So’nggi yangiliklar

16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  0 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  3 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  7 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1 11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2 10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  3

"Qizilqum": Alimovning goli "Navbahor" ustidan g'alaba keltirdi Yangiliklar

"Qizilqum": Alimovning goli "Navbahor" ustidan g'alaba keltirdi

Avval xabar qilganimizdek, 10 fevral kuni Qizilqum jamoasi Toshkent yig'ini doirasida navbatdagi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

Navoiyliklarning bu galgi raqibi Namanganning Navbahor futbolchilari bo'ldi. Uchrashuvning birinchi bo'lim teng kurashlar ostida kechdi. Tanaffusdan so'ng, har ikkala jamoa tarkibida ham bir qator o'zgarishlar amalga oshirildi. Bu konchilar uchun samarali yakun topdi.

Uchrashuvning 85-daqiqasida Qizilqum yarim himoyachisi SHerali Jo'raev qulay vaziyatda turgan o'z jamoadoshi Navro'z Alimovga to'pni uzatdi. Navoiyliklar hujumchisi chamasi darvozadan o'n sakkiz metrlar uzoqlikdan kuchli zarba berib, raqib darvozabonini dog'da qoldirdi - 1:0. O'yin oxirigacha shu hisob saqlanib qoldi.

Navbahorga qarshi bahsda konchilar bosh murabbiyi Yuriy Lukin quyidagi futbolchilar xizmatidan foydalandi:

Erkin Jabborov, Mirjalol Qurbonov, Akmal Xoliqov, Asqar Muhiddinov, Akmal Rustamov, SHerali Jo'raev, Samandar SHodmonov, Eldor Boymatov, Ruslan Vagapov, G'ayrat Jumaev, Vladimir SHishelov.

Zaxiradan maydonga tushganlar:

Sarvarjon Xolmatov, Farruh Haydarov, Abduvali Mo'minov, Navro'z Alimov.

- O'yindan o'yinga jamoamiz o'z o'yinini topib borayotganidan xursandman, - deydi Qizilqum jamoasi bosh murabbiyi Yuriy Pavlovich. - Ammo ob-havoning noqulayligi rejalarimizga salbiy tasir o'tkazayotganligini takidlash zarur. Kecha Oqtepa futbolchilari bilan o'ynashimiz kerak edi. Ammo maydonni qalin qor qoplaganligi tufayli o'yin 11 fevralga ko'chirildi. Bu esa tarkibda kuchlarni kutilganidek taqsimlashimizga o'z tasirini o'tkazmoqda. Bugun ham barcha futbolchilarni ko'zdan kechira olmadik. CHunki jamoamiz ertaga ham maydonga tushishini hisobga olishimiz lozim.

Darhaqiqat, Navbahor bilan kechgan bahsni Artyom Makosin, Jamshid SHohnazarov, Azizbek Usmonov, Azizjon Abdullaev, Alisher Xoliqov, Ruslan Sanaev kabi o'yinchilar maydon chetida turib kuzatishdi va individual shug'ullandilar. O'tgan mavsumni Buxoro jamoasi tarkibida o'tkazgan Alisher Sanoev esa ayni chog'da jarohatini davolatmoqda. SHuningdek, asosiy tarkib mashg'ulotlariga yosh va umidli darvozabon Dilshod Hamroev (Bunyodkor) kelib qo'shildi.

Qizilqum jamoasi navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini 11 fevralda o'tkazadi. Unda konchilar birinchi liga vakili - Oqtepa futbolchilari bilan kuch sinashadi. O'yin soat 13.30 da Oqtepa stadionida boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика