Falastinning g'alabasi O'zbekiston, Qirg'iziston, Tojikiston terma jamoalarini Osiyo kubogiga olib chiqdi

Narzulla Saydullayev
14 iyun 2022, 11:17
Biroz avval Osiyo kubogi-2023 saralashi doirasidagi Falastin - Filippin uchrashuvi yakunlandi.

Ushbu bahsda Falastin 4:0 hisobida g'alaba qozonib Osiyo kubogiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Filippin 4 ochko bilan guruhda ikkinchi o'rinda bormoqda. Ushbu guruhda ikkinchi oladigan jamoaning maksimal ochkosi 4tani tashkil etadi. 



Ayni paytda 6ta guruhda saralash o'yinlari bo'lib o'tmoqda. Har bir guruhda birinchi o'rin sohiblari va 5ta guruhda ikkinchi o'rinni olgan jamoalar Osiyo kubogiga yo'llanmani qo'lga kiritishadi. Falastin o'rin olgan guruhda ikkinchi o'rin sohibi 4 ochko olishi aniq, shu bois qolgan guruhlarda 6tadan ochkosi bor bo'lgan jamoalar qita chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi. 

Ikkita o'yinda ikkita g'alabaga erishgan O'zbekiston va Tailand terma jamoalari ham Osiyo kubogi yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Bugungi Tailandga qarshi bahs shunchaki rasmiyatchilik uchun o'tkaziladi. 

Shuningdek, boshqa guruhdagi qo'shnilarimiz Qirg'iziston va Tojikiston ham Osiyo kubogiga chiqishdi! E'tiborlisi Tojikiston o'z tarixida ilk bor qita chempionatida o'ynaydi!


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia