Qish yaqin: Yanvarda erkin agentga aylanadigan 10 nafar yulduz

Aziz Tukhtamuradov
30 noya 2015, 20:00
Qishgi transferlar oynasi vaqtida klubi bilan shartnomasi yakunlanadigan 10 nafar mashhur futbolchilar ro'yxati bilan tanishing.


10. Sofian Feguli - "Valensiya"
Jazoirlik 25 yoshli futbolchi ayni paytda o'zining ajoyib o'yinlarini namoyish etmoqda. Ma'lum bo'lishicha, futbolchiga "Manchester Yunayted" tomonidan jiddiy qiziqish bildirilmoqda.




9.Xatem Ben Arfa - "Nicca"
"Nicca" safida yorqin o'yin namoyish etayotgan Fransiya terma jamoasi futbolchisiga yana ingliz klublari tomonidan qiziqish bildirilmoqda.




8.Esekel Lavessi - "Pari Sen-Jermen"
Braziliyadagi JCHdan so'ng o'yinlari biroz pasaygan Lavessidan haliyam nimadir kutsa bo'ladi.




7. Joel Matip - "Shalke-04"
24 yoshli futbolchi Germaniya chempionatida faoliyatini boshlagan va hozirgacha muntazam maydonga tushib kelmoqda. 192 sm bo'yga ega himoyachi istalgan jamoa himoyasini kuchaytira oladi.




6. Nikolya N'Kulu - "Marsel"
Kamerun terma jamoasi ham Fransiya chempionatining kuchli markaziy himoyachilaridan biri hisoblanadi.




5.Ever Banega - "Sevilya"
"Sevilya" agar argentinalik futbolchi bilan shartnomasini uzaytirib olmasa uni tekinga boshqa jamoaga qo'yib yuborishga majbur bo'ladi.




4. Gregori Van der Vil - "Pari Sen-Jermen"
PSJ zaxira o'rindig'ida qolib ketayotgan gollandiyalik 27 yoshli futbolchi ham raqib hujumchilari uchun etarli boshog'riq bo'ladi.




3. Samir Xandanovich - "Inter"
Xandanovich dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri hisoblanadi. Ora-orada darvozabonning klubi bilan shartnomasini uzaytirishi mumkinligi haqida xabarlarga ko'zimiz tushib qoladi. Lekin, ko'rib turganingizdek posbon ro'yhatimizning uchinchi pog'onasidan o'rin olgan.




2. Xabi Alonso - "Bavariya"
Alonso "Bavariya"ning yetakchi futbolchilaridan biri hisoblanadi. Lekin, nimagadir myunxenliklar Xabi bilan shartnomani uzaytirishga shoshilmayaptilar. Balki, bunga uning yoshi sababdir?




1. Zlatan Ibragimovich - "Pari Sen-Jermen"
34 yoshli Zlatan sayyoramizning eng kuchli hujumchilaridan biri hisoblanadi. Parijliklar bilan shartnomasi yakuniga yetishi kutilayotgan shvetsiyalik futbolchi balki APLga yo'l olar...

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia