"Qizilqum" bilan yangi marralarni zabt etmoqchi bo'lgan Hasan Ro'ziev 3 oydan so'ng klubni tark etdi. Aktamov esa klubda qoldi
12 iyu 2020 18:32
Yangiliklar


"Qizilqum" bilan yangi marralarni zabt etmoqchi bo'lgan Hasan Ro'ziev 3 oydan so'ng klubni tark etdi. Aktamov esa klubda qoldi
6 mart kuni Hasan Ro'ziev Navoiyning “Qizilqum” klubi prezidenti etib tayinlangan edi.
“Navoiylik muxlislar futbolni sevishadi va qadrlashadi. “Qizilqum” bilan yangi marralarni zabt etamiz. Klub o'ziga xos tarixga ega. Butun jamoa bir yoqadan bosh chiqarib, maqsadlarni birlashtirgan holda, bir tan-u bir jon bo'lib, jamoamizni, viloyat futbolini olg'a etaklashimiz lozim, zero hamjihatlikda bu natijaga erisha olamiz” – degan edi Hasan Ro'ziev 6 mart kuni.
SHu yilning 5 yanvar kuni Ro'ziev "Surxon" klubi direktori etib tayinlangan edi. Ushbu lavozimda ikki oy ishlab "Qizilqum"ga ko'chib o'tgandi.
Bir necha yillardan buyon "Qizilqum"da ishlab kelayotgan va klubni tark etishi haqida xabarlar chiqqan Hamidjon Aktamov esa klubda qoldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar