So’nggi yangiliklar

07:52Шомуродовга қизиққан МЛС жамоаси маълум  3 07:25Ҳусанов тарихга кириши мумкин! Бугун “Манчестер Сити“ клублар ўртасидаги юришини бошлайди  5 06:50КЖЧ. "Урава Ред" сардори "Ривер Плейт" футболчиларига нисбатан ҳурматсизлик қилди  0 02:39Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Боливияга ютқазди  13 00:34Месси Баджодан Италиянинг 1994-йилги ЖЧ либосини совға сифатида олди  7 23:59Мбаппе иситма туфайли "Реал" машғулотида қатнашмаяпти. Эртага "Ал-Ҳилол" билан ўйин  1 23:39Доннарумма FourFourTwo талқинига кўра дунёнинг энг яхши дарвозабони  3 23:04КЖЧ. Танташев бошқарган ўйинда "Боруссия Д" ва "Флуминенсе" дуранг қайд этишди  1 22:48Хвича Кварацхелия: "Менга Роналдунинг ўйини ёқади, лекин Месси бошқа сайёрадан"  11 22:23Тебас "Барселона" янги футболчиларни рўйхатдан ўтказишга ҳали тайёр эмаслигини маълум қилди  5 21:48"Андижон" клубининг янги базаси ишга туширилди  9 21:25Тебас Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати ҳақида: "Бу турнирдан қутулиш керак, яна бир турнир учун жой йўқ"  20 20:52Даҳшатли автофалокатга учраган Антонио етти ой деганда майдонга қайтди  0 20:21Индзаги Б Серия клубига бош мураббий бўлди  8 20:01"Ливерпуль" Малик билан музокараларни бошлади  0

Qaysi murabbiylar Mourinodan ustunlar? Yangiliklar

Qaysi murabbiylar Mourinodan ustunlar?

"Manchester Yunayted" bosh murabbiy Joze Mourino dunyoning eng kuchli murabbiylaridan biri hisoblanadi.


Tabiiyki, "Special one" qarshi o'yinlarda muvaffaqiyatli natija qayd etish ko'p ham murabbiylarga nasib etavermaydi. Bugun Mourinoga qarshi o'yinlarda yaxshi statistikaga ega bo'lgan 6 nafar murabbiy bilan tanishtiramiz.



Alan Pardyu
. Evro-2016da Xojsonning muvaffaqiyatsizligidan so'ng aynan Pardyu ushbu lavozimni egallashga munosib nomzod sifatida qaralgandi. Yakunda esa Sem Ellardays terma jamoa bosh murabbiyiga aylanib, istefo berishga ham ulgurdi. Pardyu "Nyukasl"da faoliyat olib borganida "aristokratlar"ning qonini ichgan. Uning Mourinoga qarshi statistikasi 3 g'alaba, 2 mag'lubiyat.



Toni Pulis. O'ziga xos taktikaga ega bo'lgan murabbiyning "benazir"ga qarshi o'yinlardagi statistikasi 2 ga 2! Yani, 2 g'alaba, 2 mag'lubiyat!


Klaudio Raneri. Italiyalik murabbiy ham statistika borasida Mourinoga yutqazmaydi. 6 ta o'yin: 2 g'alaba, 2 durang va 2 mag'lubiyat. Ushbu surat ko'p narsadan darak beradi :)



Rafael Benites. Portugaliyalik murabbiyning Benites bilan munosabatlari hech qachon do'stona bo'lmagan. Mourino bazida ochiqchasiga Rafaning ustidan kulardi. SHuningdek, Benites "Real" va "Inter"da aynan Mourinoning o'rnini egallagan. Tomonlar 12 marotaba to'qnash kelganlar va 4 tadan mag'lubiyatga egalar.



Yurgen Klopp. Mourino va Klopp o'rtasidagi qarama-qarshilik haqida gap ketganida albatta 2013 yildagi "Real" - "Borussiya D" o'yinini yodga olmasdan ilojimiz yo'q. Robert Levandovskining ajoyib gollari... Hullas, Kloppning Mourino jamoalariga qarshi o'yindagi statistikasi 5 ta o'yin: 3 g'alaba, 2 durang va 1 mag'lubiyat.



Pep Gvardiola. Bungacha ushbu murabbiylarning to'qnashuvini "El Klassiko"larda ko'p ko'rganmiz. SHuni ham takidlab o'tish lozimki, aynan Mourino "Real"ga kelishi bilan "Barselona"ning gegemonligiga chek qo'yiladi. Murabbiylar ushbu mavsumdan boshlab yana bir chempionatda faoliyat olib bormoqdalar va o'zaro to'qnash kelishga ham ulgurdilar. Manchester derbisida ham ispanilik murabbiyning qo'li baland keldi. Umumiy statistika esa 17 ta o'yin: 8 ta g'alaba, 6 durang va 3 ta mag'lubiyat. Ustunlik Gvardiola tomonda. Aytgancha, ertaga ushbu ikki murabbiy Angliya ligasi kubogida yana o'zaro kuch sinashadilar!


Aziz To'xtamurodov

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика