So’nggi yangiliklar

22:50Сеск Фабрегас фаолиятидаги энг яхши мураббийи ким эканлигини айтди  0 22:11Габриэль Агбонлахор: "Ямал мени қўрқитмоқда"  2 21:57Ямалнинг ёшида Месси ва Роналдунинг статистикаси қандай эди?  8 21:35"Реал" Модрич ва Васкес билан шартномани узайтиради, аммо жуда қисқа муддатга  2 21:32Илёс Зейтуллаев "Ювентус"нинг ўрнига қаерга бориши мумкин бўлганини айтиб берди  5 21:15УЕФА ЕЧЛ ҳафта рамзий терма жаомасини эълон қилди  6 20:50Милитао жароҳатидан сўнг сафга қайтишга яқин  1 20:29Усмон Дембеле Goal талқинига кўра "Олтин тўп"га энг асосий номзод  5 20:05МЮ ва "Ювентус" бразилиялик хавбекка қизиқмоқда  0 19:40Зоммер: "Агар ақлли ўйнасак, "Барселона" билан ўйинда имконият бўлишини билардик"  2 19:14Яйпанда янги жамоа ташкил қилинди  27 18:48Ламин Ямаль: "Жавоб ўйинида боримизни берамиз"  12 18:22Хаби Алонсонинг ўрнини ким эгаллайди? "Байер" Фабрегас ва тен Ҳаг номзодларини кўриб чиқмоқда  7 17:51​"Барселона" футболчиси 3 ҳафтага сафдан чиқди  6 17:22"Рома"да апрель ойининг энг яхши футболчиси аниқланмоқда: Элдор Шомуродов даъвогарлар қаторида  26

"Qizilqum": Futbolchilarimiz tibbiy ko'rikdan o'tdi Yangiliklar

"Qizilqum": Futbolchilarimiz tibbiy ko'rikdan o'tdi

Avval xabar qilganimizdek, “Qizilqum” jamoasi azolari 5 yanvar kuni o'z qarorgohlarida to'planishdi va Toshkentga safar qildilar.

 6 yanvar kuni poytaxtimizdagi “O'zbekiston” mehmonxonasida jamoa murabbiylari va futbolchilari uchun O'zbekiston Professional futbol ligasi Hakamlar qo'mitasi tomonidan maxsus seminar tashkil etildi. Tadbirda jamoaning barcha azolari ishtirok etdi.

   Seminarni milliy toifadagi hakam, FIFA referisi Vladislav Ceytlin olib bordi. Unda mutaxassis qatnashchilarga futbol qonun-qoidalarini maxsus videoroliklar orqali tushuntirib berdi. So'ngra, mutaxassis navoiyliklarni qiziqtirgan ko'plab savollarga javob berdi.

   Rejaga ko'ra, 7 yanvar kuni “Qizilqum” futbol klubi vakillari poytaxtimizdagi “Futbol-MED” sport-sog'lomlashtirish markazida tibbiy ko'rikdan o'tdilar.

   Ayni paytda konchilar “O'zbekiston” mehmonxonasida istiqomat qilishmoqda. Bosh murabbiy Yuriy Lukin qo'l ostida jamoa azolari kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlarda qatnashmoqda. Mashg'ulotlar “Obod” stadionida tashkil etilyapti.

   “Qizilqum” jamoasi yangi mavsumda o'z oldiga jiddiy maqsadlarni qo'ymoqda. SHu bois, klub rahbariyati O'zbekiston XXIV milliy chempionati oldidan bir qator yangi o'yinchilarni tarkibga jalb etishni mo'ljallashyapti.

   Ayni aytda mashg'ulotlarda o'ttiz nafarga yaqin futbolchi ishtirok etmoqda. Jumladan, ular orasida o'tgan mavsumni boshqa jamoalarda o'tkazgan Feruz Boboqulov (“Buxoro”), Xurshid Yo'ldoshev (“Oqtepa”), Bahriddin Vahobov (“Buxoro”), Bobir Mamirov (Rossiya) kabi yangi futbolchilarni uchratish mumkin. Oxirgi mavsumning ikkinchi yarmida navoiyliklar sharafini himoya qilgan gruziyalik legioner Georgi Kvesieshvili esa 14 yanvardan jamoa mashg'ulotlariga kelib qo'shiladi.

   Kuni kecha ukrainalik hujumchi Vyacheslav SHevchenko (“Birkirkara” Malta) jamoa azolari bilan birgalikda “Futbol-MED” sport-sog'lomlashtirish markazida tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi. U agar yig'inlar davomida murabbiylar ishonchini oqlasa, yangi mavsumni “Qizilqum” tarkibida boshlaydi.

  Tarkibni esa Navro'z Alimov (“Paxtakor” Toshkent), Ruslan Vagapov (“Metallurg” Bekobod), Maruf Tillaev (“Olmaliq”) hamda Samandar SHodmonov (“SHo'rtan” G'uzor)lar tark etishgan.

   Klub rahbariyati qaroriga ko'ra, Toshkent yig'ini doirasida bir necha nazorat uchrashuvlari o'tkaziladi. Jumladan, 9 yanvar kuni “Qizilqum” jamoasi birinchi liga vakili “Obod” futbolchilari bilan o'ynaydi. Oradan uch kun o'tib esa Yuriy Lukin shogirdlari Samarqand dinamochilari bilan kuch sinashishi ko'zda tutilgan. Har ikki o'yin ham “Obod” stadionida bo'lib o'tadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика