Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi bilan tarixiy natija qayd etgan murabbiy ishdan ketdi
13 iyu 17:53
Yangiliklar
Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi bilan tarixiy natija qayd etgan murabbiy ishdan ketdi
Xabaringiz bor, o'tgan haftada Osiyo qitasida JCH-2026 saralashi 2-bosqich o'yinlari yakuniga etdi.
Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi o'z tarixida birinchi marta 3-bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Bundan tashqari jamoa 2027 yilgi Osiyo kubogida ham ishtirok etishi aniq bo'ldi.
Biroq Qirg'iz Respublikasi futbol uyushmasi slovakiyalik bosh murabbiy SHtefan Tarkovich bilan xayrlashishga qaror qildi.
Tarkovich ushbu lavozimga 2023 yilning aprel oyida tayinlangan edi. Murabbiy 2024 yil 30 iyun kuniga qadar shartnoma tuzgan edi. QFU rahbariyati shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi. Tarkovich bilan birga uning shtabidagi murabbiylar ham o'z lavozimini tark etadi.
Bugun QFU rahbari Kamchibek Tashiev SHtefan Tarkovich va murabbiylar shtabi bilan uchrashdi. Tashiev barcha murabbiylarga minnatdorchilik bildirdi.
Fikrlar