"Qizilqum" - "Bunyodkor" uchrashuvi onlayn translyatsiya qilinadi

Narzulla Saydullayev
22 mar 2015, 12:59
O'zbekiston XXIV milliy chempionati oliy ligasi ikkinchi turidan joy olgan "Qizilqum" - "Bunyodkor" jamoalari uchrashuviga qiziqish juda yuqori.
Mazkur o'yin 22 mart kuni soat 16.00 da Navoiy shahridagi "Umid" qo'rg'onida qad rostlagan "Yoshlar" sport majmuasida boshlanadi.

Uchrashuvni poytaxtlik FIFA referisi Vladislav Seytlin boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.

O'yinga bo'lgan qiziqishning kattaligini hisobga olgan "Qizilqum" PFK Matbuot xizmati uchrashuvni batafsil onlayn translyatsiya qilishni rejalashtirgan.

Muxlislar onlayn matn bilan www.fcqizilqum.uz veb-saytining Interaktiv bo'lim orqali tanishib borishlari mumkin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcqizilqum.uz