqari Nikolaev bilan Baklanov tashlandi. Hakam to'pni mehmonlardan chiqib ketganini ko'rsatdi. Burchak to'pi!


42. Xavfli xujuuumm! Quvondiq Ro'ziev markazdan to'pni egallab olib, chap qanotdagi sherigi Mamajonovni oldinga chorladi. Orif "zamax" bilan raqibini chalg'itdi va darvoza tomon o'zi zarba berdi. Jabborov o'z o'rnida!

40. Navoiy shahridagi "Yoshlar sport majmuasi" stadionining tribunasi muxlislar bilan to'lgan deya olmaymiz.

39. SHerali Jo'raev burchak zarbasini amalga oshirdi. Derkachning bosh bilan darvoza tomon yo'llagan zarbasidan so'ng to'p to'sin ustidan o'tib ketdi.

38. Mehmonlar himoya chizig'ida Igor Golban raqiblariga deyarli imkon bermayapti.

37. Maydon markazida Quvondiq Ro'zievga nisbatan o'yin qoidasi buzildi. Mehmonlar o'yinchisini yoniga Ravshan Ermatov kelib o'rnidan turg'azib qo'ydi. Jarima zarbasi!

36. Eminov o'ng qanotdan oldinga o'tab borayotganida qarshisidagi raqibi uni yiqitdi. Ammo hakam o'yini davom ettirish kerakligini ko'rsatdi.


34. "Qizilqum"ning hujumlari asosan Sanoev orqali tashkil etilmoqda.

33. Ogohlantirish! Mirjalol Qurbonov! Orif Mamajonov chap qanotdan jarima maydoni ichiga kiratyotganida raqibi ochiqchasiga to'xtatib qoldi.

32. Vyacheslav SHevchenko tahminan 30 metrlardan zarba yo'llab, hisobni tenglashtirmoqchi bo'ldi. Ammo to'p anchagina olisdan ketdi.


31. Jarima zarbalari hozircha asosan "Qo'qon-1912" darvozasi tomon belgilanmoqda.

30. CHap qanotdan Alisher Sanoev ancha faol. Uning mehmonlar jarima maydoni ichida kutilmaganda Baklanov darvozasi tomon yo'llagan zarbasidan so'ng darvozabon to'pni arang maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

28. Nikolaev o'z jarima maydoni ichiga kirar-kirmas SHevchenkoni yiqitdi deb topildi. Jarima zarbasi!


27. Azizbek Usmonovning mehmonlar jarima maydoniga havolatib uzatib bergan to'piga birinchi bo'lib Baklanov egalik qildi.

25. "Qizilqum" futbolchilari o'yindagi ustunlikni o'z qo'llariga olishga intilmoqda.


24. Zarbaaaa! SHoxnazarovning o'ng qanotdan jarima maydoni ichiga etkazib bergan to'pini Alisher Xoliqov darvozaga aniq yo'lla olmadi.

22. Ogohlantirish! Ilya  Ilin! "Qo'qon-1912"! Alisher Xoliqov chap qanotdan oldinga o'tayotganida mehmonlar himoyachisi uni qo'pollik bilan to'xtatib qoldi. 

20. Akmal Rustamov jarima zarbasini amalga oshirdi. Ammo to'p ustun yuqorisidan o'tib ketdi.

17. Mezbonlar standartlar vaziyatlardan foydalan olmayapti. 

16. Mehmonlarga endi qiyin bo'lishi aniq. CHunki endi ular 10 kishi bo'lib o'ynashadi.

15. Uuuuxxx! CHetlatish! Jalil Kismanov! "Qo'qon-1912". 

14. Otaqo'ziev bu vaziyatda to'pni darvozabonning ustidan oshirib, uchrashuvda hisobni ochdi.

13. GOOOOOLLLLL! Nosir Otaqo'ziieeevv!

11. mehmonlar qarshi hujumga o'tdi. Otaqo'ziev to'pni orqaroqda turgan sherigi Ro'zievga to'pni qoldirdi. Quvondiq esa o'ng qanotdagi Eminovni oldinga chorladi. Ammo hujum ko'ngildagidek yakun topmadi.

10. Xavfli vaziyayayat! "Qizilqum" futbolchilari mehmonlar jarima maydoni ichida darvoza tomon aniq zarba yo'llay olmadi. Aniqrog'i bunga qo'qonliklar yo'l qo'ymadi.

9. Mezbonlar sardori Akmal Rustamov odatdagidek autdan to'pni uzoqqa etkazib berish bo'yicha mahoratini namoyish etmoqda.

8.Zarbaaaaaa! Sardor Eminov! Uning tahminan 20-25 metrlardan yo'llagan kuchli zarbasidan so'ng to'p to'sin ustidan o'tib ketdi. Zarba xavfli ko'rinish oldi. 

7.Alisher Sanoev chap qanotdan jarima zarbasini amal oshirdi. Xavolatib uzatilgan to'p maydonni tark etdi. Noaniq!


6. Endi mehmonlar hujum tashkil etdi. O'ng qanotdan Eminov katta tezlik bilan oldinga tashlandi. Ammo raqib taqibidan qochib keta olmadi va to'p undan maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

5. Alisher Sanoev burchak to'pini amalga oshirdi. Havolatib uzatilgan to'pga Akmal Rustamov bosh bilan zarba berdi. To'p ustun yonginasidan o'tib ketdi.

3. Darvoqe, bugun "Qo'qon-1912" tarkibida ayrim o'zgarishlar kuzatildi. Xususan jaroxati sababli ushbu o'yinga markaziy yarim himoyachi Izzat G'aniev bilan hujumchi Doniyor Usmonov tashrif buyurmagan.

2. Zarbaaa! SHerali Jo'raev mehmonlar jarima maydoni ichida darvoza tomon kuchli zarba yo'lladi. To'p esa raqib himoyachisiga tegib qaytdi. 

1. Boshladik! "Qo'qon-1912" futbolchilari to'pni o'yinga kiritgan xolda, uchrashuvni boshlab berishdi.

Jamoalar PFL madhiyasi sadolari ostida maydonga chiqib kelishmoqda.


Diqqat qiling! Uchrashuv boshlanish arfasida.

Tarkiblar malum!

Ayni damda esa futbolchilar maydonga chiqib, o'yin oldidan chigalyozdi mashklarini bajarmoqda.

Bir necha daqiqa oldin, har ikki jamoa ham stadionga etib keldi.

SHunday ekan, yaqin ikki soat davomida sizlarga ushbu sahifa orqali o'yin tafsilotlarini etkazib borishga urinamiz

Navoiy shahridagi "Yoshlar sport majmuasi" stadioniga etib keldik va media tribunaga o'rnashib oldik!

 Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari!

- Uchrashuv soat 18:30da boshlanadi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика