Qirg'iziston bosh murabbiyi Amirjan Mukanov: "Bugun nimani istagan bo'lsak barchasini ko'rdik"
17 noy 2020 20:20
Yangiliklar
Qirg'iziston bosh murabbiyi Amirjan Mukanov: "Bugun nimani istagan bo'lsak barchasini ko'rdik"
Ushbu bahsdan so'ng raqib jamoa bosh murabbiyi Amirjan Mukanov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Juda yaxshi o'yin guvohiga aylandik. Biz uchun mazkur bahs o'ziga hos foydali bo'ldi deb o'ylayman. O'zbekiston kabi kuchli raqiblar bilan o'yinlar har doim qiyin kechgan. Teng kurashlar ostida kechdi, vaziyatlar ko'p bo'ldi. Nimani istagan bo'lsak bugun barchasini ko'rdik.
Terma jamoada tarkib borasida o'zgarishlarga qo'l urmoqdamiz. Ayni paytda tarkibdagi aksariyat futzalchilar yosh va iqtidorli. Mazkur yig'inga bir nechta legionerlarimizni taklif qila olmadik. Barqarorlikka erishishimiz uchun bu kamlik qiladi. Yanada ko'proq ishlashimiz kerak. Ko'proq o'rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etib tajriba to'plab boramiz. Aytganimdek legionerlar kela olishmadi, etakchi futzalchilarimizda esa jarohat bor. Yoshlar O'zbekistonga qarshi o'yinda yomon taassurot qoldirmadi",- deydi Amirjan Mukanov.
Fikrlar