So’nggi yangiliklar

00:50"Ливерпуль" Кьезани Чемпионлар Лигаси қайдномасига киритмагани маълум бўлди  1 00:32Элдор ва Аббос сафда, Кападзенинг кайфияти чоғ – миллий жамоа машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  5 00:10U-23 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон жойлашган гуруҳнинг иккинчи баҳсида Қирғизистон Кими Меркнинг дубли эвазига Фаластинни енгди  2 23:50Португалия президенти марҳум Диогу Жотани орден билан тақдирлади  1 23:18"Пахтакор" 5 нафар тарбияланувчиси учун 432 миллион сўм олади  0 22:44Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Англияга ютқазди  9 22:25Антони "Бавария" таклифини рад этганини айтди. У "Бетис"га берган сўзида турган  2 21:55"Атлетик" ФИФА Лапортни рўйхатдан ўтказишни рад этганини тасдиқлади  1 21:36Ла Лигада ой мураббий бўлиш учун номзодлар номи эълон қилинди. Флик улар орасида йўқ  8 20:55Ла Лигада август ойининг энг яхши ўйинчиси бўлиш учун номзодлар номи эълон қилинди  3 20:25Равшан Ҳайдаров: "Бутун ўйин давомида устунликка эга бўлдик, тўпни назорат қилдик"  13 19:59A Bola: Лёвдан сўнг Бенту ҳам Ўзбекистонга "йўқ" деди  107 19:50Фарруҳ Сайфиев Туркманистон билан баҳсда дарвозабонга атайин жароҳат етказдими?  11 19:33Аббос Файзуллаев: "Туркияга мослашиш қийин бўлмади"  3 17:37Фермин ва Гави қизлар туфайли жанжаллашиб қолганми?  1

Qishki tanaffusda “Nasaf” qanday o'zgardi: etakchilar qoldi, transferlar deyarli amalga oshirilmadi (mutolaa uchun) Yangiliklar

Qishki tanaffusda “Nasaf” qanday o'zgardi: etakchilar qoldi, transferlar deyarli amalga oshirilmadi (mutolaa uchun)

Championat.Asia sayti Superliga klublariga bag'ishlangan materiallar ruknini boshlaydi.

Aniqroq qilib aytganda, jamoalar mavsumlar oralig'ida qanday o'zgarishlarga uchragani, shuningdek, qishki tanaffusda sodir bo'lgan transferlar, jamoalarning yig'in doirasidagi natijalari va boshqa ko'p narsalar haqida gaplashamiz.

Biroq ushbu ruknni amaldagi mamlakat chempioni – “Paxtakor”dan emas, “Nasaf”dan boshlaymiz. Sababi oddiy: tez orada Qarshi jamoasi yangi mavsumini OCHL doirasidagi "Al SHabab"ga qarshi o'yin bilan boshlaydi.


Tarkib, transferlar va jarohatlar


“Nasaf” asosiy tarkibining negizini saqlab qola oldi. 2022 yilgi mavsum yakuniga ko'ra, klubni atigi bitta asosiy tarkib o'yinchisi — Dilshod Saitov tark etdi va u "Paxtakor" safiga borib qo'shildi. Uning o'rnini o'ng qanotda tajribali SHuhrat Muhammadiev egallaydi — himoyachi "Qizilqum"dan erkin agent sifatida ko'chib o'tdi.

Ivan Solovyov va SHarof Muhitdinovlar ham “Nasaf”ni tark etishdi, ammo ularni asosiy tarkibning ajralmas qismi deb bo'lmaydi. O'tgan mavsum Muhitdinov 15, Solovyov esa atigi 6 marta asosiy tarkibda maydonga tushgan. SHarof faoliyatini Eronning “Sanat Naft” klubida davom ettiradi, Solovyov esa Toshkentning “Lokomotiv” klubiga yo'l oldi.

Muhammadievdan tashqari Javohir Sidiqov ham “Nasaf”ga o'tdi. Qarshiliklar uni yil oxiriga qadar “Qo'qon-1912”dan ijaraga olishgan. Qolaversa, o'tgan mavsumda "Dinamo"da o'ynagan SHohmalik Komilov va Jo'rabek Mannonov ham "ajdarlar" safiga qaytdi. Tojikiston terma jamoasi hujumchisi Muhammadjon Rahimov “Nasaf” hujumini kuchaytirish uchun jalb etildi.

Eronda o'ynab qaytgan Aziz Amonov so'nggi pallada jamoa bilan shartnoma tuzdi va PFLdan ro'yxatdan o'tkazildi. 2022 yilgi mavsum Superliganing eng yaxshi assistenti Aleksandr Stanisavlevich ham “Nasaf” libosida paydo bo'lishi mumkin edi, biroq tomonlar kelisha olishmadi. Natijada “Qizilqum”ning sobiq futbolchisi “Buxoro”ga ko'chib o'tdi.

Jamoa etakchisi Marko Stanoevich Noyabr oyi oxirlarida "Dinamo" bilan o'yinda olgan jarohatini davolatish maqsadida jarrohlik stoliga yotishga majbur bo'ldi. Tiklanish reja bo'yicha davom etmoqda, ammo Stanoevich "Al SHabab" bilan bahsda maydonga tushmasligi aniq.  SHuningdek, Mateus Limaning jarohatini ham qayd etish joiz. Braziliyalik futbolchi tizzasidan shikastlangan va "Al SHabab" bilan o'yingacha tiklanishga ulgurmasa kerak. Mateus Lima Championat.Asia saytiga bergan intervyusida mart oyida umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytishini takidladi.

SHu bilan birga, jamoaning bir qator o'yinchilari o'z raqamlarini o'zgartirishdi: Akmal Mozgovoy 7-raqamni oldi, uning 22-raqami SHohmalik Komilovga nasib etdi, Javohir Sidiqov esa Ivan Solovyovga tegishli bo'lgan 9-raqamni band qildi.


Rahbariyat va murabbiylar shtabidagi o'zgarishlar

“Nasaf” rahbariyati va murabbiylar shtabida o'zgarishlar yo'q. O'tgan mavsumda klubda ishlaganlarning barchasi o'z lavozimlarida faoliyat olib borishda davom etadi.



Qishki yig'indagi natijalar


 “Nasaf” qishki yig'inni Antaliyada yig'in o'tkazdi. Umuman olganda, Superliganing deyarli barcha klublari yangi mavsumga ushbu hududda hozirlik ko'rishdi. Yig'in davomida qarshiliklar sakkizta o'yin o'tkazdi:


• "Dechich" (CHernogoriya) - 4:1 hisobidagi g'alaba;

• "Polese" (Ukraina) - 1:1 hisobidagi durang;

• "Termalika" (Polsha) - 0:0 hisobidagi durang;

• "Lvov" (Ukraina) - 0:0 hisobidagi durang;

• "Dila" (Gruziya) – 2:0 hisobidagi g'alaba;

• "Kedax" (Malayziya) – 2:1 hisobidagi g'alaba;

• "Minay" (Ukraina) - 0:0 hisobidagi durang;

• “Ordabasi” (Qozog'iston) – 1:0 hisobidagi g'alaba.


Qayd etish joiz, “Nasaf” mavsumlar oralig'idagi yig'inda biror marta mag'lubiyatga uchramadi! Sakkizta o'yinda to'rt bor g'alaba qozonildi va yana shuncha durang qayd etildi. SHu bilan birga, sakkizta uchrashuvda "ajdarlar" o'z darvozasidan bor-yo'g'i uchta gol o'tkazib yubordi, bu esa himoya zonasining mustahkamligidan dalolat beradi. To'plar nisbati — 10:3. “Nasaf”ning yig'indagi o'nta golidan to'rttasini Husayn Norchaev o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.


Foydali malumot


“Ordabasi” bilan o'yindan so'ng Husayn Norchaev jamoa “Al SHabab”ni yaxshi o'rgangani va bo'lajak o'yinga tayyorligini aytdi.

“Nasaf” bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev Championat.Asia saytiga bergan intervyusida jamoa futbolchilariga Evropa klublaridan qiziqish borligi haqida gapirdi. Uning takidlashicha, Greciyaning AEK klubi Husniddin Aliqulovga jiddiy qiziqish bildirgan, biroq Greciya klubida bu transfer oynasi vaqtida evropalik bo'lmagan futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish imkoniyati yo'q edi. SHu bois transfer amalga oshmaydi. Avvalroq Evropa klubi Husayn Norchaevga jiddiy qiziqib qolgani haqida mish-mishlar tarqalgandi.




Nikolay Egorichev

Oqil Abdubarnoev tarjimasi 

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика