So’nggi yangiliklar

21:18Олимпиада. Марокаш АҚШ дарвозасига 4та гол урди ва ярим финалга чиқди  0 20:54Назорат учрашуви. "Динамо" - "Насаф" баҳсида ғолиб аниқланмади  0 20:35Жота - Роналду ҳақида: "Евро-2024 унинг термадаги сўнгги турнири деб ҳисобламайман"  0 20:17Эрик тен Хаг жароҳатлар ҳақида: "Бу ҳеч нимани ўзгартирмайди"  0 20:01Дуайт Йорк: "Хойлундда форвардга керак бўладиган Х-фактор йўқ"  0 19:45Суперлига. "Қизилқум" – "Бунёдкор" 1:0 (матнли трансляциялари)  5 19:37"Роналду билан ишлаш жуда осон эди" — Анчелотти  4 19:09"Страсбур" "Челси" футболчисини ижарага олди  1 18:45Расман: "Фулхэм" "Арсенал" футболчисини харид қилди  0 17:59Гвардиола Ҳоланднинг спорт формасидан қониқмаяпти  1 17:34"Бавария" "Манчестер Юнайтед"нинг икки ҳимоячи бўйича таклифини рад қилди  3 17:07"Лейпциг" "Барселона"нинг Дани Ольмо бўйича таклифини рад этди  1 16:39"Хави "Барселона"га келгач, ҳаммасини ўзгартирди" — Левандовски  1 16:13Суперлига. "Металлург"да 3, ОКМК ва "Андижон"да 1 нафардан. 14-турни ўтказиб юборадиган футболчилар  2 15:53Расман: "Осасуна" сардори фаолиятини Қатарда давом эттиради  2

Qirg'iziston - Makao: Asosiy maqsad yo'lidagi muhim g'alaba Yangiliklar

Qirg'iziston - Makao: Asosiy maqsad yo'lidagi muhim g'alaba

Championat.asia sayti xodimi Marat Aksanov Qirg'iziston hamda Makao o'rtasidaoi Osiyo Kubogi-2019 saralash uchrashuvi va uning atrofidagi taassurotlari bilan bo'lishdi.

Qozog'iston orqali 12 soatli yo'ldan so'ng, Bishkekka etib keldi. SHaharda Yaponiyada ishlab chiqarilgan o'ng tomon chambarakli mashinalar, tor ko'chalar, daraxt va rus tilidagi reklamalarga to'la. Qirg'iziston poytaxtidagi toza havo juda yoqimli, shahar ortidagi qorli tog'lar ko'rinib turardi.

Poytaxtga kelishim bilan mamlakat futbol federaciyasi ofisiga tashrif buyurdim va u erda Qirg'iziston hamda Makao terma jamoalari bosh murabbiylari bilan matbuot-anjumani o'tkazildi.


Birinchi bo'lib jurnalistlarning savollariga mehmon jamoa ustozi javob berdi va ushbu bahs ular uchun juda muhimligi va jamoa so'nggi xushtakkacha o'ynashga tayyorligini aytdi. Jozef Tao Lao San yaxshi kayfiyatda edi va ijobiy natijaga umid qilayotgandi. 

Makao murabbiyidan so'ng, uch yildan beri Qirg'iziston terma jamoasida ishlayotgan Aleksandr Krestinin savollarga javob berdi.

Aleksandr Sergeevich savollarga qisqa va aniq javob qaytardi. Murabbiy jamoaning jismoniy holati ajoyibligini, ammo talablarni bajarmayotgan rahbariyatdan norozi ekanligini aytdi. Uning so'zlariga ko'ra, Qirg'iziston terma jamoasining asosiy raqibi jamoaning o'zi.

Matbuot-anjumanida "Spartak" markaziy stadionidagi chim holati borasida ham to'xtalishdi. Havo sovuqligi tufayli chim kerakli darajada o'smagan edi, ikki jamoa esa bahsdan oldin suniy maydonda mashg'ulot o'tkazdi.

SHunga qaramay uchrashuv kuni ob-havo yaxshi bo'ldi.




Qirg'iziston terma jamoasi muxlislari tomoshabop o'yin va g'alaba niyatida yaxshi kayfiyat bilan stadion tomon yo'l olishdi, ammo yorqin bo'lmagan uchrashuv bannerlari tufayli o'z bag'riga 18 000 ishqiboz sig'adigan "Spartak" arenasi to'lmadi. Tribunadagi atmosfera ajoyib edi va muxlislar ham sevimlilarini yaxshi qo'llab-quvvatlashdi.




Uchrashuvni tomosha qilish uchun qirg'iz estrada yulduzlari ham tashrif buyurishdi: (chapdan-o'ngga) Ulan Barpiev, Joomart Joldoshev, Urmat Usenov, Ermek Nurbaev va Omar Janishev.







Qirg'iziston terma jamoasining asosiy ramzi va taxallusi - bu "Oq Lochin". O'yindan oldingi mashg'ulotda u bilan fan-klub vakili tribunalarni jonlantirishga harakat qildi.


Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda, bir kun avval - Makao yashil, Qirg'iziston oq formada o'ynashi malum bo'lgandi.



Uchrashuvgacha aytilganidek maydon chimi qoniqarsiz holatda edi va bu o'yinga tasir ko'rsatdi. Ikkala jamoa ham kombinacion o'yin ko'rsatishga qiynaldi va ko'proq uzun uzatma va havodan to'pni etkazishga etibor qaratishdi.





Birinchi bo'limda mezbonlar raqib jamoa himoyasiga tin bermadi, hujumlar soni ko'p bo'ldi, ammo bo'lim gollarsiz yakunlandi. Tribunadagi muxlislar futbolchilarni bor kuchlari bilan qo'llab turishdi.

Makao va Qirg'iziston terma jamoalari murabbiylari Jozef Tao Lao va Aleksandr Krestinin:


Qirg'iziston jarima maydonchasiga uzatma berishda davom etdi va bu Makao darvozasi oldida xavfli vaziyatlar soni ortishiga sabab bo'ldi. Uzatmalarning biri gol bilan yakunlandi. 60-daqiqada mezbonlar sardori Azamat Baymatov o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi.



Maydon egalari goldan so'ng bo'shashishmadi va raqibning hujum qilishiga imkon berishgani yo'q.





Bahs 1:0 hisobida yakunlandi. Muxlislar natija va o'yindan mamnun bo'lishdi. Makao futbolchilari munosib o'yin o'tkazishdi va ularni tanqid qilish qiyin edi.


Qirg'iziston terma jamoasi futbolchilari ajoyib qo'llab-quvvatlash uchun muxlislarga alohida minnatdorchilik bildirishdi.


Muxlislar qatorida o'tirib, ishqibozlarni jonlantirib turgan ushbu insonni alohida etirof etish lozim.



Bahsning eng yaxshi futbolchisi himoyada xatosiz o'ynagan va gol urishga erishgan Azamat Baymatov bo'ldi.


Uchrashuvdan keyingi matbuot-anjumanida ikki jamoa murabbiylari bahs og'ir o'tgani, o'yindagi tajriba muhimligi haqida gapirdi.

Jozef Tao Lao: "Og'ir uchrashuv uchun muxlislarga minnatdorchilik bildiraman, bu o'yin biz uchun haqiqiy chaqiruv bo'ldi. Qirg'iziston terma jamoasi guruhimiz etakchisi va ular juda yaxshi o'yin o'tkazishdi. Afsuski, biz ikkinchi bo'limda sustkashlikka yo'l qo'ydik va gol o'tkazib yubordik, raqib bizdan kuchli edi".


Aleksandr Krestinin: "G'alaba va mavsum ochilishi bilan hammani tabriklayman. Katta bosim ostida o'ynadik va natijadan mamnunmiz. Qiyin bo'ldi, biroq asosiysi g'alaba".


Bishkekdagi og'ir havoni hisobga olib, maydonni uchrashuvga tayyorlagan tashkilotchilar va stadion ishchilarini alohida etirof etish lozim. Qirg'iziston futbol federaciyasi xodimlarining so'zlariga ko'ra, ular uzoq vaqt davomida tinim bilmay mehnat qilishgan. Maydon holati muammosi tufayli OFK uyda o'tkazish kerak bo'lgan bahslarni boshqa mamlakatga ko'chirishi mumkin. Xodimlar tufayli ushbu hodisa sodir bo'lmadi.

Uydagi va guruhdagi birinchi g'alaba Qirg'iziston terma jamoasi uchun katta ahamiyatga ega edi va ular bu natijaga erishishdi. "Oq lochinlar"da BAAda o'tadigan Osiyo Kubogi-2019da ishtirok etish uchun katta imkoniyat bor, ammo bu maqsadga erishish oson emas va Krestininning so'zlariga ko'ra, Qirg'iziston terma jamoasining bu bosqichdagi asosiy raqiblari ularning o'zi.

Uchrashuv, muxlislar, sayoxatdan bo'lgan taassurotlar ijobiy. Qirg'iziston o'z tarixida ilk marotaba birinchi yirik turnirda ishtirok etib, muxlislarga cheksiz quvonch bag'ishlashi mumkin.

Bishkekni sayr qilishning iloji bo'lmadi, ammo markazda aylanish va katta bog' va haykallarni ko'rishga ulgurdim.

Erkinlik hiyoboni:


Oq uy:


Respublika muzeyi:


Manasu haykali:




Mualliflar: Marat Aksanov (matn) va Zamir Torgoev (foto).

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика