So’nggi yangiliklar

02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  1 01:00Ла Лига. "Барселона" "Сельта" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  44 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  26 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  7 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  9 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  3 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  8 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  2

"Qishki tatil tafsilotlari bilan o'rtoqlashib yoxud tatildagi do'stlarimni yo'qlab" (2-qism) Yangiliklar

"Qishki tatil tafsilotlari bilan o'rtoqlashib yoxud tatildagi do'stlarimni yo'qlab" (2-qism)

Malumki, haftaning avvalida mazkur sarlavha ostida bir kichkinagina maqolani siz muxlislar etiboriga havola qilagan edik.
Bu mamlakatimiz futbol jurnalistikasi tarixida yangilik bo'lganligi uchun ko'pchilikning etiborini o'ziga jalb qildi desak mubolag'a qilmasak kerak. Endigi maqolamizda esa huddi o'sha maqolaning davomini mutolaa qilish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

Esingizda bo'lsa, o'sha maqolamiz avvalida qishning ko'rki “qor” deya , unga bir qator tariflarni berib o'tgandik. Ana shundan so'ng biz shaxsiy yumushlar bilan Qoraqalpog'iston Respublikasi tomonga borgandik. Avvalgi kunimiz binoyidek, qishga o'xshamagan ob-havo bilan o'tdi ammo ikkinchi kuni erta tongda uyg'onishimiz bilan ne ko'z bilan ko'raylikki, atrof choyshab yozilganidek hamma yoq oppoq qorga burkangan edi! Naqadar ajoyib manzara! Qariyb bir sutka mobaynida osmon uzra erni quchoqlagan qor parchalari aytarli bir qarichga etib ulgurdi.



Keling hissiyotlarga berilmaylikda, maqolani indallosiga o'taylik. Bu galgi suhbatimiz mamlakatimiz futbolining taniqli shaxslaridan biri bo'lmish Toxir Kapadze bilan boshlandi. Keling gapni Toxir akaning o'zidan eshitamiz:

"Suhbatimiz avvalida ortda qolgan mavsumda bizga yuklangan vazifani uddalashimiz uchun katta yordam bergan muxlislarga hamda  navbatida jamoamiz azolariga ham minnatdorchilik bildirib o'tsam.  Dastur borasidagi fikrlarimni bayon qiladigan bo'lsam, bu ishlab chiqqan dasturlaringiz shaxsan menga yoqdi. Juda ajoyib o'ylangan dastur desa ham bo'ladi. CHunki muxlislar bilan futbolchilarni bevosita bog'lashning yana bir usuli o'ylab topilganligi yaqqol ko'rinib turibdi. Suhbatga keladigan bo'lsak, mavsum ancha murakkab bahslarga boy tarzda o'tdi. Tabiiyki bunday holatda har qanda insonda ham toliqish paydo bo'ladi. Mavsum tugashi bilan ozgina dam olishni reja qilgandim. Bu reja amalga oshmaydigan ko'rinadi. CHunki biz ayni damda Poytaxtda “PRO” licenziyasi uchun o'qishda ishtirok etyapmiz. Buni jamoamiz rahbariyati istadilar. Buning uchun ulardan minnatdorman".



― Bilishimizcha, Toxir Kapadze “PRO”ga o'qitilishidan maqsad, kelgusi mavsumda “Qo'qon 1912” oliy liga yo'llanmasi uchun kurashadi va jamoa oliy ligaga chiqqach, jamoani aynan Toxir Kapadze boshqaradi. SHu gaplar asoslimi?
― Qaysidir manoda bu to'g'ri. Aslida bu yili ham harakat qildik. Ammo oliy ligadan birinchi ligaga tushib qolgan ikki nafar jamoa elitaga yana qaytish uchun boshqalarga nisbatan qattiqroq kirishgandi. Bizga esa bazida omad bazida tajriba etishmay qoldi. Ammo ishontirib ayta olamanki bizda hammasi muhayyo. Tajribali murabbiy deysizmi, ishtiyoqli va g'alabaga chanqoq futbolchilar deysizmi hamma-hammasi bor. Faqat bir-ikkita iqtidorli yosh futbolchilarni jamoaga jalb qilishimiz bilan kichik bir kamchilik ham yo'qqa chiqadi. Biz maqsadimizga erishishimiz ancha osonlashadi. Ammo aminmanki bu futbolchilar va bu murabbiylar bilan maqsadga erishsa bo'ladi. CHunki Farg'onada mahalliy iqtidor sohiblari etarlicha topiladi.

- Tatildagi sarguzashtlar...
- Mavsum tugashi bilan oilam bilan dam olishni reja qilardim. Lekin hayotda har doim ham avvaldan o'ylagan rejalarga amalga oshavermaydi. Mana ko'rib turganingizdek, Toshkentdaman. O'qishni ham o'z navbatida gashti va muhimligi bor. Muhimligi shundaki, xozirda olayotgan bu nazariy talimlarimizni kelajakda amaliy tarzda qo'llashga harakat qilamiz. Ammo oilam davrasida bo'lishim uchun, hali etarli darajada vaqt topa olaman degan umiddaman. O'g'lim Timur ham mavsumni yakunlagach uyga qaytgandi. Ammo xozir u Tailandda. Yaqinda u ham qaytadi. Men ham oilam davrasiga qaytaman va hammamiz jam bo'lish baxtini yana bir bora xis qilamiz.

Toxir akaning iliq fikrlarini-yu, ajoyib muomalisidan keyin yana bir murabbiy, murabbiy bo'lganida ham yosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatov bilan suhbatni yo'lga qo'ydik. Ashurmatovni topishimiz qiyin kechmadi. CHunki u ham “PRO” uchun o'qishdaglar qatorida bor ekan. Marhamat Baxtiyor aka, sarguzashtlaringizni muxlislar bilan baham ko'ring-chi:

―Avvalambor bizga bo'lgan etibolringiz uchun rahmat aytmoqchiman. Aslida har yili mavsum tugashi bilanoq oilamni olib Qo'qonga ota˗onamning oldiga borishga odatlanib qolgandim. Farzandlarimni etaklab ota-onamni oldilariga borganimda ular juda ham quvonib ketishardi. Bu quvonchni so'z bilan ifodalab bo'lmaydi. Men mana shu quvonchni ko'rish uchun bir qancha vaqt mobaynida tatilni kutishimni bilsangiz edi. Ammo bu safar  hammasi o'zgardi. Hali Qo'qonga ham bora olmadim. CHunki tatil boshlanishi bilan o'quv kurslari boshlanib ketdi. Kursda esa  tartib-intizomga qattiq etibor qaratilgan. SHuning uchun ham davomat ham o'ziga yarasha bo'lishi lozim. SHu bois ota-onam oldiga borishga hamonam imkoniyat topa olmayapman. Lekin oilam yani, ayolim va farzandlarim bilan birgamiz. CHunki ular ham Toshkentda turishadi. Har kuni o'g'limni futbolga olib borish qizimni esa maktabga olib borish hamda kechga ularni qayta uyga olib kelishni o'zim bajaryapman. Mana shunisi bilan xozircha tatil menga huzur baxsh etyapti. Har safargi tatil bilan bunisining farqi shundaki, har safar oilam bilan birga biron joyga borib dam olib kelardik. Bunisida esa bunga imkoniyatlar pand berdi.



― Gulistonliklar bilan gaplashib oldingizmi?
― Ochig'ini aytaman “Guliston”ni oliy ligadagi faoilyatini uzoqroq davom etishini istagandim. Ammo men istagandek bo'lmadi. Har qanday jamoa ham malum maqsadga erishishni istar ekan, undan shunga yarasha har tarafdan shuningdek, moddiy tomondan ham tayyor turishligi talab qilinadi. Yashirishga xojat yo'q. Jamoam mavsumni binoyidek boshlagandi. Ammo birdan moddiy taminotdagi kamchiliklar yuzaga kelishi, jamoa futbolchilaridan tortib murabbiylarini ham ishini chigallashtirib yubordi. Gulistonliklar bilan hali ochiq-oydin gaplashib olganimizcha yo'q. Ammo jamoada qolishim yoki aksincha bo'lishi xozircha so'roq ostida turibdi.

― “Guliston”dagi yosh shogirdlaringiz Alisher SHog'ulomov va Dilimuhammad Xudoyberdievlar haqida nima deysiz?
― Siz xozir ikkita ajoyib iqtidor sohiblarini ismini zikr qildingiz. Ularning har ikkalasiga ham kelajakda oliy liganing nafaqat oliy liganing, balki chet el jamoalarining ham tarkibida bemalol o'zlarini ko'rsata olishlariga shubha qilmayman. Bularni ichida Dilimuhammadga asosiy tarkibda ko'proq joy bera olmaganligimga afsuslanaman. SHunga qaramay Dilimuhammad yoshlar ligasida to'purar bo'ldi. Bu tarafdan u murabbiylarini hayratini oshirdi. Ammo uni kelajakda yoshlar ligasida ko'rishni kutmayman. CHunki endi u, asosiy tarkibning asosiy figuralaridan biriga aylana oladigan darajadagi futbolchi bo'lib ulgurdi. Hattoki terma jamoada ham ko'rishni istardi. Alisherga nisbatan ham mana shu fikrlarni ayta olaman.

Baxtiyor aka bilan suhbatni yakunlagan so'ng shu kunning o'zidayoq Ashurmatovning adashi “Neftchi”ning uzoq yillik azosi, Baxtiyor Yoqubov bilan bog'landik. Suhbatimiz chog'ida xozirgi kundagi “Neftchi”da sodir bo'layotagn tushunarsizliklar borasida gaplashmaslikka kelishib oldik. Boshqalarga nisbatan bu qahramonimiz ko'proq sarguzashtlarni boshidan o'tkazgan nazarimda. Qani uning o'zi buni qanday bayon qilar ekan:

"Malumki mavsumning so'ngiga kelganida maydondan tashqarida qoldim. Boisi oyog'imdan jiddiy jarohat olgandim. Jarohatim hali to'la bitib ulgurmasidan mavsum ham poyoniga etdi. Tatilni boshlanishidan yaqin kunlarga qadar davolanish bilan band bo'ldim".



―Bilishimizcha, jarohatingizni davolatish maqsadida Rossiyaga ham borib keldingiz?
―Ha, Moskva shahriga borgandim. Oyog'imni operaciya qildirmoqchi edim. Ammo rus doktorlari operaciyadan qaytarishdi. Bu jarohatni operaciyasiz ham bartaraf etishning yo'li bolr ekan baxtimga. Malum vaqt muolajada bo'ldim va ortga qaytdim. Keyinchalik, u doktorni ko'rsatmasiga binoan shaxsiy doktorimdan muolajani davom ettirib bordim. Ayni damda esa jarohatdan to'la forig' bo'lib ulgardim. Maydonga tushishni intiqlik bilan kutib turibman.

―Jamoa bilan tuzgan shartnomangiz shu oyning so'ngida poyoniga etadi. Kelgusi mavsumda ham sizni “Neftchi” libosida ko'ramizmi?
― (o'ylanib) Kelajak haqida oldindan biron narsa deya olmayman. Ammo jamoa bilan bir kelishuvga kelib to'xtamadik. Oldimizda bir nechta variantlar ham borligini xisobga olib aytadigan bo'lsak, bu boarada puxta o'ylash lozim. Agar jamoa rahbariyati shartnomam so'ngiga qadar mana shunday sukunatda davom etaversa, kelgusi mavsumda Farg'onaliklar safida bo'lmasligim aniq. Ammo variantlarni oshkora etmayman.
   
Endi navbatni birinchi liga jamoalari safiga sig'may borayotgan do'stlarimga bersak. Birinchi liga jamoalarining libosini kiyish ham kimlargadir armon. Ammo bazilar esa shu libosni kiygan zahoti kiyimiga sig'may boradi. Aniqroq aytganda, bu libosni kiyishdan ko'ra oliy liga jamoasining libosini kiyishni yoqtiradiganlar etarlicha topiladi. Aslida ularni ham fikrlari qaysidir manoda to'g'ri deb o'ylayman. CHunki necha mavsumki, birinchi liganing rivoji uchun xizmat qilishdi. Endi oliy liga havosidan ham bahramand bo'lishsin-da. Suhbatni Nodirxon Kamolov bilan davom ettirishni lozim topdik. CHunki so'nggi paytlarda “Meksika 2011”da davlatimiz bayrog'ini uzra xilpirashiga bevosita sababchilardant biri Nodirxonni qaerda to'p tepayotganligi bilan qiziqib yurgan muxlislar ham talaygina. CHunki Nodirxon so'nggi paytlarda ko'rinmay qolganligi va jamoalarni “paypoqdek” almashtirayotganligi hech kimga sir emas.
   
Nodirxondagi xolatlarni bizdan ko'ra, farg'onadagi muxbirimiz Ibrohimjon Solixonov bayon etsalar maqsadga muvvafiq bo'lardi.

Ayni damda Kamolov “Neftchi” jamoasi azosi sanaladi. Ammo mavsumni ijara asosida “Qo'qon1912” safida yakunladi. Xozirda Nodirxon oila azolari birga ekan. Kelgusi mavsumda ham Farg'onada qoladi degan gaplari ilgari surilmoqda.

Nodirxondagi bu xolatni ortga ketish davri emas balki o'tish davri deb tarif berilishini istardim. CHunki, Avvallari “Paxtakor” jamoasiga qarashli bo'lgan futbolchi, ko'p vaqtini zaxira o'rindig'ida yoki ijara asosida boshqa bir jamoalar safiga to'p tepdi. So'ngi paytlarida “Guliston”ga ijaraga berib yuborildi va u erda yarim mavsum to'p tepdi. Keyinchalik esa “Paxtakor”dan “Neftchi”ga ko'chib o'tgan Nodirxon xozirda ham Farg'onada. Tatilni ham oilasi davrasida o'tkazmoqda. Uning o'zi tatil borasida shunday firni aytib o'tdi:



"Tatilni uyda, oilam davrasida o'tkazishim tabiiy xol. CHunki bu yilgi mavsumni avvalgilaridan farqli o'laroq, Farg'onada o'tkazdim. Demakki, menda oilam bilan ko'proq vaqt birga bo'lish imkoniyati butun yil davomida etarli darajada bo'ldi deb o'ylayman. SHuning uchun ham ayni damda murabbiylarim bilan birga o'z ustimda ishlashni davom ettiryapman. Umuman olganda yarim mavsum “Qo'qon 19 12” jamoasidagi faoliyatim chakki chiqmadi. Murabbiylar menga ishonch bildirishdi. Ularni ishonchini hurmat qilgan xolda ularga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Birinchi liga jamoasida asta o'zimdagi formani tiklab oldim. Kelgusi mavsumda o'zimdagi imkoniyatlarni ishga solishimga endi hech narsa to'sqinlik qila olmaydi. Endi oldinga qo'rqmasdan katta qadam tashlay olaman degan umiddaman. Ustozlarim ham shu fikrni aytishmoqda. Lekin, shuni alohida takidlab o'tishim lozimki, futbolchi sifatida ortga chekinganim yo'q. Yangi muhitga tez moslashish uchun futbolchidan katta mashaqqat talab qilinadi. Men bu mashaqqatni engib o'tdim va yangi mavsumda yana o'zimni ko'rsata olaman degan umiddaman".


Ro'zali Qurbonov va Ibrohimjon Solixonov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика