So’nggi yangiliklar

20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  3 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  0 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  3 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  2 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  20 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  3 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  1 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  23 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  2 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0

“Qizilqum” muxlislari klub rahbariyati bilan uchrashdi Yangiliklar

“Qizilqum” muxlislari klub rahbariyati bilan uchrashdi

Teglar :  Qizilqum
Avval xabar qilganimizdek, bugun Navoiy shahridagi “Yoshlar” sport majmuasida “Qizilqum” jamoasi ishqibozlarining klub rahbariyati bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Tadbirda klub vakillari va muxlislar klubi azolari ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida klub ijrochi direktori Hamidjon Aktamov so'zga chiqdi.

-Jamoamizning mavsum avvalidagi muvaffaqiyatsizliklari uchun siz muxlislardan uzr so'raymiz, -deya gap boshladi Hamidjon G'ulomovich. – Mavsumni kutilgandek boshlay olmadik. Ayrim o'yinlarda omadimiz kelmadi. SHu bois barcha mag'lubiyatda barcha aybni o'z zimmamga olaman. Agar lozim bo'lsa, istefoga chiqishga tayyorman.

SHundan so'ng muxlislar klubi azolari so'zga chiqib, jamoaning hozirgi murabbiylar shtabi va futbolchilarga ishonishlarini, Hamidjon Aktamov bir necha yillardan buyon Navoiy futbolini rivojlanishiga hissa qo'shib kelayotganini takidlashdi va bir ovozdan jamoa rahbarining istefosini rad etishdi.

“Futbolda g'alaba va mag'lubiyat yonma-yon yuradi. SHu sabab biz har qanday vaziyatda ham jamoamiz azolari – futbolchilar va murabbiylarni qo'llab-quvvatlaymiz. Hamidjon Aktamov viloyatimizning fidoyi farzandi. “Qizilqum” jamoamizning keyingi yillardagi muvaffaqiyatlariga katta hissa qo'shib kelayotgan inson. O'ylaymanki, mavsum davomida futbochlilarimiz chiroyli o'yinlar bilan biz ishqibozlarni xursand etishadi”, dedi “Qizilqum” muxlislar klubi rahbari SHahriddin Ishnazarov.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика