So’nggi yangiliklar

15:25Расман: "Олимпик" собиқ футболчиси "Сурхон"га ўтди  0 15:10Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  19 15:04Расман: "Арсенал" собиқ ярим ҳимоячиси АПЛга қайтди  0 14:38"Рома" ҳужумчиси фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 14:10Расман: Луис Диас – "Бавария" футболчиси  6 13:54"Насаф"га ганалик хавбек келмоқда  12 12:39"Футболчи учун жароҳатдан-да хавфли муаммо бор"  1 12:35"Камп Ноу"да чим ётқизиш ишлари бошланди  1 12:15Эрон матбуоти: Машарипов жароҳат олди  6 12:04"Нефтчи" U-20 Жаҳон чемпионатида иккита гол урган футболчи билан шартнома тузди  2 11:42Отабек Нарзуллаев — "Машъал" янги бош мураббийи  1 11:36Ўзбекистон U-21 октябрь ойида Қозоғистон U-21 билан ўйнайди  2 11:12Расман: Шаҳзод Азмиддинов - “Андижон” футболчиси  5 11:02Расман: ️Ҳамидулло Абдунабиев — ️ОКМК футболчиси  1 10:23Сон Хён Мин фаолиятини АҚШда давом эттиришга яқин  2

Qirg'iziston terma jamoasi bosh murabbiyi Krestinin O'zbekiston bilan o'yin bo'lishini tasdiqladi Yangiliklar

Qirg'iziston terma jamoasi bosh murabbiyi Krestinin O'zbekiston bilan o'yin bo'lishini tasdiqladi

Qirg'iziston terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin 9 noyabr kuni O'zbekiston bilan o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tishini tasdiqladi.

Biroz avval saytimizda O'zbekiston terma jamoasi Qirg'iziston bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi haqida xabar bergandik. Ayni damda biz bilan bog'langan Qirg'iziston terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin ushbu o'yin o'tishi borasida kelishuvga erishilgani haqida xabar qildi.

Eshitdik-da: O'zbekiston terma jamoasi Qirg'iziston bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi 

O'yin 9 noyabr kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Qirg'iziston terma jamoasi esa Toshkentga 7 noyabr kuni uchib keladi.

Eslatib o'tamiz, noyabrda FIFA kunlari doirasida O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda ikkita rasmiy o'yin o'tkazadi. Saralash bosqichi doirasida dastlab 14 noyabr kuni Saudiya Arabistoni mehmon bo'lsa, keyinchalik 19 noyabr kuni Falastinga qarshi o'yin orqali ikkinchi davraga start beriladi.

Ayni paytda terma jamoamiz JCH-2022 hamda OK-2023 qo'shma saralash bosqichining "D" guruhida 4-turdan keyin 6 ochko jamg'argan holda peshqadamlik qilmoqda.

Reyting: +52   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика