Qirg'izistondagi legionerlarimiz uchun omadli hafta
13 apr 2018 16:52
Yangiliklar
Qirg'izistondagi legionerlarimiz uchun omadli hafta
Kuni kecha qo'shni Qirg'izistonda chempionatning 2-tur o'yinlari start oldi.
Qirg'izistonning “Olg'a”klubida to'p surayotgan hamyurtlarimiz uchun 2-tur o'yinlari omadli keldi. Ilhom Komilov va Sanjar To'raqulov o'ynayotgan klub mavsumning ikkinchi uchrashuvida “Qora-Bolta”ni qabul qilib, yirik 5:1 hisobida g'alaba qozondi. Har ikkala hamyurtimiz ham bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va 90 daqiqa harakat qildi. “Olg'a”ning ikkinchi goliga Sanjar To'raqulov mualliflik qildi. Yarim himoyachi penaltidan unumli foydalanib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Yakunda maydon egalari raqib darvozasini yana uch bor ishg'ol qilishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar