So’nggi yangiliklar

17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  1 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  2 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  5 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  1 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  13 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  5 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  2 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  10 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  4 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  11

Qirg'iziston - Makao: O'yindan keyingi matbuot anjumani Yangiliklar

Qirg'iziston - Makao: O'yindan keyingi matbuot anjumani

Teglar :  Qirg'izistonMakao
Kecha Bishkek shahridagi "Spartak" stadionida Qirg'iziston va Makao o'rtasidagi (1:0) bahs bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda mezbonlar 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi.


Makao bosh murabbiyi Jozef Tao Lao San:

O'yin haqida:
Bugungi o'yin biz uchun haqiqiy chorlov bo'ldi. Qirg'iziston terma jamoasi guruhimiz favoriti, ular kuchli o'ynashdi. Afsuski ikkinchi bo'limda koncentraciyani yo'qotib qo'ydik va gol o'tkazib qo'ydik.

O'yin davomida vaqt cho'zishlar haqida:
Makao futbolchilari vaqt cho'zgani haqidagi gaplar yolg'on. Futbolchilarimiz ko'plab jarohat olishdi. Qirg'iziston futbolchilari juda intensiv o'yin ko'rsatishdi.



Qirg'izistoning eng xavfli futbolchisi haqida:
Bu ularning bosh murabbiyi. Futbolchilarni ajratib o'tirmayman.

Qirg'izistonga qarshi uydagi o'yin haqida:
Biz har bir bahsda maydonga tushib maksimal tarzda o'ynaymiz. Uyimizda faqat g'alaba uchun o'ynaymiz.



Makao terma jamoasi sardori CHaeng CHeng Paulo:
Maydon holati haqida:

Ikkala jamoa futbolchilari bir xil sharoitda o'ynashdi. Mashg'ulotlar ham suniy maydonda bo'lib o'tgandi, bu maydonda ikkala jamoa faqat o'yin paytida harakat qilishdi.


Qirg'iziston terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin:

O'yin haqida:

Barchani yangi mavsum va g'alaba bilan tabriklayman. Bosim ostida o'ynadik va yakuniy natijadan qoniqdik. Qiyin bahsda natijaga erishdik.

Tarkibda o'zgarishlar haqida:
Keyingi yig'inlar davomida tarkibni o'zgarishini hal qilamiz. Barcha futbolchilarni kuzatib boramiz.

Maydon holati haqida:
Maydonni tayyorlagan xodimlarga katta rahmat. Ular mehnat qilishdi, tabiatga qarshi chiqib bo'lmaydi. Bunday maydonda hujum qilish emas, himoyalanish osonroq. Makao katta kuch bilan himoyalandi.

Guruhdagi raqiblar haqida:
Faqat Makaoni o'rganib chiqdik, Hindistonni endi o'rganamiz. Bitta narsani bilaman, birinchi o'ringa biz va yana qaysidir jamoa kurashadi.  



Qirg'iziston sardori Azamat Boymatov:

Gol haqida:

Raqibimiz Makao ularni hurmat qilamiz. Osiyoda futbol yildan yilga oshmoqda. Birinchi bo'limda nimadir qilishga urindik. Ikkinchi taymda gol urganimizdan xursandman.

Afsuski, biz o'yinga u qadar yaxshi tayyorgarlik ko'ra olmadik. Yig'in Antaliyada o'tdi, bu erda faqat uch kun suniy maydonga o'rgandik xolos.


Marat Aksanov

Bishkek, Qirg'iziston

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика