So’nggi yangiliklar

03:15Равшан Эрматов билан дуч келган мундиалда майдонга тушиш учун пул тўлаган, "Атлетико Мадрид" либосини кийган ҳамда Арманистонда рекордлар қайд этган "Насаф"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз   0 00:40"Барселона" бош мураббийи Флик: "Рэшфордни кўп йиллардан бери кузатиб келаяпман"  2 00:16Куртуа фаолиятини якунлагандан сўнг пойгаларда қатнашиш истагини билдирди  1 00:07Ўзбекистонда трансфер ойнаси расман ёпилди  4 23:46"Ал Насср" ўртоқлик ўйинида "Тулуза"ни мағлубиятга учратди. Феликсдан дебют, Роналдудан гол  3 23:27"Ман Юнайтед" "Ман Сити"га керак бўлмай қолган дарвозабонга қизиқмоқда  3 22:59Гёкереш: "АПЛ – дунёдаги энг яхши лига. Бу ерда ўйнашни доим орзу қилганман"  0 22:35Месси МЛСда ой ўйинчиси деб топилди  31 22:07Расман: "Қўқон-1912" Клейди Даци ва Аброр Каримовни ўз сафига қўшиб олди  1 21:23"Ливерпуль" яна бир супер трансферни ҳал қилишга яқин  4 20:51Расман: "Қўқон-1912" яна икки нафар футболчини ўз сафига қўшиб олди  0 20:38Расман: Маҳмуд Маҳамаджонов мавсумнинг иккинчи қисмини "Динамо"да ўтказади  1 20:25Расман: Аббосбек Файзуллаев - "Истанбул Башакшехир" футболчиси!  15 20:06Ўртоқлик ўйни. "Ливерпуль" японларни мағлуб этди  5 19:55Футзал. ОКМК икки нафар бразилиялик футзалчилар билан шартнома имзолади  2

Qirg'izistonning muhim bo'lagiga aylangan bankir-futbolchi Viktor Mayer Yangiliklar

Qirg'izistonning muhim bo'lagiga aylangan bankir-futbolchi Viktor Mayer

Miron Goyxman "Championat.asia" uchun maxsus Qirg'izistonni ikkinchi marta Osiyo Kubogiga olib chiqqan bankir haqida gapirib berdi.

32 yoshli Viktor Mayer Osiyo Kubogi saralash turniri qahramoni bo'ldi va o'z tarixida ikkinchi bor Osiyo chempionati final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritgan Qirg'iziston terma jamoasining muvaffaqiyat kalitiga aylandi.

Qizig'i, bundan 4 yil avval ham Viktor terma jamoaning etakchi futbolchilaridan biri edi. Ammo keyin chempionatning o'ziga bormagandi. Og'ir jarohat tufayli u deyarli bir yilni o'tkazib yubordi, o'z oldiga chempionlik uchun safga qaytishni maqsad qilib qo'ydi va deyarli bunga erishdi. Viktor musobaqa oldidan so'nggi yig'inga keldi va Birlashgan Arab Amirliklariga safar qilishga tayyorgarlik ko'rayotgandi, ammo.... yangi jarohat orzuga nuqta qo'yishiga bir baxya qoldi.

Agar Viktor o'sha paytda o'z oldiga terma jamoa bilan keyingi Osiyo chempionatiga chiqish vazifasini qo'ymaganida, o'ziga o'xshamasdi. Bu to'rt yil uning uchun oson bo'lmadi... bir qancha jarohatlar, klub o'zgarishi, kovid pandemiyasi tufayli bekorchi bo'lib qolish... Biroq Mayer vaqtni behuda o'tkazmadi. U bu vaqt ichida Germaniyaning 5-ligasida "Ayntraxt" Rayne o'ynovchi murabbiyi bo'ldi. Menejment kursida tahsil olib, parallel ravishda ishlay boshladi. SHuningdek, u dunyoga mashhur Kyoln murabbiylar maktabi kurslarini tamomladi va B1 licenziyasini oldi.

SHunday qilib, u futbol o'ynashni davom ettirdi, markaziy hujumchi sifatida qayta tayyorgarlik ko'rdi. Masalan, joriy mavsumda o'z klubi safida 9 ta gol urdi.

Orzu yo'lida oldidan yangi to'siq chiqdi. Qirg'iziston terma jamoasiga yordam berish uchun Viktor ishda to'planib qolgan barcha tatil kunlaridan foydalanishi kerak edi. Ular Bishkekka 2 ta o'yinga kelishga etardi, xolos. 

"Afsuski, u tojikistonliklar bilan o'yinda qola olmaydi, lekin u bizga hech qanday savollarsiz 2 o'yinda kerak", – dedi Qirg'iziston terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin. 

Viktor tatilni rasmiylashtirish uchun jo'nab ketdi. Kutilganidek, bejiz emas...

Turnir boshlanishiga bir necha kun qolganida milliy terma jamoa ixtiyoriga etib kelib, Singapur bilan birinchi o'yinda o'yin tugashiga 20 daqiqa qolganida (tabloda 0:1 hisobi ko'rinib turgan paytda) zaxiradan maydonga tushib, dastlab penalti ishladi, keyin o'zi gol urdi. Myanma bilan o'yinda esa uning ikkita goli Krestinin shogirdlariga navbatdagi g'alaba va keyinroq malum bo'lishicha, Osiyo chempionati yo'llanmasini taqdim etdi.

Viktor kecha bo'lib o'tgan Tojikistonga qarshi uchrashuvni Germaniyada tomosha qildi. 

"Men yigitlarga ruhiy jihatdan ular bilan birga bo'lishimni aytdim", – dedi kelasi yozda musobaqada ishtirok etish uchun tatil kunlarini tejashni boshlagan Mayer. 

Havaskorlar ligasidagi bankir Qirg'iziston uchun gol urib, terma jamoani Osiyo Kubogiga olib boradi. Kim u?

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика