So’nggi yangiliklar

09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  0 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  7 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  3 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  5 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6

Qirg'iziston chempionatida ishlayotgan o'zbekistonlik murabbiy bilan suhbat Yangiliklar

Qirg'iziston chempionatida ishlayotgan o'zbekistonlik murabbiy bilan suhbat

O'z vaqtida V PRO-Liga vakili "Lokomotiv-BFK" klubida faoliyat olib borgan o'zbekistonlik murabbiy Leonid Senkevich ayni damda Qirg'iziston chempionatida "Lider" jamoasida faoliyat olib bormoqda.

Saytimiz muxbiri ushbu murabbiy bilan bog'lanib, intervyu tashkil etdi. Quyida intervyuning to'liq matni bilan tanishing.

- Sizni Qirg'iziston chempionatida faoliyat olib borayotganingiz haqida eshitdik, bu to'g'rimi?

- Ha to'g'ri. Men avgust oyida Qirg'iziston chempionatida ishtirok etuvchi "Lider" jamoasiga ko'chib o'tdim.

- Aytingchi, "Lokomotiv-BFK" jamoasidan ketishingizga nima sabab bo'ldi?

- "Lider" jamoasi rahbariyati mening xizmatlarimga qiziqish bildirishdi. Yaxshi shartnoma taklif qilishdi. SHartnoma shartlari menga maqul keldi va bu jamoa bilan bitim tuzdim. Bilasizmi, menda Qirg'iziston chempionatidan ikkita taklif bor edi. "Lider" jamoasi rahbariyati menga ishlash uchun yaxshi sharoit va imkoniyatlarni yaratib berishga vada qilishgani bois, yakunda bu jamoani tanladim.



- "Lider" jamoasi haqida aytib bersangiz...

- Qirg'iziston chempionati ishtirokchisi "Lider" jamoasi hali yosh va endi shakllanayotgan futbol klubi. Joriy mavsum jamoa uchun tajriba yili bo'ldi. Dastlab jamoaga Rossiyadan murabbiy taklif qilingandi, biroq u murabbiy jamoada ishlab keta olmadi. SHundan so'ng ular o'zbekistonlik murabbiy bilan ishlashga qaror qilishdi. Sababi bu ikki xalq o'rtasidagi mentalitet bir-biriga yaqin, shuningdek jamoa rahbariyati avvaldan mening xizmatlarimga qiziqish bildirayotgan edilar. Jamoani shakllantirishda menga o'zbekistonlik futbolchilar Iskandar Mo'minov va Arslon Sultonovlar katta yordam berishdi. Rahbariyat tomonidan kelasi mavsumda kamida kubok yarim finaligacha etib borish, chempionatda kuchli uchlikka kirish vazifasi qo'yildi.

- Bu jamoa bilan qancha muddatli shartnoma imzoladingiz?

- "Lider" jamoasi bilan ikki yilga mo'ljallangan shartnoma imzoladim. Ushbu shartnoma shartlari men uchun maqul keldi.



- Sobiq jamoangiz "Lokomotiv-BFK" haqida fikrlaringiz...

- "Lokomotiv-BFK" jamoasidan iliq xotiralar qolgan. Menga yuqori o'rinlar uchun kurasha oladigan jamoa bilan ishlash imkoniyatini taqdim etgani uchun Muslim Pirmuxammedovga minnatdorchilik bildirgan bo'lardim. Jamoa yigitlari bizning boshlagan ishimizni muvaffaqiyatli tarzda oxiriga etkaza olganliklari uchun judayam xursandman. Ular mening mehnatlarimni zoe ketkazishmadi, o'z guruhlarida 2-o'rinni o'rinni qo'lga kiritishdi.

Bilasizmi, Qirg'iziston chempionatida o'zbekistonlik murabbiyning faoliyat olib borishi - bu Markaziy Osiyo murabbiylariga beriladigan baho hisoblanadi. Meni qo'llab-quvvatlayotganliklari uchun Qirg'iziston futbol federaciyasiga tashakkur izhor qilaman. Jamoamiz yigitlariga ham katta rahmat!

Bekzod Tolibov suhbatlashdi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика