So’nggi yangiliklar

01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  2 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  0 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  1 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  3 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  12 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  1 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  2 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  20 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  29 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  9 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  21 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  2 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2

Qirg'izistonlik jurnalist Tengelbes Musaev: "Yangi bosh murabbiyimizda tayyorgarlik uchun deyarli vaqt yo'q" Yangiliklar

Qirg'izistonlik jurnalist Tengelbes Musaev: "Yangi bosh murabbiyimizda tayyorgarlik uchun deyarli vaqt yo'q"

JCH-2026 uchinchi saralash bosqichi qura natijalaridan so'ng qirg'izistonlik sport jurnalisti Tengelbes Musaev Qirg'iziston terma jamoasi haqida fikr bildirdi.

Qirg'izistonlik sport jurnalisti, @tengelbes telegram kanali va "TM Podcast" podkasti muallifi Tengelbes Musaevga mikrofon tutdik.

- Qirg'iziston terma jamoasi guruhdagi raqiblarini bilib oldi. Guruhdagi raqiblar haqida fikr bildirib o'tsangiz?

- Qura natijalaridan qatiy nazar, har bir guruh Qirg'iziston terma jamoasi uchun qiyin guruh hisoblangan bo'lardi. Biz bu bosqichda birinchi marotaba ishtirok etyapmiz. Oddiy muxlis sifatida boshqa jamoalarni raqib sifatida ko'rishni istagan edim. Masalan Janubiy Koreya terma jamoasi. Koreyaliklar hech qachon Qirg'izistonga tashrif buyurishmagan.

- Qirg'iziston terma jamoasidan qanday natija kutmoqdasiz?

- Agar biz saralashning keyingi bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritsak, tarixiy natija qayd etgan bo'lamiz. Buning uchun guruhda 3 yoki 4-o'rinlarni egallashimiz kerak. Bu oson vazifa emas. Har bir uchrashuvda qo'lga kiritilgan ochko biz uchun yaxshi natija bo'ladi.

- Qaysi terma jamoalar Jahon chempionatiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritadi deb o'ylaysiz?

- Eron aniq, ikkinchi o'rin uchun esa O'zbekiston va Qatar kurashsa kerak. O'zbekiston terma jamoasining tarkibi juda yaxshi shakillangan, lekin o'yin natijasi futbolchilar qanday holatda ekanligiga bog'liq bo'ladi. Bunday pallalarda jarohatlar pand berishi mumkin. O'zbekiston Qatarni mag'lub etishni istamoqda. Bundan barcha xabardor. Mening fikrimcha, terma jamoangiz bunday vazifani uddalay oladi.

- Qirg'iziston terma jamoasida bosh murabbiy o'zgardi. Yangi bosh murabbiy Maksim Lisicin terma jamoaga o'z uslubini yo'lga qo'yib olishiga vaqt etadimi?

- Vaqt deyarli yo'q. SHu sababli, bu osongina bajariladigan vazifa emas. Sentyabr oyiga qadar FIFA kunlari yo'q. Yig'in o'tkazishning ham deyarli iloji yo'q, ammo mahalliy chempionatda faoliyat yurituvchi va xorij klublaridan javob so'ray oladigan futbolchilar bilan yig'in tashkil qilish mumkin. Barcha legionerlarni yig'ish juda qiyin masala. SHuningdek, legionerlar terma jamoamizdagi asosiy figuralar hisoblanishadi. Yangi murabbiylar shtabi ushbu vaziyatni o'rganib chiqishi va yakunda to'g'ri qaror chiqarishiga ishonaman.



Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика