"Qizilqum" futbolchisining 31 o'yinlik seriyasi bugun barham topadi
04 may 2021 16:19
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/635224_original.jpg)
![](/upload/storage/635224_220.jpg)
"Qizilqum" futbolchisining 31 o'yinlik seriyasi bugun barham topadi
Superliganing 7-turida "Qizilqum" "Navbahor" bilan o'ynaydi.
Navoiy klubi himoyachisi Oleg Tolmasov mazkur bahsni zaxira o'rindig'ida boshlaydi. SHunday qilib futbolchi "Qizilqum" safida Superligada ilk bor to'liq o'yin o'tkazmaydi. 2020 yil boshida jamoaga kelgan Tolmasov o'sha mavsum barcha 26ta o'yinda maydonga tushgan va to'liq 90 daqiqadan o'ynagandi. 2021 yilgi mavsumdagi dastlabki 5ta turda ham himoyachi to'liq harakat qildi.
Hamidjon Aktamov Tolmasovning 31 o'yinlik seriyasiga chek qo'yishga qaror qildi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar