Qizilqum birinchi turda qaysi jamoa bilan kuch sinashadi?
15 dek 2015 11:05
Yangiliklar


Qizilqum birinchi turda qaysi jamoa bilan kuch sinashadi?
Bugun-erta oliy liga jamoalari yangi mavsum hozirligiga kirishadilar.
Ular o'rtasida O'zbekiston XXV milliy chempionati qay tarzda uyushtirilishi barcha uchun birdek qiziq. Sevimli jamoangiz dastlabki turni o'z maydonida o'tkazadimi yoki safarda? Birinchi turda qaysi jamoa bilan kuch sinashadi?
Bu kabi savollarga 22 dekabrda javob topamiz. O'zbekiston futbol federaciyasida shu kuni navbatdagi milliy chempionat oliy liga bahslariga qura tashlanadi. SHuningdek, o'tgan mavsum yakunlari, 2016 yili chempionat rejalari muhokama qilinadi.
Mazkur tadbirda oliy liga futbol klublari rahbarlari va bosh murabbiylari ishtirok etishi ko'zda tutilgan. Qura tashlash marosimi soat 11.00 da O'FF majlislar zalida boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar