So’nggi yangiliklar

07:45Суперлига. Чемпионлар Фарғонага сафар қилади. «Қизилқум» эса яна бир водий жамоасини меҳмон қилади  1 01:55Роберт Левандовски: "2020 йил "Олтин тўп" топширилмаганини ҳеч тушунмайман"  3 01:24"FourFourTwo" ЕЧЛ финалларида урилган энг чиройли голлар рейтингини тузди  7 01:08Расман: Пеп Гвардиола "Манчестер Сити" билан шартномасини узайтирди  0 00:41Эрлинг Холанд: "Гвардиола энг яхши мураббий, балки тарихдаги энг зўридир"  0 00:14"Челси"нинг "биллур" футболчиси яна сафдан чиқди  0 23:43Нодир Абдураззоқов: "Энди мавсумни чиройли якунлашимиз ва оғзимиздаги ошни олдириб қўймаслигимиз керак"  5 23:19Хави "Интер Майами" бош мураббийи бўладими? Инсайдерлар маълумот беришди  0 22:49АПЛ клублари сўнгги 10 йилликда трансферлар учун қанча ишлатишди?  0 22:22"Ювентус"га "Челси" футболчиси керак  0 21:57Нико Уильямс болалигидаги кумирлари ким бўлганини айтди  12 21:34Максим Шацких: "Черан, Собирхўжаев борасидаги саволлар менга берилмасин. Бу мавзу ёпилган"  24 20:57Миржалол Қосимов: "Натижадан ҳам ўйиндан ҳам қониқдим"  3 20:36Суперлига. ОКМК "Жар"да "Пахтакор"ни мағлуб қилди  6 20:25"Пахтакор" кумуш медаллар учун курашдан чиқди  13

Qirg'iziston terma jamoasi azosi Edgar Bernxardt: "Ko'chalarda faqat uysizlar, kuchuklar, policiya va armiya yuribdi" (intervyu) Yangiliklar

Qirg'iziston terma jamoasi azosi Edgar Bernxardt: "Ko'chalarda faqat uysizlar, kuchuklar, policiya va armiya yuribdi" (intervyu)

Qirg'iziston milliy terma jamoasi o'yinchisi Edgar Bernxardt epidemiya paytida Bangladeshda bo'lib turibdi, u Dakkaning "Abaxani" jamoasi sharafini himoya qiladi.

Edgar Polsha matbuotiga bergan intervyusida, aholisi eng zich joylashgan davlatlaridan biri bo'lgan Bangladesh haqida gapirdi.

Qirg'izistonda tug'ilib, Germaniyada voyaga etgan 34 yoshli futbolchi Polshaning turli klublarida, shuningdek, Niderlandiya, Finlyandiya, Tailand, Ummon va Malayziya klublarida to'p tepgan. U Bangladesh klubiga noyabrda kelgandi.

- COVID-19 epidemiyasi paytida Bangladeshdagi kundalik hayot qanday kechmoqda?
- Bu erda virus bilan birinchi holat mart oyida qayd etilgandi, o'shanda odamlar taqiqlarga uchray boshlashdi. Dastlabki ikki-uch haftada kasalxonalardan tashqari, faqat oziq-ovqat do'konlari va dorixonalar ishladi. Bu erdagi sog'liqni saqlash tizimi samarasiz, shuning uchun odamlarga hech bo'lmaganda dori-darmonlardan foydalanish imkoniyatini berish uchun dorixonalar kecha-yu kunduz ishlaydi. Avvaliga ko'chalarda hech kim yo'q edi. Ha, uysizlardan boshqa hech kim. Bu erda shunday odamlar ko'p, ular hech narsaga ega emaslar va ko'chada topadigani yoki kimdandir olgani bilan yashaydilar. Hozir ular uchun eng qiyin payt, chunki hozir ularga hech kim yordam bermayapti. Ko'chada yurganingizda, odamlar sizdan yordam so'rashadi. Qo'shimchasiga xuddi bo'rilardek och itlar siz tomon yugurib kelishadi. Agar kimdir bu haqda menga aytib berganida, bunga ishonmagan bo'lardim. Ko'chalarda birinchi ikki yoki uch hafta ichida faqat uysizlar, itlar, policiya va armiya bor edi. Odamlar harakat qilmasligi uchun policiya ko'chalarni va boshqa joylarni yopib qo'ydi.



- Endilikda Evropada hayot asta-sekin normal holatga qaytmoqda. Bangladeshdagi holat qanday?

- Ikki yoki uch haftalik izolyaciyadan so'ng, odamlar normal hayotga qaytishmoqda. Bu er Evropadagi kabi emas - davlat hech kimga yordam bermaydi, hamma o'ziga o'zi g'amxo'rlik qilishi kerak. Ishlab chiqarish zavodlari ishga tushsa, odamlar odatiy hayotga qaytgan bo'lishardi. Ular kasal bo'lishsa ham yashashlari mumkinligini, lekin oziq-ovqatsiz aniq o'lishlarini aytishdi. Bu dahshat.

Evropada ommaviy axborot vositalari muntazam axborot berishadi. Bu erda mahalliy OAV yuqumli kasallik haqida gapirmaydi. Menimcha, ular yolg'on gapirishmoqda. COVID-19’dan rasman deyarli 300 kishi vafot etgani aytildi. Rasmiy ravishda 160 million kishi istiqomat qiladigan butun bir mamlakatda. Siz bunga ishonasizmi? Men dunyo poytaxtlari orasida aholisi ko'pligi bo'yicha 6-o'rinda turadigan poytaxt Dakkada yashayman. SHahar gavjum. Rasmiy manba bo'yicha Dakkada 20 million kishi istiqomat qiladi. Norasmiysi, hatto 25-30 million bo'lsa kerak.

Rasmiy statistikada ko'chada yashaydigan aholi qayd qilinmagan, ammo ular ko'p. Ko'chada ko'plab uysiz bolalar, etimlar yashaydi, bu aqlga sig'maydi. Ular ham yolg'iz qolishdi. Epidemiya paytida ular hech kimni qiziqtirmaydilar.

Men dunyoning turli burchaklarida yashadim va hamma narsani ko'rdim, lekin bu erdagi holat meni tasirlantirdi. Boshpanasizlarning boradigan joyi yo'q va hukumatda ham ularni qaergadir joylashtirishga joyi yo'q. Ular bir erga to'planib yashashi mumkinligi, lekin davlat ularni qaerga joylashtirishni bilmaganligi haqida mish-mishlar tarqalgan va ular Dakka ko'chalarida qolishdi. Ularning anchasi allaqachon ochlik va koronavirus tufayli vafot etgan bo'lsa kerak, ular statistikaga kiritilmaydi. Bangladeshda epidemiya paytida 300 kishi o'lgani aytilyapti, bu g'irt yolg'on! Ular hech qanday test olishmayapti.

- Umid qilamanki, siz kasallanmagansiz?
- Menda hech qanday alomatlar yo'q. Tahlillar nazariy jihatdan - faqat simptomlari bor odamlar uchun: yo'tal, isitma. Men uydan chiqish yo'lini minimal darajada chekladim. SHunchaki xarid qilish uchungina do'konlarga chiqaman, klub ham mashg'ulot o'tkazmayapti, hayriyatki uyimda trenajyor zalim bor.

- Siz Germaniya fuqarosisiz, shuning uchun pandemiyadan keyin Evropaga qaytishingiz mumkin edi. Nega bundan foydalanmadingiz?
- Birinchidan, klub ruxsat bermagandi. Evropadagi ligalar to'xtatilganda biz hali o'ynayotgandik. Avvaliga odamlar bir yoki ikki hafta ichida hamma narsa yaxshi bo'ladi deb o'ylashdi. Ikkinchidan, Bangladeshda rafiqam bilanman va u Evropa Ittifoqi fuqaroligiga ega emas. U faqat qirg'iz pasportiga egaligi bois men bilan Germaniyaga ucha olmasdi. Biz Bangladeshda qolib ketdik va Qirg'izistonga uchish uchun chegaralar ochilishini kutmoqdamiz. Ayna paytda Bangladeshdan SHri-Lankaga ucha olaman, ammo aeroportda qolib ketishim mumkin, bundan tashqari, ayolim homilador.

Bangladeshda odamlar masuliyatli, deb xabar berishyapti, ammo men aprel oyida diniy lider Maulana Zubayr Ahmad Ansoriyning dafn marosimi bo'lib o'tganligini ko'rdim, unda yuz mingdan oshiq odamlar qatnashdi. Men buni televizordan ko'rdim - odamlar shahar ko'chalarida yurishdi - xuddi metroning tig'iz paytidagidek holat kuzatildi. Bazilarida qo'lqop va niqoblar bor edi, lekin bunday vaziyatda ular haqiqatdan ham yordam beradimi?... Men o'zim dinga ishonaman, lekin bu agar davlat roziligi bilan bo'lgan bo'lsa, bemanilik edi. Odamlar epidemiya paytida faqat shifokor va dorilar yordam berishi mumkinligini tushunishmayapti.



- Karantin yoki komendantlik soatlarini buzganlik uchun jarima yoki jazo bormi?

- Yo'q. Odamlar kechki soat 6 dan keyin uyda bo'lishlari kerak edi, ular qo'rqqanlari uchun uyda bo'lishdi. CHunki ko'chalarda policiya “dubinka”lar bilan yuribdi. Bazilari chiqadi, lekin faqat bir marta, chunki ikkinchi marta chiqsa, albatta kaltak eydi. Agar bu erda, epidemiyaning boshida, Italiya yoki Ispaniyada bo'lgani kabi odamlar, xuddi hech narsa bo'lmagandek yashaganida ikki oy ichida davlat yo'q bo'lib ketardi, chunki bu erda davolash uchun Evropadagidek sharoit yo'q. Endilikda mamlakat hayoti tiklanmoqda, insonlar bunga ko'nikishdi va yashashni davom ettirishyapti.

- Qirg'izistondagi vaziyatdan xabardormisiz?
- Men poytaxt Bishkekda qanday vaziyat hukmronligini bilaman, sababi u erda do'stlarim bor. SHahar tumanlarga bo'linadi va ularning har biri yopilgan. Hech kim o'z hududlarini tark etmayapti va policiya tartibni saqlab turmoqda. Agar kimdir qoidani buzsa, avval jarimaga tortiladi, yana takrorlansa, ikki-uch kunga hibsga olinadi. U erda ham real vaziyat haqiqatga yaqin emas, statistikada kam kishi aytiladi. Qirg'izistonda odamlar yordam tashkil qilishganini bilaman, masalan, qariyalar uchun. Bangladeshda bunga duch kelmadim. Go'yo majburiy karantin uzoq davom etadiganday, uyda qolish nimaga olib kelishini o'ylash dahshatli.

- Keling, futbolga o'tamiz. Bangladesh ligasi haqida gapirib bering.
- Bu erda o'yinlar jiddiy kechadi. Hakamlar futbol emas, xuddi xokkey boshqargandek tuyuladi, chunki ular hamma narsaga imkon berishadi. Afrikalik ko'plab o'yinchilar bor, bu ligani jismoniy tarafdan o'stiradi. Taktik nuqtai nazardan, chempionat men o'ynagan chempionatlar ichidagi eng kuchsizi bo'lsa kerak, ammo juda yaxshi o'yinchilar bor. Masalan, Bangladeshda Lissabonning "Sporting" jamoasida o'ynagan argentinalik Ernan Barkos bor, shuningdek, Kosta-Rika, Puerto-Rikolik futbolchilar ham bor.

- Agar liga juda zaif bo'lsa, siz u erga nega bordingiz?
- Pul uchun. Daromad yaxshi. Ammo bu erda futboldan zavqlanolmaysiz. Bu erga kelish-kelmasligimni bilmas edim, lekin klub rad etish gunoh bo'lgan taklif bilan chiqqandi. Men Bangladeshda hayot qanday ekanligini bilardim, chunki qirg'iz jamoasi bilan birga kelib o'ynaganman. SHuning uchun shartnomada istalgan vaqtda uni bekor qilish haqidagi band mavjud.

- Polshada, umuman Evropada, futbolchilar mavsum to'xtab turgan vaqtda ish haqlari kamayishlari bo'yicha klublari bilan kelishib olishdi. Bangladeshda ham shunday bo'ldimi?

- Yo'q, bu bo'yicha gap-so'zlar bo'lmadi. Evropada, xususan, Polshada, klublar televizion huquq va muxlislardan tushgan pullarni olishadi, ammo bu erda hammasi boshqacha. Bizda muxlislar yo'q - Dakkada katta stadion bor, biroq bo'sh tribunalar bag'rida o'ynaymiz. Televizion huquqlardan ham pul yo'q. SHu sababli mavsum tanaffusi klublarning moliyaviy ahvoliga tasir ko'rsatmadi. Bir klubda kelasi oy uchun faqat 60 foiz oylik to'lashni xohlashayotgani haqida eshitdim, lekin ular avvalo, futbolchilarning o'zlari bilan individual ravishda aloqaga kirishadilar.

- Polsha futbolini ham kuzatib borasizmi?

- Ha. Otamdek bo'lib qolgan murabbiy Stavov jamoasi LKSni boshqaradigan bo'ldi. Bundan juda xursandman. Men hech qachon futbolchi sifatida, uning qo'l ostida Krakovoda o'ynaganim kabi baxtli bo'lolmadim. Agar u menga hozir qo'ng'iroq qilsa, velosipedga o'tirib, uning oldiga ketardim. Futbolni qanday sog'inayotganimni bilasizmi? Menda hozir kuchli murabbiy yo'q, o'shanda haqiqiy futbolni - eng yaxshi o'yinlarni ko'rgan ekanman.



- Siz Qirg'izistondansiz, Germaniyada ulg'aygansiz, Niderlandiya, Finlyandiya, Polsha, Tailand, Ummon va Malayziyada o'ynagansiz, endi Bangladeshda yashayapsiz. Faoliyatingizni tugatgach, qaysi mamlakatda yashaysiz?

- Germaniyadan ketganimdan so'ng, Polshada to'rt yarim yil yashadim. O'zimni Polshada uyimdagidek his etaman. Men polyak tilini bilaman, ular menga yoqadi, polyaklarning mentalitetini ham tushunaman. Polsha taomlarini yaxshi ko'raman - pishloqli va karamli taomlar, sho'rva, xamirli ovqatlar va boshqalar. Men Polshani sog'inaman. Kelajakda aynan o'sha erda yashashimni tasavvur qilaman. U erda do'stlarim ko'p. Polshada o'zimni Germaniyadagidek emas, o'z uyimdagidek his etaman. Agar Evropada istiqomat qiladigan bo'lsam, shubhasiz, Polshani tanlayman. Biroq hozir faoliyatimni tugatmoqchi emasman. Yoshim o'tgan sari ko'p mashq qilyapman, chunki imkon qadar ko'proq o'ynashni xohlayman. Keyinchalik yoshlar murabbiyi bo'lishni istayman.

- 29 yoshgacha Evropada o'ynadingiz, keyin...

- 2015 yilda Tailandga pul uchun bordim. Bu "Vidzev" klubidan ketganimdan bir oz vaqt o'tib sodir bo'ldi, chunki men deyarli bepul o'ynardim. Men u erda olti oy davomida bir marta maosh olganman, lekin shunda ham to'liq emas. Klub ko'z oldimizda bankrot bo'ldi, men ularga yana qo'shimcha qayg'u bo'lishni xohlamadim, shu sababli tailandliklar taklifini qabul qilib, yo'lga tushdim. Ummon, Malayziya, mana endi - Bangladesh. bularning bari pul uchun. Menda nemis va qirg'iz pasporti bor - ikkinchisi tufayli men chet el legioneri joyini band qilmagan holda osiyolik legioner sifatida o'ynashim mumkin, Osiyo futboli moliyaviy tomondan yaxshi bo'lsa-da, Evropa futbolini sog'inaman.

Miron Goyxman suhbatlashdi
O'zbek tiliga SHerzod Nurmatov tarjimasi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика