So’nggi yangiliklar

22:40Санжар Турсунов: "Жаҳон чемпионати саралашларида яхши имкониятга эгамиз"  1 22:20Ўзбекистон кубоги. Сўнгги бор финалда қачон водий дербиси бўлган?  10 21:21Ўзбекистон МТЖ Тошкентда йиғинни бошлади. Кулаётган Бобир, хаёл сураётган Ҳожиакбар  9 21:00Эксклюзив интервью. Сречко Катанец: "10 та ўйиннинг барчасида ғалаба қозонмоқчимиз"   8 20:20Умар Эшмуродов: "Ҳеч ким уч очкони осонгина бериб қўймайди. Суперлигамиз Малайзия чемпионатидан анча кучлироқ экан"  6 20:02"Ал Иттиҳод" ПСЖ ярим ҳимоячиси билан шартнома имзолади, here we go!  1 19:38Виктор Осимхеннинг янги жамоаси маълум  8 19:25Рустам Ашурматов: "КХДР терма жамоаси ҳақида тўлиқ маълумотга эга эмасмиз"  9 18:53"Реал"нинг яна бир футболчиси жароҳат олди ва 8 ҳафтага сафдан чиқди  1 18:22Гари Невилл: "Бугун топ-футболчилар МЮга ўтишни истамаяпти"  2 17:22Футзал. Венесуэла футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  3 16:46Расман: Легионерлардан бири "Ал Насср" билан шартномасини бекор қилди  1 16:00⚡️Сречко Катанец бўлажак рақиб КХДР терма жамоаси ҳақида нималар деди?   8 15:49Де Росси маълумотни тасдиқлади  0 15:19"Ал Иттиҳод" "Арсенал" ярим ҳимоячиси бўйича расмий таклиф юборган  1

Qaxraton qishning "qaynoq" transferlari Yangiliklar

Qaxraton qishning "qaynoq" transferlari

Kun, soat sayin navbatdagi qishki transfer oynasi yopilishiga ham oz fursat qolmoqda.

Necha yillik "ananaga" ko'ra, bu yil ham aksariyat jamoalar qishda katta transferlarga qo'l urishmayapti. "Bozor"da yo qaysidir poziciyasi bo'sh qolayotgan (o'z futbolchisi jarohat olgan, yoki boshqa klubga o'tib ketgan)lar yoki arzon narxda sifatli transfer imkoni paydo bo'lganlargina faollik ko'rsatmoqda.   

SHunday bo'lsa ham, yanvar oyida ham chakana pullar aylanmaydi. Odatda eng "qaynoq" transferlar eng oxirgi kun(lar)da amalga oshiriladi. Demak, hali "bum" transfer bo'lib qolishidan umid qilsak bo'ladi. 

Bu nasib qilsa bo'ladigan ishlar haqida, hozircha biz o'tgan yilning shu vaqtida amalga oshirilgan eng shov-shuvli transferlar va unda ishtirok etgan futbolchilar taqdiri bilan qiziqib ko'rdik.

10. Guido Karrilo

Transfer marshruti: “Monako” — “Sautgempton”
Transfer narxi: 22 million evro

2018 yil yanvarda “Sautgempton” hujum poziciyasini kuchaytirish uchun transfer bozoridagi iqtidorli o'yinchilarga ko'z yugurtira boshladi. Klub rahbariyati oxir-oqibat “Monako”ning argentinalik legioneri Guido Karrilo variantida to'xtashdi. “Monako” esa bundan unumli foydalandi va o'yinchini 22 million evroga sotib yubordi.

Ammo Karriloning Angliyada ishi yurishmadi. O'tgan mavsumning ikkinchi yarmida Guido 7 ta uchrashuvda ishtirok etib, bitta ham gol ura olmadi. SHundan so'ng, yozda “Sautgempton” Karriloni “Leganes”ga bir mavsumga ijaraga berdi. Ispaniyada 27 yoshli argentinalikning ishlari biroz yaxshi tomonga o'zgargandek bo'ldi. U 5 ta gol urdi va jamoasining etakchi o'yinchilaridan biriga aylandi.

9. Teo Uolkott

Transfer marshruti: “Arsenal” — “Everton”
Transfer narxi: 22,5 million evro

“Arsenal”ning iqtidorli o'yinchilaridan biri 28 yoshli Teo Uolkott o'tgan mavsum “kanonirlar”ni tark etib, “Everton”ga o'tdi. Bu transfer uchun “Everton” 22,5 million evro to'ladi. “Iriskalar” menejeri Sem Ellardays Uolkott jamoa hujumini kuchaytirishiga ishongan edi.

SHundan so'ng, Uolkott “Everton”ga keldi. Teo “Gudison Park”da darhol yulduzga aylandi deyish mushkul. Biroq jamoaning muhim o'yinchisi bo'la oldi. O'tgan mavsum Uolkott APLning 14 uchrashuvida ishtirok etib, 3ta gol urdi. U joriy mavsumning 23 o'yinida 3ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

8. Jenk Tosun

Transfer marshruti: “Beshiktosh” — “Everton”
Transfer narxi: 22,5 million evro

Jenk Tosun Turkiyaning eng yaxshi hujumchilaridan biri sifatida “Everton”ga o'tgandi. SHuning uchun, “iriskalar” “Beshiktosh”ga yaxshigina pul to'lashgandi. Ammo Tosun hali unga sarflangan pullarni to'liq oqlay olgani yo'q.

Tosun o'tgan mavsum ikkinchi qismida asosiy tarkibda 14ta bahsda ishtirok etdi va 5ta gol urdi. Joriy mavsum asosiy vaqtini zaxira o'rindig'ida o'tkazmoqda. Bu mavsum uning hisobida 2ta gol bor. Mish-mishlarga qaraganda, transfer oynasi yopilgunga qadar “Everton” futbolchidan qutilish maqsadida yurgan emish. Ammo niyati jiddiy "sovchilar"dan hozircha xabar yo'q.

7. Lukas Moura

Transfer marshruti: PSJ — “Tottenxem”
Transfer narxi: 28,4 million evro

“Tottenxem” menejeri Maurisio Pochettino braziliyalik xavbek bilan shartnoma imzolashni xohlagandi. 2017/18 yilgi mavsumda Lukas Moura APLda 6ta uchrashuvda qatnashdi, biroq gol ura olmadi.

Joriy mavsumda Lukas “Tottenxem”ning eng yaqin zaxira o'yinchilaridan biri bo'lib qoldi. Hujumdagi yigitlar Son, Alli va Keyn soh bo'lsa, Mouraga imkon qoldirishmayapti. Jamoa angliyada chempionlikdan hamon umidini uzmaganini "shporlar" ustozi qayta-qayta takidlab o'tmoqda. Braziliyalik Premer-liganing 19 uchrashuvida 6ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. SHuningdek, “Kamp Nou”da “Barselona”ga qarshi bahsda aniq zarbasi tufayli “shporlar”ni (1:1) mag'lubiyatdan saqlab qoldi va natijada londonliklar turnirning pley-off bosqichiga yo'l oldilar.

6. Inigo Martines

Transfer marshruti: “Real Sosedad” — “Atletik”
Transfer narxi: 32 million evro

Inigo Martines San-Sebastyan shahrida yaxshi markaziy himoyachi ekani va qo'lidan ko'p narsa kelishini isbotlay olgandi. “Real Sosedad” etakchi futbolchisidan ayrilishni istamagandi. SHu sababli “Atletik” mo'maygina pul sarflashiga to'g'ri keldi.

Martinesning Bilbaodagi muammosi shunda bo'ldiki, u jamoaning muhim o'yinchisiga aylanolmadi. U qiyinchiliksiz asosiy tarkibga qo'shildi, lekin kutilganidek o'yin namoyish etolmadi. Jamoaning natijalari ham yomon tarafga o'zgardi. Endi ular Evrokubok uchun kurashishning o'rniga, elitadagi o'rinlarini saqlab qolishga harakat qilishlari kerak.

5. Sedrik Bakambu

Transfer marshruti: "Vilyarreal" — "Beyczin Goan"
Transfer narxi: 40 million evro

Bakambu “Vilyarreal”da 2,5 yil faoliyat yuritdi. U bu klubga Turkiyaning “Bursaspor”idan 7,5 million evro evaziga o'tgandi. Uning transfer bozoridagi narxi kundan-kunga oshib bordi. Oqibatda ishga xitoylik badavlat egalar aralashdi va futbolchi uchun 40 million evro taklif qilib, uni xarid qilishdi.

Bakambu Xitoyda butun mavsumda ishtirok etib, Superliga doirasidagi 23 o'yinda maydonga tushdi. U 19 gol urdi va 4ta golli uzatma berdi. Sedrik Xitoydagi o'yinlari o'rtacha natijalar bilan yakunlandi. Ehtimol, “Beyczin Goan”ning darajasi Bakambuning darajasidan pastroqdir. «Beyczin Goan» to'rtinchi o'rinni egalladi va 2019 yilgi Qitalararo turnir ishtirokchi jamoalari qatoridan o'rin egalladi. Balki klub Bakambusiz bu natijaga erisholmagan bo'larmidi?! SHuning uchun rahbariyat Sedrik jamoada qolishi uchun qo'lidan kelgancha harakat qilmoqda.

4. Per-Emerik Obameyang

Transfer marshruti:  "Borussiya" Dortmund — "Arsenal"
Transfer narxi: 63,75 million evro

Obameyang Dortmundda “Borussiya”ning etakchi hujumchilaridan biri edi. CHunki uni sotishni xohlamagandi. Ammo yanvar oxirida Obameyang Germaniyadan ketib, “Arsenal”ga o'tdi. Buning evaziga londonliklar “Borussiya”ning hisobiga yaxshigina summa o'tkazishdi.

O'tgan mavsum ikkinchi yarmida gabonlik 10ta gol urdi va 4ta golli uzatma berdi (13 uchrashuvda). Va u franciyalik Lyakazettadan (32 o'yin — 14 gol) keyin ikkinchi o'rinni egallagan jamoa to'purari bo'ldi. Premer-liganing joriy mavsumida hech narsa va hech kim Obameyangga “kanonirlar”ning eng yaxshi bombardiri bo'lishiga to'sqinlik qilolmasa kerak.

3. Emerik Lyaport

Transfer marshruti: "Atletik" — "Manchester Siti"
Transfer narxi: 65 million evro

Gvardiola asosan o'yinchilarni sotib olayotganida transfer narxi borasida tortishib, talashib o'tirmaydi. CHunki yangi futbolchilarning aksariyat qismi jamoaga foyda keltirishiga ishonadi. Lyaport “Atletik” tarkibida to'p tepgan vaqtida Evropa futbolining istiqbolli o'yinchilaridan biri deb etirof etilgandi. SHuning uchun ham, Gvardiola jamoasi tarkibida Emerikni ko'rishni istadi.

Hozirda Lyaport “Manchester Siti” asosiy tarkib o'yinchilaridan biri sanaladi. U Premer-liganing 23 bahsida ishtirok etdi. “SHaharliklar” tarkibida ispaniyalik 3ta sovrinni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi (APL-2017/18, Liga Kubogi 2017/18 va Angliya Superkubogi-2018). Joriy mavsumdagi natijalar bilan u mukofotlar sonini ko'paytirish ehtimoli yuqori.

2. Virjil van Deyk

Transfer marshruti: "Sautgempton" — "Liverpul"
Transfer narxi: 78,8 million evro

Agar ushbu futbolchi manziliga so'nggi bir yil ichida aytilgan maqtovlarni sanab o'tadigan bo'lsak, materialimiz mavzusi o'zgarib ketishi hech gap emas. Lekin gollandiyalik bek chindan "Liverpul" himoya chizig'i o'yinini o'zgartirishga katta xissa qo'sha oldi. Natijada "qizillar" hamon chempionloik tituli uchun kurashoda asosiy favoritlardan biri bo'lib turibdi.

Van Deyk nafaqat Yurgen Klopp jamoasining asosiy futbolchilaridan biri balki, o'zining o'ta sovuqqonligi bilan APL va Evropa top chempionatlari ramziy jamoalaridan ham o'rin olmoqda. Agar "Liverpul" bu mavsum nihoyat APLning uzoq kutilgan "oltinlari"ni qo'lga kirita olsa, shubhasiz muxlis va mutaxassislar van Deykning bu natijaga qo'shgan hissasini unutmaydilar. 

1. Filippe Koutino

Transfer marshruti: "Liverpul" — "Barselona"
Transfer narxi: 135 million evro

Koutino "Liverpul"dan "Barselona" 2018 yil yanvar oyidagi transferi, undan avvalgi transfer oynasida amalga oshgan Neymarning "Barselona"dan PSJ o'tib ketishiga o'ziga xos javob bo'lishi zarur edi. Asosiy figuralaridan birini yo'qotgan kataloniyaliklar ushbu transferdan aqlbovar qilmas 222 million evro ishlab oldilar va jamoaga braziliyalikning o'rnini hech bo'lmaganda qisman bosa oladigan futbolchi olib kelish niyatida edilar. Natijada braziliyalikni boshqa bir braziliyalik almashtiradigan bo'ldi. Filippe Koutino uchun "ko'k-anorranglilar" 135 million sarflashlariga to'g'ri keldi.

Koutino iqtidoriga shubha qilmagan holda, hozircha u "Barselona"ning asosiy futbolchisi bo'ldi demagan bo'lardik. Bunga Filippe sermaxsullik ko'rsatmayotgani yoki golli uzatmalar etkazib berishda etakchi emasligi ham sabab emas. SHunchaki hozircha braziliyalik yuksak iqtidor sohibi jamoaga to'liq moslashib ulgurmagandek. Ammo transferiga sarflangan pullarni oqlash uchun 26 yoshli futbolchining etarli vaqti bor. 


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика